Luqo 2
2
2–BOB
Iso Masihning tugʻilishi
1Oʻsha kunlarda Qaysar#2:1 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Avgust#2:1 Avgust — Oktavian ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 27 yildan to milodiy 14 yilgacha hukmronlik qilgan.: “Butun Rim imperiyasidagi aholi roʻyxatga olinsin#2:1 …butun Rim imperiyasidagi aholi roʻyxatga olinsin… — voyaga yetgan har bir inson imperator xazinasiga soliq toʻlashi kerak edi. Buni nazorat qilish maqsadida butun aholi roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim edi.”, degan farmon chiqardi. 2Bu ilk aholi roʻyxati boʻlib, Suriyada Kviriniyus hokim boʻlgan paytda oʻtkazildi#2:2 Bu…oʻtkazildi — yoki Shunday qilib, Suriyada Kviriniyus hukmronlik qilgan paytdagi birinchi marta aholini roʻyxatga olish oʻtkazildi.. 3Roʻyxatdan oʻtish uchun hamma oʻz shahriga bordi.
4Yusuf ham Jaliladagi Nosira shahridan Yahudiyaning Baytlahm shahriga yoʻl oldi. Bu shahar Dovud shahri edi. Yusuf Dovud xonadonidan, uning naslidan edi. 5Yusuf roʻyxatdan oʻtgani Maryamni ham oʻzi bilan olib ketdi. Maryam Yusufga unashtirilgan boʻlib, farzand kutayotgan edi. 6Ular oʻsha yerda boʻlganlarida Maryamning oy–kuni toʻldi. 7U oʻzining toʻngʻich oʻgʻlini tugʻdi. Uni yoʻrgaklab, oxurga yotqizib qoʻydi, chunki mehmonxonada ularga joy yoʻq edi.
Choʻponlar va farishtalar
8Baytlahm yaqinida choʻponlar bor edi. Ular tunda yaylovdagi suruvini qoʻriqlash uchun dalada yotib qolgan edilar. 9Ularning qarshisida Egamizning bir farishtasi paydo boʻldi, Egamizning ulugʻvorligi ularning atrofini yoritib yubordi. Choʻponlar qattiq vahimaga tushdilar.
10Ammo farishta ularga shunday dedi:
— Qoʻrqmanglar! Men sizlarga Xushxabar olib keldim. Bu xabar hammaga buyuk quvonch keltiradi. 11Bugun Dovud shahrida#2:11 Dovud shahri — yaʼni Baytlahm (shu bobning 4–oyatiga qarang). sizlar uchun Najotkor tugʻildi. U Masihdir#2:11 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang., bizning Rabbimizdir. 12Mana, sizlarga Uning belgisi: oxurda yotgan, yoʻrgaklangan Chaqaloqni topasizlar.
13Birdan farishtaning yonida samo lashkari boʻlmish son–sanoqsiz farishtalar paydo boʻldi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi:
14“Falak toqidagi Xudoga sharaflar boʻlsin,
Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin!#2:14 …Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yerdagi bandalarga tinchligu marhamat.”
15Farishtalar osmonga koʻtarilib ketgandan keyin, choʻponlar bir–biriga dedilar:
— Qani, Baytlahmga boraylik! Egamiz bizga aytgan voqea yuz berganini koʻraylik!
16Ular shosha–pisha bordilar, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan Chaqaloqni koʻrdilar. 17Ular Chaqaloqni koʻrib, farishta bu Chaqaloq toʻgʻrisida nimalar aytganini gapirib berdilar. 18Choʻponlarning gapini eshitganlarning hammasi hayratga tushdi. 19Maryam esa bu soʻzlarning barini diliga tugib olib, chuqur oʻylab yurdi.
20Choʻponlar qaytib ketayotib, Xudoni ulugʻlab, Unga hamdu sanolar aytdilar. Chunki eshitgan va koʻrganlarining hammasi xuddi farishta aytganday sodir boʻlgandi.
Isoga ism qoʻyiladi
21Oradan sakkiz kun oʻtdi. Chaqaloqni sunnat qiladigan payt#2:21 Chaqaloqni sunnat qiladigan payt — 1:59 izohiga qarang. keldi. Unga Iso deb ism qoʻydilar. Iso ona qornida paydo boʻlmasdan oldin, farishta Unga shu ismni bergan edi.
Shimoʻnning hamdu sanosi
22-24Musoning qonuniga koʻra#2:22-24 Musoning qonuniga koʻra… — Levilar 12:1-4 ga qarang., Maryam poklanish kunlariga rioya qildi. Bu muddat tugagach, Maryam bilan Yusuf Quddusga bordilar. U yerda poklanish qurbonligini keltirib, Egamizning qonunidagi: “Ikkita kaptar yoki ikkita musicha keltirilsin” degan amrni bajardilar#2:22-24 Egamizning…amrni bajardilar — Levilar 12:6-8 ga qarang.. Ular Bolani ham Egamizga taqdim qilmoqchi boʻlib, Uni oʻzlari bilan Quddusga olib borgan edilar. Chunki Egamizning qonunida: “Har bir toʻngʻich oʻgʻil Egamizga bagʻishlanishi kerak”, deb yozilgan#2:22-24 Egamizning qonunida…yozilgan — Chiqish 13:1-2, 11-16 ga qarang..
