YouVersion Logo
Search Icon

Luqo 3

3
3–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining vaʼzi
1Qaysar#3:1 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Tiberiy hukmronligining oʻn beshinchi yili#3:1 Qaysar Tiberiy hukmronligining oʻn beshinchi yili — taxminan milodiy 28 yoki 29 yil (Tiberiy milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan). Oʻsha paytda Iso taxminan 30 yoshlarda edi (shu bobning 23–oyatiga qarang). edi. Yahudiya viloyatida Poʻntiy Pilat hokim edi#3:1 …Poʻntiy Pilat hokim edi — Rim hukumati tomonidan tayinlangan hokim.. Jalila hududida Hirod#3:1 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan boʻlib, Buyuk Hirodning oʻgʻli edi., Itureya bilan Traxonitis hududlarida Hirodning ukasi Filip, Avilina hududida Lisaniyas hukmronlik qilar#3:1 …hukmronlik qilar… — yunoncha matnda bu uchala hukmdor tetrarx degan unvon bilan tilga olingan. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan boʻlib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qoʻllanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, Matto 14:9, Mark 6:14 ga qarang)., 2Xanan va Kayafas esa oliy ruhoniy edilar#3:2 …Xanan va Kayafas esa oliy ruhoniy edilar… — Xanan milodiy 6-15 yillarda oliy ruhoniy boʻlib xizmat qilgan. Rim hukumati uni bu lavozimdan chetlatgandan keyin uning oʻrnini kuyovi Kayafas egallab, milodiy 18-37 yillarda oliy ruhoniy boʻlib xizmat qildi. Xanan oʻz vazifasidan chetlatilganiga qaramay, xalq uni hamon oliy ruhoniy deb bilardi, u yahudiylar jamiyatida yuksak eʼtibor va nufuzga ega edi..
Oʻsha vaqtda choʻlda#3:2 choʻl — 1:80 izohiga qarang. yashayotgan Zakariyoning oʻgʻli Yahyoga Xudoning soʻzi keldi. 3U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga choʻminglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb vaʼz qilardi. 4Shu tariqa Ishayo paygʻambar oʻz kitobida yozgan quyidagicha bashorati amalga oshdi:
“Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!
5Har bir jarlik toʻldiriladi,
Har bir togʻu tepalik pasayadi.
Qingʻir–qiyshiq yoʻllar rostlanadi,
Oʻnqir–choʻnqir soʻqmoqlar tekis boʻladi.
6Butun jonzot Xudoning najotini koʻradi!»”#3:4-6 Muallif bu oʻrinda Ishayo 40:3-5 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
7Katta bir olomon suvga choʻmdirilish uchun Yahyoning oldiga keldi. Yahyo ularga dedi:
— Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo gʻazabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi? 8Bundan keyin tavbaga yarasha ish tutinglar! Oʻzingizcha: “Biz Ibrohim naslidanmiz”, deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 9Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi.
10Olomon Yahyodan soʻradi:
— Unday boʻlsa, biz nima qilishimiz kerak?
11U javob berib, dedi:
— Kimning ikkita koʻylagi boʻlsa, birini koʻylagi boʻlmagan odamga bersin. Kimning oziq–ovqati boʻlsa, u ham ovqati yoʻqlar bilan boʻlishsin.
12Soliqchilardan#3:12 Soliqchilar — bu soliqchilar odatda yahudiy boʻlib turib, Rim davlatiga ishlagani uchun hamma ularni yomon koʻrardi. Koʻp soliqchilar firibgarlik qilib, xalqdan soliq uchun keragidan ortiqroq pul undirardilar–da, bu pulni oʻz choʻntaklariga urardilar. Mana shuning uchun ham xalq soliqchilardan nafratlanib, ularni oʻz imonini sotgan xoinlar deb bilardi. baʼzilari ham suvga choʻmdirilish uchun kelib, Yahyodan:
— Ustoz, biz nima qilishimiz kerak? — deb soʻrashdi. 13Yahyo ularga shunday javob berdi:
— Belgilanganidan ortigʻini odamlardan talab qilmanglar.
14Baʼzi bir askarlar ham undan:
— Biz–chi?! Biz nima qilishimiz kerak? — deb soʻradilar. Yahyo ularga dedi:
— Birovlarni nohaq ayblab, pul orttirmanglar, maoshingiz bilan qanoatlaninglar.
