Luqo 9
9
9–BOB
Iso oʻn ikki havoriyni xizmatga yuboradi
1Iso oʻn ikki havoriyni yoniga chaqirib, ularga hamma jinlarni quvib chiqarish va kasalliklarni davolash qudrati va hokimiyatini berdi. 2Iso ularni Xudoning Shohligini eʼlon qilishga va xastalarni shifolashga yuborar ekan, 3shunday dedi: “Yoʻlga hech narsa olmanglar: hassa ham, toʻrva ham, non, pul, hatto qoʻshimcha kiyim ham olmanglar. 4Qaysi uyga kirsangizlar, oʻsha shahardan ketguningizcha shu uyda qolinglar. 5Agar biror shaharda sizni qabul qilmasalar, u yerdan chiqayotganingizda ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar#9:5 …ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga oʻxshash harakatni ishlatgan (Havoriylar 18:6 ga qarang). Bu harakat oʻsha odamlarning ayanchli qismatini, yaʼni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi..”
6Havoriylar ketdilar. Qishloqma–qishloq yurib, hamma yoqda Xushxabarni eʼlon qildilar, xastalarga shifo berdilar.
Hirod sarosimaga tushadi
7Viloyat hukmdori#9:7 Viloyat hukmdori — yunoncha matnda Tetrarx. 3:1 ning oxirgi izohiga qarang. Hirod#9:7 Hirod — 3:1 ga va oʻsha oyatning toʻrtinchi izohiga qarang. sodir boʻlayotgan ajoyibotlar haqida eshitib, esankirab qoldi. Chunki baʼzilar: “Yahyo tirilib kelibdi”, desalar, 8boshqalar: “Ilyos paygʻambar#9:8 Ilyos paygʻambar — Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk paygʻambarlardan biri. Yahudiylar Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang). zohir boʻlibdi”, der edilar. Yana boshqalar boʻlsa: “Qadimgi paygʻambarlardan boshqa biri tirilib kelibdi”, deyishardi. 9Hirod: “Men Yahyoning boshini oldirgan edim, ammo menga aytishayotgan bu Odam kim boʻldi ekan?” deb Isoni koʻrgisi keldi.
Iso 5000 kishini toʻydiradi
10Havoriylar qaytib keldilar#9:10 Havoriylar qaytib keldilar… — shu bobning 6–oyatiga qarang. va qilgan hamma ishlarini Isoga aytib berdilar. Iso faqatgina havoriylari bilan vaqt oʻtkazmoqchi boʻlib, ularni Baytsayda shahriga#9:10 Baytsayda shahri — bu oʻrinda koʻlning shimoli–sharq tomonidagi shaharga yoki koʻlning shimoli–gʻarb tomonida joylashgan, Jaliladagi Baytsayda degan shaharga ishora qilinayotgan boʻlishi mumkin (Yuhanno 12:21 ga qarang). Anʼanaga koʻra, Iso bir necha ming kishini toʻydirgan joy Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi. olib ketdi#9:10 …ularni Baytsayda shahriga olib ketdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ularni Baytsayda shahri yaqinidagi xilvat joyga olib ketdi.. 11Olomon esa bu haqda xabar topib, Uning orqasidan ergashdi. Iso olomonni yaxshi kutib oldi, ularga Xudoning Shohligi toʻgʻrisida gapirdi, shifoga muhtojlarni shifoladi.
12Kun botib, kech kira boshladi. Oʻn ikki havoriy Isoning oldiga kelib dedilar:
— Odamlarni joʻnatib yuboring, toki ular atrofdagi qishloqlarga, ovullarga borib, oʻzlariga tunash uchun joy va yegulik topsinlar. Axir, biz kimsasiz joydamiz.
13— Sizlar ularga ovqat beringlar! — dedi Iso.
— Beshta non va ikkita baliqdan boshqa hech narsamiz yoʻq–ku! — deya javob berdi shogirdlar. — Nima, biz borib, shuncha odamga ovqat sotib olaylikmi?!
14Olomon orasida taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi. Iso shogirdlariga dedi:
— Odamlarni ellikta–ellikta qilib oʻtqazinglar.
15Shogirdlar aytilganday qilib, hammani yerga oʻtqazdilar. 16Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi, osmonga qarab shukrona duosini oʻqidi. Soʻng bularni sindirib, xalqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. 17Hamma yeb toʻydi. Ortib qolgan burdalarni yigʻib olishganda, oʻn ikki savat chiqdi.
Butrus Isoning Masih ekanini tan oladi
18Bir kuni Iso yolgʻiz Oʻzi ibodat qilayotganda, shogirdlari kelib qolishdi. Iso ulardan:
— Xalq Meni kim deb biladi? — deya soʻradi. 19Ular shunday javob berdilar:
— Baʼzilar Sizni Yahyo choʻmdiruvchi deb hisoblaydilar, baʼzilar Ilyos#9:19 …Yahyo choʻmdiruvchi…Ilyos… — shu bobning 7-8–oyatlariga va 8–oyatning izohiga qarang., boshqalari esa, qadimgi paygʻambarlardan biri tirilib kelgan, deb aytib yuribdilar.
20— Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz? — deb soʻradi Iso.
— Siz Xudo yuborgan Masihsiz!#9:20 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang. — deb javob berdi Butrus.
Iso Oʻz oʻlimi toʻgʻrisida gapiradi
21Iso shogirdlariga: “Bularni hech kimga aytmanglar, — deb qatʼiy ogohlantirib gapirdi. 22— Inson Oʻgʻli koʻp azob chekadi. Yoʻlboshchilar, bosh ruhoniylar#9:22 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa eʼtiborli odamlari qatorida Oliy kengash aʼzolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang. va Tavrot tafsirchilari tomonidan rad qilinib, oʻldiriladi. Uchinchi kuni esa tiriladi.”
