Shu tariqa Ishayo paygʻambar oʻz kitobida yozgan quyidagicha bashorati amalga oshdi:
“Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!
Har bir jarlik toʻldiriladi,
Har bir togʻu tepalik pasayadi.
Qingʻir–qiyshiq yoʻllar rostlanadi,
Oʻnqir–choʻnqir soʻqmoqlar tekis boʻladi.
Butun jonzot Xudoning najotini koʻradi!»”