Havoriylar Kirish

Kirish
Mazkur kitob muallifi Luqodir, bu uning ikkinchi kitobidir. Uning birinchi kitobi “Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabar” deb atalgan. Muallif Luqo bu Xushxabarda Isoning faoliyati va taʼlimotini batafsil bayon etadi. Mazkur kitobda esa u oʻz hikoyasini davom ettirib, havoriylarning faoliyatini izchil yoritadi.
Kitobning tub magʻzi Isoning shogirdlariga aytgan quyidagi soʻzlarida aks etgan: “Muqaddas Ruh sizlarni qamrab olganda, kuch–qudratga toʻlasizlar. Quddusda, Yahudiya va Samariyada, yer yuzining hamma burchaklarida sizlar Mening shohidlarim boʻlasizlar” (1:8). Kitobda Iso Masihni oʻlikdan tiriltirgan Xudoning qudratiga va Muqaddas Ruhning faoliyatiga katta urgʻu beriladi. Kitobni “Muqaddas Ruhning havoriylar orqali koʻrsatgan faoliyati” deb nomlasa ham boʻladi.
Bu kitobda koʻplab davlatlar tilga olingani bois, dastlabki oʻqishda kitobning yagona maqsadi Masih haqidagi Xushxabarning yoyilishini tasvirlab berishdir, deb oʻylashimiz mumkin. Ammo muallif bu kitobni yozishda bundan–da buyukroq maqsadni koʻzlagan. Iso Masih samoga koʻtarilib ketgandan keyin, Uning shogirdlari bir qator muammolarga duch kelganlar. Eng katta muammolardan biri “Xudoning xalqiga qoʻshilishga kimning haqi bor?” degan savol edi. Iso Masih va uning birinchi shogirdlari yahudiy boʻlganlari sababli, Xushxabar faqatgina yahudiylarga qaratilgan, deb oʻylashlari tabiiy edi. Ammo havoriy Filip Xushxabarni Samariyaliklarga olib borgandan keyin va havoriy Butrus Rim yuzboshisi Korniliyning uyiga tashrif buyurgandan soʻng, masihiylarning bu mavzudagi tushunchasi oʻzgara boshlaydi. Ular, Iso Masih yahudiylarni ham, gʻayriyahudiylarni ham gunohlaridan xalos qilishga kelgan, degan xulosaga kelishadi. Xudo har bir millat va xalqni Iso Masihga ishonishga chorlaydi.
Havoriy Pavlusning sharofati bilan Masih haqidagi Xushxabar dunyoning koʻp joylariga yetib boradi. Pavlus Masihga imon keltirishdan oldin, farziy mazhabiga mansub boʻlib, oʻsha davrning mashhur Tavrot tafsirchisi, Oliy kengash aʼzosi Gamaliyolning shogirdi edi. Tavrot qonunini mukammal bilgan Pavlus yahudiy dinini jon–jahdi bilan himoya qiladi, u Masih jamoatini#jamoat — Iso Masihga ishongan odamlar nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi JAMOAT soʻziga qarang. ayovsiz taʼqib etadi. Biroq Iso Masih vahiyda Oʻzini Pavlusga ayon qilgandan keyin, Pavlus Isoning sodiq shogirdlaridan biriga aylanadi. Shundan soʻng Pavlus Rim imperiyasining deyarli hamma hududlarida Xushxabarni vaʼz qiladi. U hatto dunyoning oʻsha zamondagi eng buyuk shahri Rimga yetib borib, shohlaru hukmdorlarga Masih toʻgʻrisidagi Xushxabarni aytadi.
Mazkur kitobga bir nechta vaʼz kiritilgan. Bu vaʼzlar yordamida biz oʻsha davrdagi masihiylarning dunyoqarashini teranroq anglab olamiz, ularning jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarga boʻlgan munosabatini koʻramiz. Bu ziddiyatlarga yahudiy va butparast xalqlarning udumlari, Rim hukumati va Yunon madaniyati misol boʻlib xizmat qiladi. Biroq kitobdagi voqealardan koʻrinib turibdiki, Iso Masih haqidagi Xushxabarning yoyilishini hech kim va hech narsa toʻxtata olmaydi, hech qanday ziddiyat unga toʻsqinlik qila olmaydi.

ప్రస్తుతం ఎంపిక చేయబడింది:

Havoriylar Kirish: O‘zbMK

హైలైట్

షేర్ చేయి

కాపీ

None

మీ పరికరాలన్నింటి వ్యాప్తంగా మీ హైలైట్స్ సేవ్ చేయబడాలనుకుంటున్నారా? సైన్ అప్ చేయండి లేదా సైన్ ఇన్ చేయండి