Havoriylar 1
1
1–BOB
Muqaddima
1-2Ey Teofilus, birinchi kitobimda#1:1-2 Ey Teofilus, birinchi kitobimda… — yaʼni Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabarda. Mazkur kitob hamda Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabar Teofilus uchun yozilgan (Luqo 1:1 ga qarang). Teofilus yuqori lavozim egasi boʻlib, Xushxabar taʼlimotidan boxabar edi. U haqda bundan boshqa hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan. men sizga Iso boshidan to osmonga koʻtarilgunga qadar qilgan hamma ishlari va oʻrgatgan taʼlimoti toʻgʻrisida yozgan edim. U osmonga koʻtarilishdan oldin, Muqaddas Ruh kuchi orqali Oʻzi tanlagan havoriylarga koʻrsatmalar bergan edi. 3Iso azob chekib oʻlgandan keyin, bir qancha ishonchli dalillar orqali havoriylarga tirilganini koʻrsatdi. Qirq kun davomida ularga zohir boʻlib, Xudoning Shohligi#1:3 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang. toʻgʻrisida gapirdi. 4Iso Oʻz havoriylari bilan dasturxon atrofida oʻtirar ekan, ularga shunday amr berdi: “Quddusdan ketib qolmanglar, osmondagi Otamning#1:4 osmondagi Otam — Xudoga ishora. Iso koʻpincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA soʻziga qarang. bergan vaʼdasi#1:4 osmondagi Otamning bergan vaʼdasi — 2:33 ga va Luqo 24:49 ga qarang. bajo boʻlishini kutinglar. Bu vaʼda haqida oldin ham sizlarga aytgan edim. 5Yahyo odamlarni suvga choʻmdirar edi#1:5 Yahyo odamlarni suvga choʻmdirar edi… — Luqo 3:1-18 ga qarang., sizlar esa yaqin kunlarda Muqaddas Ruhga choʻmdirilasizlar.”
Iso osmonga koʻtariladi
6Havoriylar birga yigʻilganlarida, Isodan shunday deb soʻradilar:
— Rabbimiz, Isroil shohligini tiklaydigan vaqtingiz kelmadimi?
7Iso ularga shunday javob berdi:
— Vaqt va davrlarni Otam Oʻz hokimiyati orqali oʻrnatgan, bularni bilish sizning ishingiz emas. 8Ammo Muqaddas Ruh sizlarni qamrab olganda, kuch–qudratga toʻlasizlar. Quddusda, Yahudiya va Samariyada, yer yuzining hamma burchaklarida sizlar Mening shohidlarim boʻlasizlar.
9Iso shu gaplarni aytgandan keyin, havoriylarning koʻzi oldida osmonga koʻtarildi. Bulut Isoni havoriylarning koʻzlaridan yashirdi. 10Iso koʻtarilib ketgandan keyin ham havoriylar koʻzlarini uzmay osmonga qarab turardilar. Shu payt birdan oq kiyim kiygan ikki odam ularning oldida paydo boʻldi.
11— Ey Jalilaliklar! — dedi ular. — Nimaga osmonga qarab turibsizlar? Iso osmonga koʻtarilganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrdingizlar. U osmonga qanday koʻtarilgan boʻlsa, xuddi shunday qaytib keladi.
Oʻn ikkinchi havoriy tanlanadi
12Shundan keyin ular Zaytun deb atalgan togʻdan#1:12 Zaytun deb atalgan togʻ — Quddus shahrining sharqiy devori boʻylab oʻtgan Qidron soyligining narigi tomonidagi tepalik. Quddusga qaytib keldilar. Zaytun togʻi Quddus yonida boʻlib, shahardan taxminan bir chaqirim masofada#1:12 taxminan bir chaqirim masofa — yunoncha matnda Shabbat kuni masofasi, taxminan 1 kilometrga toʻgʻri keladi. Oʻsha davrda yahudiylarning Shabbat kuni haqidagi qonunni sharhlashlari boʻyicha, Shabbat kunida faqatgina yaqin bir joyga yurish mumkin edi. joylashgan edi.