15Xalq Masihning kelishini orziqib kutardi. Ular: “Yahyo Masih emasmikin?” degan fikrni koʻngildan oʻtkazishardi. 16Yahyo ularning hammasiga shunday dedi:
— Men sizlarni suvga choʻmdiryapman. Lekin mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga#3:16 olov — imonlilarni poklaydigan Muqaddas Ruhning qudratiga ishora boʻlishi mumkin (Havoriylar 1:5, 8, 2:1-4, 11:16 ga qarang). Ammo bu oʻrinda olov soʻzi Hukm kuniga ishora qilayotganining ehtimoli koʻproq (shu bobning 7-9, 17–oyatlariga qarang). Oxiratda odamlar Isoga va Uning taʼlimotiga ishongan–ishonmaganlariga qarab hukm qilinadilar. choʻmdiradi. 17Uning panshaxasi qoʻlida tayyor turibdi. U Oʻz xirmonini shopiradi: bugʻdoyni Oʻz omboriga toʻplab, somonni esa soʻnmas oʻtda yondirib yuboradi.
18Yahyo yana koʻp boshqa nasihatlar berib, xalqqa Xushxabarni eʼlon qilardi. 19Viloyat hukmdori#3:19 Viloyat hukmdori — yunoncha matnda Tetrarx. Shu bobning 1–oyatiga berilgan oxirgi izohga qarang. Hirodning qilmishlarini esa fosh qildi. Chunki Hirod oʻz ukasining xotini Hirodiyaga uylangan va yana boshqa yomon ishlar ham qilgandi. 20Shunisi yetmaganday, u Yahyoni ham zindonga qamatib qoʻydi.
Iso suvga choʻmdiriladi
21Butun xalq suvga choʻmdirilayotganda, Iso ham suvga choʻmdirildi. U ibodat qilib turganda osmon ochilib ketdi 22va Muqaddas Ruh kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi. Osmondan esa: “Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan#3:22 Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan — Zabur 2:7 ga qarang., Sendan nihoyatda mamnunman#3:22 Sendan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang.” degan ovoz keldi.
Isoning nasabnomasi
Isodan Zarubabelgacha
23Iso xizmatini boshlaganda oʻttiz yoshlarda edi. Odamlar Uni Yusufning oʻgʻli deb hisoblardilar#3:23 Odamlar Uni Yusufning oʻgʻli deb hisoblardilar — Yusuf Isoning asl otasi emasdi (1:26-37 ga va Matto 1:18-22 ga qarang)..
Yusuf esa — Elaxning oʻgʻli#3:23 …oʻgʻli… — mazkur roʻyxatdagi oʻgʻli soʻzining maʼnosi avlodi boʻlishi ham mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning toʻliq roʻyxati berilmay, faqat maʼlum bir avlodning maʼlum bir ajdoddan kelib chiqqanini koʻrsatadi. Baʼzi hollarda esa biror nasabdan tarqalgan nasllarning sonini koʻrsatish maqsadida nasabnomaga ismlar kiritiladi (Matto 1:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Mazkur nasabnomada Isodan Odam Atogacha boʻlgan 77 ta nasl tilga olingan. Odatda 77 soni barkamollikni bildiradi. Iso nafaqat Isroil xalqi uchun, balki dunyodagi jamiki xalqlarga najot berish uchun kelgan. Buni koʻrsatish maqsadida, bu oʻrinda Iso Masihning nasabi to insoniyat bobokaloni boʻlmish Odam Atogacha koʻrsatilgan.,
24Elax — Mattotning oʻgʻli,
Mattot — Levining oʻgʻli,
Levi — Malkiyning oʻgʻli,
Malkiy — Yannayning oʻgʻli,
Yannay — Yusufning oʻgʻli,
25Yusuf — Mattatiyoning oʻgʻli,
Mattatiyo — Amosning oʻgʻli,
Amos — Noxumning oʻgʻli,
Noxum — Heslining oʻgʻli,
Hesli — Nagayning oʻgʻli,
26Nagay — Maxatning oʻgʻli,
Maxat — Mattatiyoning oʻgʻli,
Mattatiyo — Shimaxning oʻgʻli,
Shimax — Yoʻsexning oʻgʻli,
Yoʻsex — Yoʻdoning oʻgʻli,
27Yoʻdo — Yoʻxanonning oʻgʻli,
Yoʻxanon — Rezoning oʻgʻli,
Rezo — Zarubabelning oʻgʻli,
Zarubabel#3:27 Zarubabel — Isroil xalqi Bobildagi surgundan qaytib kelgandan keyin xalqqa boshchilik qilgan eʼtiborli yetakchi edi (Ezra 2:1-2, 3:1-2, Xaggey 1:1 ga qarang). Nasabnomaning birinchi qismi surgundan keyin yashagan 21 naslni oʻz ichiga olgan. Shaltiyolning oʻgʻli edi.
