YouVersion Logo
Search Icon

Luqo 4

4
4–BOB
Isoni iblis vasvasaga soladi
1Iso Iordan daryosidan Muqaddas Ruhga toʻlib qaytdi. Ruh Uni sahroga boshlab ketdi. 2Sahroda Isoni iblis qirq kun vasvasaga soldi. Oʻsha kunlar davomida Iso hech narsa yemadi, oxiri och qoldi. 3Shunda iblis Isoga dedi:
— Agar Sen Xudoning Oʻgʻli#4:3 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. boʻlsang, bu toshga buyur, nonga aylansin!
4Iso unga shunday javob berdi:
— Yozilganki: “Inson faqat non bilan yashamaydi#4:4 Inson faqat non bilan yashamaydi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning har bir soʻzi bilan yashaydi. Qonunlar 8:3 ga qarang..”
5Soʻng Isoni iblis tepalikka#4:5 tepalik — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida baland bir togʻ. olib chiqib, bir lahzada Unga olamning barcha shohliklarini koʻrsatdi. 6U Isoga dedi:
— Seni ana shu shohliklar ustidan hukmron qilaman, ularning shon–shuhratini Senga beraman. Bularning hammasi menga berilgan, men esa istaganimga beraman. 7Menga sajda qil, shunda hammasi Seniki boʻladi.
8Iso javob berib dedi:
— Yozilganki#4:8 Yozilganki… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Yoʻqol koʻzimdan, shayton! Yozilganki.: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil.”#4:8 Qonunlar 6:13 ga qarang.
9Keyin iblis Isoni Quddusga olib bordi. Uni Maʼbadning eng yuqori joyiga chiqarib, shunday dedi:
— Agar Sen Xudoning Oʻgʻli boʻlsang, Oʻzingni bu yerdan pastga tashla. 10Axir, yozilgan–ku:
“Xudo Sen toʻgʻringda farishtalariga amr beradi,
Farishtalar Seni qoʻriqlaydi.
11Oyogʻing toshga qoqilib ketmasin deya,
Farishtalar qoʻllarida Seni koʻtarib boradi.”#4:10-11 Zabur 90:11-12 ga qarang.
12Iso iblisga javoban dedi:
— Yana yozilganki: “Egang Xudoni sinama.”#4:12 Qonunlar 6:16 ga qarang.
13Iblis har tomonlama Isoni vasvasaga solib boʻlgandan soʻng Uning yonidan ketdi, biroq qaytib kelish uchun fursat poylab yurdi.
Iso Oʻz yurtida rad qilinadi
14Iso Ruh qudratiga toʻlib, Jalila hududiga qaytdi. U haqidagi ovoza butun atrofga tarqaldi. 15U sinagogalarda taʼlim berardi, hamma Uni maqtardi.
16Soʻng Iso Oʻzi ulgʻayib oʻsgan shahri Nosiraga bordi. Oʻz odati boʻyicha Shabbat kunida sinagogaga kirib, Muqaddas bitiklarni oʻqish uchun oʻrnidan turdi. 17Unga Ishayo paygʻambarning oʻramini uzatdilar. U oʻramni ochib, quyidagi parchani topib oʻqidi:
18“Egamizning Ruhi meni qamradi.
Yoʻqsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun#4:18 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar keyingi misra sifatida qoʻshimcha qilingan: Dilabgorlarga shifo bermoq uchun.
Egam meni tanladi.
Zindondagilarga erkin boʻlasiz, deb aytmoq uchun,
Koʻrlarga, koʻzingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun,
Asirlarni ozod qilmoq uchun,
19Egamning marhamat yilini maʼlum etmoq uchun
Egam meni yubordi.”#4:18-19 Muallif bu oʻrinda Ishayo 61:1-2 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Asirlarni ozod qilmoq uchun iborasi Ishayo 58:6 dan olingan.
20Keyin Iso oʻramni qayta oʻradi–da, xizmatchiga berib, oʻtirdi. Sinagogadagi barchaning koʻzi Unga tikildi. 21Iso ularga dedi:
— Sizlar eshitgan bu kalom shu bugun bajo boʻldi.
22Hamma Isoni maqtar edi. Uning latif soʻzlariga mahliyo boʻlib: “Nahotki bu Odam Yusufning oʻgʻli boʻlsa?!” deb aytishardi.
23Iso ularga dedi:
— Bilib turibman, sizlar: “Ey tabib, oʻzingni oʻzing davolab koʻr–chi!” degan iborani yuzimga solmoqchisizlar. “Kafarnahumda qilgan moʻjizalar haqida xabar topdik. Oʻshalarni Oʻz shahringda ham qil”, deb aytmoqchisizlar.
