YouVersion Logo
Search Icon

Luqo 10

10
10–BOB
Shogirdlarning voizlik safari
1Shundan keyin Rabbimiz Iso yetmish ikki#10:1 yetmish ikki — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yetmish. Shu bobning 17–oyatida ham bor. odamni tanlab oldi. Ularni ikkita–ikkita qilib, borishni moʻljallagan har bir shaharga, har bir joyga Oʻzidan oldin joʻnatdi. 2Iso ularga shunday dedi: “Hosil moʻl, ammo ishchilar oz. Hosil Egasidan: «Hosilingni yigʻib olishga yana ishchilar yubor», deb soʻranglar. 3Boringlar! Sizni boʻrilar orasiga qoʻzilarday yuboryapman. 4Oʻzlaringiz bilan hamyon, toʻrva, choriq olmanglar. Yoʻlda odamlardan hol–ahvol soʻrashga vaqtingizni ketkizmanglar.
5Biror xonadonga kirganlaringizda, avvalo: «Xonadoningizda tinchlik–omonlik boʻlsin», deb aytinglar. 6Agar oʻsha xonadonda tinchliksevar odam yashayotgan boʻlsa, siz tilagan tinchlik oʻsha odamda qoladi. Boʻlmasa, oʻzingizga qaytib keladi. 7Bir xonadondan boshqa xonadonga koʻchib yurmanglar. Kirgan xonadoningizda qolinglar. Oldingizga nima qoʻyishsa, oʻshani yeb–ichinglar. Chunki mehnatkash ish haqini olishga munosibdir.
8Bir shaharga kirganingizda, shahar aholisi sizlarni qabul qilsa, oldingizga qoʻyganlarini yenglar. 9Oʻsha yerdagi xastalarga shifo berib, shahardagi odamlarga: «Xudoning Shohligi sizlarga yaqinlashdi», deb aytinglar. 10Ammo biron shaharga kirganingizda sizlarni qabul qilmasalar, oʻsha shaharning shoh koʻchalariga chiqib shunday deb aytinglar: 11«Ogohlantirish tariqasida shahringizdan oyoqlarimizga yopishgan changni ham qoqib ketyapmiz#10:11 Ogohlantirish tariqasida shahringizdan oyoqlarimizga yopishgan changni ham qoqib ketyapmiz — 9:5 izohiga qarang.. Ammo bilib qoʻying, Xudoning Shohligi yaqinlashdi!» 12Sizlarga aytamanki, qiyomat kunida oʻsha shaharning holi Sadoʻm shahrining#10:12 Sadoʻm shahri — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). holidan battar boʻladi.
Xudoni rad etgan shaharlarning holi
13Sening holingga voy, ey Xorazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda qilingan moʻjizalar Tir bilan Sidon shaharlarida#10:13 Tir bilan Sidon shaharlari — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan gʻayriyahudiylar shaharlari. Bu shaharlar Jaliladan shimoli–gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. qilinganda edi, ular allaqachon qanorga oʻranib, kulga oʻtirib#10:13 …qanorga oʻranib, kulga oʻtirib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va kulga oʻtirish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan., tavba qilgan boʻlardilar. 14Qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar boʻladi. 15Ey Kafarnahum! Xudo seni koʻklarga koʻtaradi, deb oʻylaysanmi?! Yoʻq, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi!”
16Iso shogirdlariga dedi: “Sizlarga quloq solgan Menga quloq solgan boʻladi. Sizlarni rad qilgan Meni rad qilgan boʻladi. Meni rad qilgan esa Meni Yuborganni rad qilgan boʻladi.”
Shogirdlar safardan qaytadi
17Yetmish ikki shogird xursand boʻlib safardan qaytib keldilar. Ular Isoga shunday dedilar:
— Hazrat, biz Sizning nomingizdan buyruq berganimizda, hatto jinlar ham itoat etyaptilar.
18Iso ularga dedi:
— Men shaytonning osmondan yashinday tushganini koʻrdim. 19Men sizlarga ilonu chayonlarni bosib ezish hokimiyatini va iblisning#10:19 iblis — yunoncha matnda dushman, bu soʻz iblisga nisbatan aytilgan (Matto 13:39, 1 Butrus 5:8 ga qarang). butun kuch–qudratini oyoq osti qilish hokimiyatini berganman. Hech narsa sizlarga zarar yetkazmaydi. 20Biroq jinlar sizga boʻysunayotganidan xursand boʻlmanglar, balki nomlaringiz osmonda yozilganidan xursand boʻlinglar!
21Shu on Iso Muqaddas Ruhning shodligiga toʻlib, dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, goʻdaklarga maʼlum etganing uchun Senga shukurlar aytaman. Ha, Ota, bu Sening ezgu xohishing edi.”
22Soʻng Iso odamlarga dedi: “Osmondagi Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. Oʻgʻilning kimligini Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otaning kimligini ham Oʻgʻildan boshqa va Oʻgʻil ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.”