25Oʻsha paytda Quddusda Shimoʻn degan bir odam bor edi. U solih, taqvodor odam boʻlib, Isroilning najot topishini intizor boʻlib kutar edi. Muqaddas Ruh unga yor edi. 26Muqaddas Ruh unga: “Egamiz vaʼda qilgan Masihni sen koʻrmaguningcha, oʻlmaysan”, deb ayon qilgan edi.
27Shunday qilib, Shimoʻn Muqaddas Ruh boshchiligida Maʼbadga bordi. Isoning ota–onasi qonunda buyurilgan marosimni bajarish uchun Chaqaloqni Maʼbad hovlisiga olib kirdilar. 28Shunda Shimoʻn Chaqaloqni qoʻliga olib, Xudoga hamdu sano aytdi:
29“Ey Egam, vaʼdangni Sen bajo aylading,
Endi tinchgina oʻlishga rozi bu quling.
30Zero, oʻz koʻzim ila koʻrdim Qutqaruvchini,
31Barcha ellar oldida hozirlagan najotingni.
32Gʻayriyahudiylarga ayon boʻladigan nurdir U,
Xalqing Isroilning shuhratidir U.”
33Yusuf ham, Maryam ham Iso haqida aytilgan bu soʻzlardan hayratga tushdilar. 34Shimoʻn ularni duo qilib, Isoning onasi Maryamga dedi:
— Mana shu goʻdak Isroil xalqi orasida koʻp odamlarning qulashiga va yuksalishiga sababchi boʻladi. U Xudodan alomat boʻladi, Uni koʻplar rad etadi. 35Natijada koʻplarning sirli fikrlari oshkor boʻladi. Sening qalbingga ham qilich sanchiladi.
36U yerda Xanna ismli keksa bir paygʻambar ayol ham bor edi. U Osher qabilasidan Paniyol degan odamning qizi edi. U turmushga chiqib, eri bilan yetti yil yashadi. 37Soʻng beva qolgan edi. U sakson toʻrt yil davomida beva boʻlib#2:37 U sakson toʻrt yil davomida beva boʻlib… — yoki U sakson toʻrt yoshda edi…., hech qachon Maʼbadni tark etmasdi. Roʻza tutib, ibodat qilib, kechayu kunduz Xudoga sajda qilardi. 38Shimoʻn Maryam va Yusufga gapirib turgan paytda Xanna ularga yaqinlashib, Xudoga shukronalar aytdi. U Quddusning ozod qilinishini intizorlik bilan kutganlarning hammasiga bu Bola haqida soʻzlay boshladi.
39Yusuf bilan Maryam Egamizning qonunidagi hamma talablarni bajarganlaridan keyin, Jalilaga, oʻz shahri Nosiraga qaytib bordilar. 40Bola ulgʻayib, kuchga va donolikka toʻlib borardi. U Xudoning inoyati ostida edi.
Oʻsmir Iso Maʼbadda
41Isoning ota–onasi har yili Fisih bayramida#2:41 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (22:1 ga qarang). Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). Quddusga borar edilar. 42Iso oʻn ikki yoshda boʻlganda, ular yana odatdagiday bayram qilish uchun Quddusga bordilar.
43Bayramdan keyin ular uyga qaytar ekanlar, oʻsmir Iso Quddusda qoldi. Ota–onasi esa bundan bexabar edi. 44Ular, Iso yoʻlovchilar orasida kelyapti, deb oʻylashdi. Bir kun yoʻl bosganlaridan keyin, Isoni qarindosh–urugʻlari va tanish–bilishlari orasidan qidira boshladilar. 45Uni topa olmaganlaridan keyin, Quddusga qaytib, Isoni oʻsha yerdan qidirdilar.
46Uch kundan soʻng Uni Maʼbaddan topdilar. U muallimlar orasida oʻtirardi, ularning gaplariga quloq solib, savollar berardi. 47Isoning gaplarini eshitganlarning hammasi Uning fahm–idrokiga va berayotgan javoblariga hayron qolardilar. 48Ota–onasi Uni koʻrib, ajablandilar. Onasi Unga dedi:
— Oʻgʻlim, bu nima qilganing? Otang ikkovimiz Seni qidiraverib adoyi tamom boʻldik–ku!
49— Nega Meni qidirdingizlar? — dedi Iso. — Men samoviy Otamning#2:49 samoviy Otam — Xudoga ishora. Iso koʻpincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA soʻziga qarang. uyida boʻlishim#2:49 Men samoviy Otamning uyida boʻlishim… — yoki Men samoviy Otamning ishlari bilan mashgʻul boʻlishim…. kerakligini nahotki bilmagan boʻlsangizlar?!
50Ammo ular Isoning aytgan gapini tushunmadilar. 51Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota–onasiga itoat qildi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib qoʻydi.
52Iso ulgʻayib, yillar oʻtgan sari dono boʻlib borardi. U Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonardi.
Currently Selected:
Luqo 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020