YouVersion Logo
Search Icon

Luqo 11

11
11–BOB
Ibodat haqida
1Bir payt Iso ibodat qilayotgan edi. Ibodatni tamom qilgach, shogirdlaridan biri Unga dedi:
— Hazrat! Yahyo oʻz shogirdlariga ibodat qilishni oʻrgatgandi. Siz ham bizga ibodat qilishni oʻrgating.
2Iso ularga dedi:
— Ibodat qilayotganingizda shunday deb aytinglar:
“Ey osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas noming ulugʻlansin.
Sening Shohliging kelsin#11:2 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Osmonda boʻlgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo boʻlsin..
3Kundalik rizqimizni bergin.
4Gunohlarimizni kechirgin,
Chunki biz ham oʻzimizga qarshi gunoh qilgan har bir odamni kechiramiz.
Bizni vasvasaga duchor qilmagin#11:4 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Yovuz shaytondan xalos qilgin..”
5Iso shogirdlariga dedi: “Faraz qilaylik, orangizdan birortangiz yarim kechasi doʻstingizning oldiga borib, shunday deb iltimos qildingiz:
— Doʻstim, menga uchta non qarzga berib tur. 6Hozir uyimga bir doʻstim kelib qoldi, uning oldiga qoʻyadigan biron yeguligim yoʻq.
7Ichkaridagi doʻstingiz esa sizga shunday javob berdi deylik:
— Meni bezovta qilma! Eshik qulf, bolalarim men bilan bir toʻshakda yotishibdi. Oʻrnimdan turib senga non berolmayman!
8Men sizlarga aytaman: u sizga nonni doʻsti boʻlganingiz uchun bermasa ham, siz uni holi–joniga qoʻymay soʻrayversangiz, soʻragan narsangizni albatta sizga beradi.
9Sizlarga aytaman: soʻrang va sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi. 10Chunki soʻragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.
11Orangizdan qaysi bir ota, oʻgʻli baliq soʻraganda, unga baliq oʻrniga ilon beradi?#11:11 Orangizdan qaysi bir ota…ilon beradi? — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Orangizdan qaysi bir ota oʻgʻli non soʻraganda, unga tosh beradi? Yoki baliq soʻraganda, unga ilon beradi. 12Yoki tuxum soʻraganda, unga chayon beradi? 13Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Ota ham Undan soʻraganlarga Muqaddas Ruhni berishga qanchalar tayyor.”
Iso va shayton
14Bir kuni Iso soqov odamdan yovuz ruhni quvib chiqardi. Jin chiqqandan soʻng, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qoldi. 15Ammo oralaridan baʼzilari: “U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning#11:15 ins–jinslar hukmdori Baalzabul — shayton shohligidagi qudratli bir mavjudotga yoki shaytonning oʻziga ishora. kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti!” dedilar. 16Boshqalar esa Isoning Xudodan kelganini sinab koʻrmoqchi boʻlib, moʻjizali alomat koʻrsatishini talab qildilar.
17Iso esa ularning nima haqida oʻylayotganini bilib turardi. U oʻsha odamlarga dedi: “Nizo tufayli oʻz ichidan boʻlinib ketgan har bir shohlik xarob boʻladi, nizo tufayli boʻlingan xonadon barbod boʻladi. 18Shu singari, shayton shohligi ham oʻzaro boʻlinib ketsa, uning shohligi qanday tura oladi?! Sizlarning gapingizga koʻra, ins–jinslar hukmdori — Baalzabul ato etgan qudrat bilan Men jinlarni quvib chiqarayotgan emishman. 19Agar Men jinlarni Baalzabulning kuchi bilan quvib chiqarayotgan boʻlsam, u holda oʻz sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham sheriklaringiz sizlarni hukm qiladi. 20Agar Men jinlarni Xudoning qudrati bilan quvayotgan boʻlsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.
21Boshdan–oyoq qurollangan kuchli odam uyini qoʻriqlaganda, uning mol–mulki bexatar boʻladi. 22Ammo undan kuchlirogʻi hujum qilib uni yengsa, uning tayangan barcha qurollarini tortib oladi va oʻljasini istaganiga taqsimlab beradi. 23Kim Men tomonda boʻlmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yigʻmasa, sochadi.
24Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur–halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi va topmagach: «Chiqqan uyimga qaytib boraman», deydi. 25Uyiga kelganda, uyni supurilgan va yigʻishtirilgan holda koʻradi. 26Shunda borib, oʻzidan ham yovuzroq boshqa yettita ruhni chaqiradi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat oʻsha odamning ahvoli oldingidan ham battar boʻladi.”
Haqiqiy baxtiyorlik
27Iso shu gaplarni aytayotganda, olomon orasidan bir ayol baland ovozda Isoga dedi:
— Sizni qornida koʻtarib yurgan, Sizni emizgan ayol baxtlidir!
28Iso esa javoban shunday dedi:
— Toʻgʻri, lekin Xudoning kalomini tinglab, unga rioya qiladiganlar baxtliroqdir!
Yunus paygʻambarning alomati
29Isoning oldiga katta olomon yigʻilgandan keyin, Iso soʻz boshladi: “Hozirgi nasl qabih bir nasldir. Bu nasl alomat soʻraydi, ammo ularga Yunusning alomatidan#11:29 Yunusning alomati — Yunusni nahang baliq yutib yuborgandan keyin, Xudo uni nahang baliqning qornidan xalos etgandi (Yunus 2:1, 11 ga qarang). Iso Yunusning hayotidagi bu voqeani tilga olib, Oʻzining oʻlimi va tirilishiga ishora qilmoqda (Matto 12:39-40 ga qarang). boshqa alomat berilmaydi. 30Yunus Naynavo#11:30 Naynavo — Yunus davrida Ossuriya shohligining poytaxti edi. Bu shahar Nineviya nomi bilan ham maʼlum. aholisiga alomat boʻlgani singari, Inson Oʻgʻli ham hozirgi nasl uchun alomat#11:30 …Naynavo aholisiga alomat…hozirgi nasl uchun alomat… — Yunusni Xudo yuborganini anglagan Naynavo aholisi oʻz gunohlaridan tavba qilgandi (Yunus 3:1-10 ga qarang). Isoning oʻlimi va tirilishi ham hozirgi zamon odamlariga alomat boʻlib xizmat qiladi. Odamlar Isoni Xudodan yuborilgan deb qabul qilib, oʻz gunohlaridan tavba qilishlari darkor (shu bobning 32–oyatiga qarang). boʻladi. 31Janub malikasi#11:31 Janub malikasi — Shava malikasi nazarda tutilgan (3 Shohlar 10:1-10 ga qarang). qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki Sulaymonning dono taʼlimotini tinglagani malika dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi! 32Naynavo aholisi qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki Naynavoliklar Yunusning vaʼzidan keyin tavba qilganlar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi!
Tananing chirogʻi
33Hech kim chiroqni yoqib, uni koʻrinmas yerga qoʻymaydi. Aksincha, kirganlar yorugʻlikni koʻrsin deb, uni chiroqpoyaga qoʻyadi. 34Tananing chirogʻi — koʻz. Agar koʻzingiz yaxshi boʻlsa, butun tanangiz yop–yorugʻ boʻladi. Agarda koʻzingiz yomon boʻlsa, butun tanangiz zimziyo zulmat boʻladi. 35Shuning uchun eʼtibor bering: sizdagi nur zulmat boʻlmasin. 36Agar tanangiz yop–yorugʻ boʻlib, bironta qorongʻi joyi boʻlmasa, chiroqning nuri sizni yoritib turganday, badaningiz tamomila yop–yorugʻ boʻladi.”
Iso farziylarni va Tavrot tafsirchilarini ayblaydi
37Iso bularni gapirib turganda, bir farziy Uni mehmonga taklif qildi. Iso uning uyiga kirib, dasturxon yoniga yonboshladi. 38Iso ovqatdan oldin qoʻllarini yuvmaganini#11:38 qoʻllarini yuvmagani — farziylar ovqatlanishdan oldin qoʻllarining yuvilishiga alohida eʼtibor qaratishardi. Ayniqsa koʻchada, odamlar orasida boʻlib kelgandan keyin, dasturxonga oʻtirishdan oldin urf–odatlarga koʻra qoʻllarini yuvib, oʻzlarini poklab olishardi. farziy koʻrib, ajablandi.