23Iso shogirdlariga oʻgirilib qaradi–da, ularga alohida dedi: “Sizlar koʻrayotganlarni koʻradigan koʻzlar baxtlidir! 24Sizlarga shuni aytay: qanchadan–qancha paygʻambarlar, qanchadan–qancha shohlar sizlar koʻrgan voqealarni koʻrishni istaganlar, ammo koʻrmaganlar. Sizlar eshitganlaringizni eshitishni ular istaganlar, ammo eshitmaganlar.”
Rahmdil Samariyalik haqida masal
25Shunda Isoni sinash maqsadida kelgan Tavrot tafsirchilaridan biri turib, Unga savol berdi:
— Ustoz, abadiy hayotga ega boʻlishim uchun men nima qilishim kerak?
26Iso:
— Tavrotda bu toʻgʻrida nima yozilgan? Siz nima deb tushunasiz? — deb soʻradi. 27U kishi shunday javob berdi:
— U yerda yozilganki: “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan, kuchingiz boricha seving”#10:27 Qonunlar 6:5 ga qarang., yana: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.”#10:27 Levilar 19:18 ga qarang.
28Iso unga:
— Toʻgʻri javob berdingiz. Siz ham shunday qiling, ana shunda yashaysiz! — dedi. 29Ammo u odam oʻzini oqlamoqchi boʻlib, Isodan:
— Mening yaqinim kim? — deb soʻradi. 30Iso shunday javob berdi:
— Bir odam Quddusdan Yerixoga#10:30 …Quddusdan Yerixoga… — Quddusdan Yerixogacha boʻlgan masofa qariyb 25 kilometrni tashkil qilardi. Sahro orqali va gʻorlar yonidan oʻtgan bu yoʻlda qaroqchilar yashirinib yurgani uchun, shu yoʻl nihoyatda xatarli hisoblanar edi. borayotgan ekan, qaroqchilar qoʻliga tushib qolibdi. Qaroqchilar uning kiyimlarini yechib olib, kaltaklab, chalajon qilib tashlab ketibdilar. 31Tasodifni qarangki, oʻsha yoʻldan bir ruhoniy#10:31 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang. ketayotgan ekan. U haligi odamni koʻribdi–yu, yoʻlning narigi chetidan oʻtib ketaveribdi. 32Oʻsha joydan oʻtib ketayotgan levi#10:32 levi — Quddusdagi Maʼbadda ruhoniyga xizmat qilishda yordam beradigan odam. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi LEVI, LEVILAR soʻziga qarang. ham xuddi shunday qilibdi. U yarador odamni koʻrib, yoʻlning narigi chetidan oʻtib ketaveribdi. 33Ammo oʻsha yerdan oʻtib ketayotgan bir Samariyalik#10:33 Samariyalik — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. yarador odamni koʻrib, unga achinib ketibdi. 34Uning yoniga kelib, yaralariga zaytun moyi, sharob surib#10:34 …yaralariga zaytun moyi, sharob surib… — bular qadimgi paytlarda malham sifatida ishlatilardi. Zaytun moyi ogʻriq qoldirib, terini qurib ketishdan saqlar edi (Ishayo 1:6 ga qarang). Sharob yarani dezinfeksiya qilar edi., bogʻlab qoʻyibdi. Soʻng uni oʻz uloviga mindiribdi–da, mehmonxonaga olib kelib, uni parvarish qilibdi. 35Ertasi kuni#10:35 Ertasi kuni — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Ertasi kuni joʻnayotganda. ikki kumush tanga#10:35 kumush tanga — yunoncha matnda dinor. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. chiqaribdi–da, mehmonxona egasiga berib: “Unga yaxshi qarang, agar bundan ortiq xarajat qilsangiz, qaytishimda sizga toʻlayman”, debdi. 36Sizningcha, oʻsha uch odamdan qaysi biri qaroqchilar qoʻliga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?
37Tafsirchi:
— Unga shafqat koʻrsatgan odam–da, — deb javob berdi.
— Boring, siz ham shunday qiling! — dedi unga Iso.
Iso Maryam bilan Martaning uyida
38Iso va Uning shogirdlari yoʻlda davom etdilar. Ular bir qishloqqa kirdilar. U yerda Marta ismli ayol Isoni uyiga taklif qildi. 39Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Rabbimiz Isoning oyoqlari oldida oʻtirib, Uning soʻzlarini tinglar edi. 40Marta esa mehmon kutish bilan ovora edi.
U Isoning oldiga kelib dedi:
— Hazrat! Eʼtibor bermayapsizmi, singlim hamma ishni bir oʻzimga tashlab qoʻydi–ku! Unga ayting, menga yordam bersin.
41Rabbimiz Iso unga shunday javob berdi:
— Eh, Marta, Marta, buncha urinib tashvishlanmasang! 42Zarur boʻlgan bittagina narsa bor. Maryam oʻzi uchun eng yaxshisini tanladi va bu undan tortib olinmaydi.

Currently Selected:

Luqo 10: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in