13Ular shaharga kirganlaridan keyin, oʻzlari turadigan xonadonning boloxonasiga chiqdilar. Butrus, Yuhanno, Yoqub, Endrus, Filip, Toʻma, Bartolomey, Matto, Xalfey oʻgʻli Yoqub, vatanparvar#1:13 vatanparvar — bu nom Shimoʻnning Rim imperiyasiga qarshilik koʻrsatgan avom xalq harakatining aʼzosi ekaniga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. Ushbu harakat aʼzolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni koʻzlagan edilar. Shimoʻn, Yoqub oʻgʻli Yahudo shu yerda edilar. 14Ular yakdillik bilan toat–ibodatga berilgan edilar. Ular qatorida baʼzi bir ayollar, shuningdek, Isoning onasi Maryam va Uning ukalari ham bor edi.
15Bir kuni 120 nafar imonli birodar yigʻilgan edi. Butrus ular oldida turib, shunday dedi: 16-17“Birodarlarim! Muqaddas Ruh oldindan Dovud orqali Yahudo#1:16-17 Yahudo — Luqo 22:1-6, 47-48 ga qarang. haqida bashorat qilgandi. Muqaddas bitiklardagi Uning bu soʻzlari amalga oshishi kerak edi. Yahudo bizlarning birimiz hisoblanib, bu xizmatda ishtirok etishga tanlangandi. Ammo u Isoni hibsga olish uchun kelganlarga boshchilik qildi. 18Keyin yovuz ishi bilan qoʻlga kiritgan pulga dala sotib oldi. Ammo oʻsha yerda yiqilib tushdi, qorni yorilib, ichak–chovoqlari chiqib ketdi. 19Bu voqea butun Quddus aholisiga maʼlum boʻldi, shuning uchun odamlar oʻsha joyni Xaqaldamax#1:19 Xaqaldamax — oramiycha soʻz., yaʼni Qon dalasi deb atadilar. 20Zabur kitobida shunday yozilgan:
«Uning makoni tashlandiq boʻlib qolsin,
U yerda yashaydigan biron jon qolmasin.»#1:20 Zabur 68:26 ga qarang.
Yana shunday deyilgan:
«Uning oʻrnini boshqasi olsin.»#1:20 Zabur 108:8 ga qarang.
21-22Shunga koʻra, biz Yahudoning oʻrniga boshqa bir odamni tanlashimiz kerak. Toki u, biz singari, Rabbimiz Isoning tirilgani haqida guvohlik bersin. Bu odam Rabbimizning Yahyo tomonidan suvga choʻmdirilgan kunidan boshlab, to osmonga koʻtarilgan vaqtgacha bizga hamrohlik qilganlardan biri boʻlishi shart.”
23Shunday qilib, ular ikki kishini oldinga chiqardilar. Ulardan biri Yusuf (uning yana Barsabo va Yustus degan ismi ham bor edi), ikkinchisi esa Mattiyo edi. 24-25Ular ibodat qilib, shunday dedilar: “Ey Rabbimiz! Sen hamma odamlarning yuragini bilasan. Mana shu ikkovidan qaysi birini havoriylik xizmati uchun tanlaganingni bizga koʻrsatgin, chunki Yahudo xizmatini tashlab, oʻziga tegishli yerga ketgan.”
26Havoriylar ular uchun qurʼa#1:26 qurʼa — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan. tashladilar. Qurʼa Mattiyoning chekiga tushdi. Mattiyo oʻn bir havoriyga qoʻshildi.
ప్రస్తుతం ఎంపిక చేయబడింది:
Havoriylar 1: O‘zbMK
హైలైట్
షేర్ చేయి
కాపీ
![None](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fimageproxy.youversionapi.com%2F58%2Fhttps%3A%2F%2Fweb-assets.youversion.com%2Fapp-icons%2Fte.png&w=128&q=75)
మీ పరికరాలన్నింటి వ్యాప్తంగా మీ హైలైట్స్ సేవ్ చేయబడాలనుకుంటున్నారా? సైన్ అప్ చేయండి లేదా సైన్ ఇన్ చేయండి
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020