24Soʻng Iso gapida davom etib, dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, hech qanday paygʻambar oʻz yurtida qabul qilinmaydi. 25Sizlarga yana bir haqiqatni aytaman: Ilyos paygʻambar davrida#4:25 …Ilyos paygʻambar davrida… — 3 Shohlar 17:1-24 ga qarang. Isroil yurtida koʻp bevalar bor edi. Osmondan uch yilu olti oy davomida bir tomchi ham yomgʻir yogʻmadi, butun yurtda dahshatli ocharchilik boʻldi. 26Ammo Xudo Ilyosni ularning birontasiga yubormay, faqatgina Sidon shahri yaqinidagi Zorafatda yashovchi bir bevaga yuborgan edi. 27Xuddi shu singari, Elishay paygʻambar davrida#4:27 …Elishay paygʻambar davrida… — 4 Shohlar 5:1-14 ga qarang. ham Isroil yurtida teri kasalligiga#4:27 teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. chalingan koʻp odamlar bor edi. Ammo birontasi ham shifo topmadi, faqat Suriyalik Noʻmon shifo topdi, xolos.
28Sinagogadagi odamlar bularni eshitgach, hammalari gʻazablanishdi. 29Oʻrinlaridan sakrab turib, Isoni shahardan tashqariga haydab chiqarishdi. Nosira shahri tepalik ustida joylashgan edi. Odamlar Isoni oʻsha tepalikning chetiga olib borib, jarlikka tashlamoqchi boʻlishdi. 30Lekin Iso ularning orasidan oʻtib, Oʻz yoʻliga ketdi.
Jinga chalingan odam shifo topadi
31Iso Jaliladagi Kafarnahum shahriga bordi. Shabbat kunlarida xalqqa taʼlim beradigan boʻldi. 32Xaloyiq Isoning taʼlimotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U hokimiyat bilan gapirardi.
33Shahardagi sinagogada jinga chalingan bir odam bor edi. U ovozi boricha baqirib dedi:
34— Ey Nosiralik Iso! Bizni tinch qoʻy! Sen bizni halok qilgani keldingmi?! Sening kimligingni bilaman: Sen Xudoning Azizisan!
35Biroq Iso jinga doʻq urib:
— Jim boʻl! Undan chiqib ket! — dedi. Shunda jin hammaning koʻzi oldida haligi odamni yerga agʻnatib, uning ichidan chiqib ketdi. Odam hech qanday zarar koʻrmadi. 36Hamma hayratda qoldi.
— Nima boʻlyapti oʻzi?! U qudratu hokimiyat bilan buyruq berganda yovuz ruhlar chiqib ketyapti! — deb bir–birlariga gapirardilar. 37Iso haqidagi ovoza butun tevarak–atrofga tarqaldi.
Iso koʻp odamlarga shifo beradi
38Iso sinagogadan chiqib, Shimoʻnning#4:38 Shimoʻn — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qoʻygan edi (6:14 ga qarang). uyiga kirdi. Shimoʻnning qaynanasi qattiq isitmalab yotgan edi. Isodan, kasalni koʻrib qoʻying, deb iltimos qilishdi. 39Iso ayolning yoniga kelib, isitmaga: “Ayolni tark et!” — deb buyruq berdi. Isitma ayolni tark etdi. Ayol oʻsha zahoti oʻrnidan turib, ularga xizmat qila boshladi.
40Quyosh botayotgan paytda#4:40 Quyosh botayotgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi. Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi., odamlar turli xastalikdan azob chekayotgan qarindosh–urugʻlarini Isoning oldiga olib keldilar. Iso hamma xastalarga qoʻlini qoʻyib, shifo berdi. 41Jinlar esa: “Sen Xudoning Oʻgʻlisan!”#4:41 “Sen Xudoning Oʻgʻlisan!” — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida “Sen Xudoning Oʻgʻli — Masihsan!” — deb baqirganlaricha, koʻplab odamlarni tark etardilar. Iso jinlarga doʻq urib, ularning gapirishlariga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning Masih ekanini bilishardi.
Iso sinagogalarda vaʼz qiladi
42Tong otgach, Iso shaharni tark etib, kimsasiz bir joyga ketdi. Bir toʻda olomon Uni izlab ortidan bordi. Ular Isoni topganlaridan soʻng: “Yonimizdan ketmang”, deb Uni olib qolishga harakat qildilar. 43Iso esa odamlarga shunday dedi:
— Men Xudoning Shohligi#4:43 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang. toʻgʻrisidagi Xushxabarni boshqa shaharlarda ham eʼlon qilishim kerak, Men shu maqsadda yuborilganman.
44Shunday qilib, Iso yurtdagi#4:44 yurt — yunoncha matnda Yahudiya. Bu oʻrinda Yahudiya deganda butun qadimgi Falastin nazarda tutilgan. sinagogalarda voizlik qilishni davom ettirdi.

Currently Selected:

Luqo 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in