Shaltiyoldan Natangacha
Shaltiyol — Neriyning oʻgʻli,
28Neriy — Malkiyning oʻgʻli,
Malkiy — Yiddoning oʻgʻli,
Yiddo — Qosamning oʻgʻli,
Qosam — Elmodamning oʻgʻli,
Elmodam — Gʻurning oʻgʻli,
29Gʻur — Yoshuaning oʻgʻli,
Yoshua — Eliazarning oʻgʻli,
Eliazar — Yoʻrimning oʻgʻli,
Yoʻrim — Mattotning oʻgʻli,
Mattot — Levining oʻgʻli,
30Levi — Shimoʻnning oʻgʻli,
Shimoʻn — Yahudoning oʻgʻli,
Yahudo — Yusufning oʻgʻli,
Yusuf — Yunamning oʻgʻli,
Yunam — Eliyaqimning oʻgʻli,
31Eliyaqim — Maliyoning oʻgʻli,
Maliyo — Mannoning oʻgʻli,
Manno — Mattatoning oʻgʻli,
Mattato — Natanning oʻgʻli,
Natan#3:31 Natan — nasabnomaning bu ikkinchi qismi shoh Dovud davridan to xalq Bobilga surgun boʻlgan paytgacha yashagan 21 naslni oʻz ichiga olgan. Dovudning oʻgʻli edi.
Dovuddan Isʼhoqqacha
32Dovud — Essayning oʻgʻli,
Essay — Obidning oʻgʻli,
Obid — Boʻazning oʻgʻli,
Boʻaz — Salmoʻnning oʻgʻli,
Salmoʻn — Naxshoʻnning oʻgʻli,
33Naxshoʻn — Ominadavning oʻgʻli,
Ominadav — Adminning oʻgʻli,
Admin — Arniyning oʻgʻli,
Arniy — Xazronning oʻgʻli#3:33 Ominadav — Adminning oʻgʻli, Admin — Arniyning oʻgʻli, Arniy — Xazronning oʻgʻli — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Ominadav — Ramning oʻgʻli, Ram — Xazronning oʻgʻli (yana 1 Solnomalar 2:9-10 ga qarang). Yana shu bobning 23–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.,
Xazron — Parazning oʻgʻli,
Paraz — Yahudoning oʻgʻli,
34Yahudo — Yoqubning oʻgʻli,
Yoqub — Isʼhoqning oʻgʻli,
Isʼhoq#3:34 Isʼhoq — nasabnomaning bu uchinchi qismi 14 naslni oʻz ichiga olgan. Ibrohimning oʻgʻli edi.
Ibrohimdan Odam Atogacha
Ibrohim — Terahning oʻgʻli,
Terah — Naxoʻrning oʻgʻli,
35Naxoʻr — Sarugʻning oʻgʻli,
Sarugʻ — Ravuning oʻgʻli,
Ravu — Palaxning oʻgʻli,
Palax — Ibirning oʻgʻli,
Ibir — Shilaxning oʻgʻli,
36Shilax — Xenanning oʻgʻli,
Xenan — Arpaxshodning oʻgʻli,
Arpaxshod — Somning oʻgʻli,
Som — Nuhning oʻgʻli,
Nuh — Lamakning oʻgʻli,
37Lamak — Matushalohning oʻgʻli,
Matushaloh — Xanoʻxning#3:37 Xanoʻx — sharq yozma adabiyotida Idris paygʻambar deb eʼtirof etilgan. oʻgʻli,
Xanoʻx — Yoredning oʻgʻli,
Yored — Maxaliyolning oʻgʻli,
Maxaliyol — Xenanning oʻgʻli,
38Xenan — Enoʻshning oʻgʻli,
Enoʻsh — Shisning oʻgʻli,
Shis — Odam Atoning oʻgʻli,
Odam Ato#3:38 Odam Ato — nasabnomaning bu soʻnggi qismi 21 naslni oʻz ichiga olgan. Xudoning oʻgʻli#3:38 Xudoning oʻgʻli — Odam Ato Xudoning suratida yaratilganiga ishora qilinadi (Ibtido 1:26-27, 5:1-3 ga qarang). Xuddi shu singari, butun odamzod Xudodan kelib chiqqan (Havoriylar 17:28-29 ga qarang). edi.

Currently Selected:

Luqo 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in