39Rabbimiz Iso unga dedi: “Ey farziylar, sizlar piyolayu idishning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichingiz ochkoʻzlik va yovuzlikka toʻla! 40Hoy befahmlar! Narsaning sirtini yaratgan uning ichini ham yaratgan emasmi?! 41Yaxshisi, idishingiz ichidagini kambagʻallarga xayr–sadaqa qilib beringlar. Shunda hamma narsa siz uchun halol boʻladi.
42Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar yalpiz, zaʼfaron va har xil oshkoʻkdan ushr#11:42 ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang. berasizlar–u, ammo adolat va Xudoning sevgisini pisand qilmaysizlar! Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qoʻymasligingiz kerak edi.
43Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar sinagogalarning toʻrida oʻtirishni va bozorlarda sizlarga salom berishlarini yaxshi koʻrasizlar. 44Holingizga voy!#11:44 Holingizga voy! — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar belgisi yoʻq qabrlarga oʻxshaysizlar. Odamlar bilmay turib oʻsha qabrlar#11:44 Sizlar belgisi yoʻq qabrlarga oʻxshaysizlar…oʻsha qabrlar… — yahudiylar qabrlarni harom deb bilishardi, shuning uchun qabrga tegib ketgan odam ham harom boʻlardi (Sahroda 19:16 ga qarang). Farziylar tashqi tozalik, diniy poklikka rioya qilib, haqiqiy solihlikka eʼtiborsiz boʻlganlari uchun Xudoning nazarida nopok edilar. Ularning urf–odatlari nafaqat oʻzlarini, balki ularning urf–odatlariga rioya qilgan hamma odamni bulgʻar edi. ustidan bosib oʻtadilar.”
45Tavrot tafsirchilaridan biri Isoga dedi: “Ustoz, bu soʻzlaringiz bilan bizni haqorat qildingiz!”
46Iso esa dedi: “Ey tafsirchilar, sizlarning ham holingizga voy! Sizlar koʻtarib boʻlmaydigan ogʻir yukni odamlarga yuklaysizlar–u, ularga yordam bergani oʻzlaringiz hatto barmogʻingizni ham qimirlatmaysizlar. 47Holingizga voy! Sizlar ota–bobolaringiz oʻldirgan paygʻambarlarga maqbaralar quryapsizlar. 48Shu tariqa ota–bobolaringizning qilmishlarini maʼqullaganingizni tasdiqlayapsizlar. Ular paygʻambarlarni oʻldirishgan boʻlsa, sizlar paygʻambarlarga maqbaralar quryapsizlar! 49Shuning uchun ham Xudo Oʻz hikmatlarida shunday degan: «Men ularga paygʻambarlar va havoriylar yuboraman. Ulardan baʼzilarini oʻldiradilar, baʼzilarini esa quvgʻin qiladilar.»
50Dunyo yaratilgandan beri hamma paygʻambarlarning toʻkilgan qoni uchun bu nasl jazolanadi. 51Ular Hobilning toʻkilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Maʼbad orasida oʻldirilgan Zakariyoning#11:51 …Hobil…Zakariyo… — Eski Ahdda bayon qilingan voqealarga koʻra, birinchi oʻldirilgan inson — Hobil, oxirgi oʻldirilgan inson esa Zakariyo edi (Ibtido 4:8, 2 Solnomalar 24:20-22 ga qarang). qonigacha javob berishadi. Ha, sizlarga aytib qoʻyay, bu nasl hamma qotilliklar uchun javobgar boʻladi.
52Holingizga voy, ey tafsirchilar! Sizlar ilmu maʼrifat kalitini tortib oldingizlar. Ammo oʻzlaringiz kirmadingizlar, kirmoqchi boʻlganlarning ham yoʻllarini toʻsdingizlar.”
53Iso u yerdan chiqishi bilanoq#11:53 Iso u yerdan chiqishi bilanoq… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Iso bularni endi aytib tugatar ekan., tafsirchilar va farziylar Uni qattiq siquvga oldilar, koʻp savollarga javob berishga majburladilar. 54Ular Isoni tilidan ilintirib olish uchun fursat poylardilar.

Currently Selected:

Luqo 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in