23Soʻng hammaga dedi: “Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va har kuni oʻz xochini koʻtarib#9:23 …oʻz xochini koʻtarib… — Rim imperiyasi davrida oʻlim jazosining bir turi mahkumni xochga mixlash edi. Bu jazo hammaga maʼlum boʻlgan. Odatda jinoyatchi oʻzi mixlanadigan xochning koʻndalang yogʻochini hukm ijro etiladigan joyga koʻtarib olib borar edi (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XOCH soʻziga qarang). Iso Masih mana shu timsol orqali shogirdlarini hamda Unga ishonganlarni oʻz manfaatlarini koʻzlamasdan, Unga butunlay oʻzlarini bagʻishlab va itoat qilib hayot kechirishga, hattoki U uchun oʻlimga ham rozi boʻlishga daʼvat etadi., ortimdan yursin. 24Kim oʻz jonini asrab qolmoqchi boʻlsa, uni yoʻqotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi. 25Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, biroq oʻz hayotiga oʻzi zomin boʻlsa, bundan unga nima foyda?! 26Mendan va Mening soʻzlarimdan uyalmanglar! Aks holda, Inson Oʻgʻli Oʻzining, samoviy Otasining va muqaddas farishtalarning ulugʻvorligida kelganda, U ham sizlardan uyaladi. 27Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan baʼzilari Xudoning Shohligini koʻrmaguncha, oʻlmaydilar.”
Isoning qiyofasi oʻzgaradi
28Iso bu gaplarni aytgandan keyin oradan sakkiz kun oʻtdi. U Butrusni, Yuhanno bilan Yoqubni olib, ibodat qilgani toqqa chiqdi. 29Ibodat paytida Isoning yuzi oʻzgardi, kiyimlari ham koʻzni qamashtiradigan darajada oppoq boʻlib qoldi. 30-31Birdaniga Isoning oldida ikki odam paydo boʻldi, ularning butun borligʻi nur taratib turardi. Bu ikki odam Muso va Ilyos boʻlib, Iso bilan gaplashayotgan edilar. Ular Isoning tez orada Quddusga borishi va u yerda Xudoning rejasini amalga oshirib, olamdan oʻtishi#9:30-31 …olamdan oʻtishi… — yunoncha matnda chiqishi, Isoning oʻlimi va tirilishiga ishora qiladigan soʻz. Bu soʻz Eski Ahdda bayon qilingan voqeani, yaʼni Xudo Oʻz xalqini Misrdan olib “chiqish”ini eslatish maqsadida qoʻllanilgan boʻlishi mumkin. Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilgan edi, Isoning oʻlimi va tirilishi orqali esa U tez orada insoniyatni buyuk najotga erishtiradi. toʻgʻrisida suhbatlashayotgan edilar.
32Butrus va u bilan birga boʻlganlar qattiq uyquga ketgan edilar. Ular birdan uygʻonib, Isoning ulugʻvorligini va Uning yonida turgan ikki odamni koʻrdilar. 33Bu ikki odam ketmoqchi boʻlib turganda Butrus Isoga dedi:
— Ustoz, yaxshi ham shu yerda ekanmiz! Keling, uchta chayla yasaylik, bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
Ammo u nima deb aytayotganini oʻzi ham bilmas edi.
34U shu gapini tugatmagan ham ediki, bulut paydo boʻlib, hammalariga soya soldi. Bulut ostida qolgan shogirdlar qoʻrqib ketdilar. 35Bulut orasidan esa shunday ovoz eshitildi:
— Bu Mening Oʻgʻlimdir, Men Uni tanladim#9:35 Bu Mening Oʻgʻlimdir, Men Uni tanladim — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir.. Unga quloq solinglar!
36Ovoz tingandan keyin, shogirdlar Isoning u yerda yolgʻiz qolganini koʻrdilar. Shogirdlar koʻrganlarini sir saqlab, oʻsha kunlarda hech kimga aytmadilar.
Jinga chalingan bolaga Iso shifo beradi
37Ertasi kuni Iso va Uning uch shogirdi togʻdan tushdilar. Isoni katta olomon kutib oldi. 38Toʻsatdan olomon orasidan bir odam baqirib qoldi:
— Ustoz! Yolvoraman, oʻgʻlimni koʻrib qoʻying! U mening yakkayu yagona oʻgʻlim! 39Baʼzan uni jin tutib turadi. Shunda oʻgʻlim birdaniga baqirib qoladi. Ogʻzidan koʻpik chiqquncha, jin uni dagʻ–dagʻ qaltiratadi. Bolani oʻlguday charchatib, azob beradi. 40Men shogirdlaringizga, jinni quvib chiqaringlar, deb yolvordim, ammo ular eplay olmadilar.
41Iso shunday javob berdi:
— Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga boʻlishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Oʻgʻlingni bu yerga olib kel!
42Bola yaqinlashayotganda, jin uni yerga agʻnatib, qaltirata boshladi. Lekin Iso yovuz ruhga doʻq urib, bolaga shifo berdi. Soʻng uni otasiga topshirdi. 43Hamma Xudoning qudratiga hayron qoldi.
Iso yana Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
Odamlar Isoning qilayotgan ishlaridan hayratlanayotgan edilar. Shunda Iso Oʻz shogirdlariga dedi: 44“Sizlar bu soʻzlarimni quloqlaringizga quyib olinglar! Inson Oʻgʻli odamlar qoʻliga tutib beriladi.” 45Ammo shogirdlar bu soʻzlarni tushunmadilar. Bu soʻzlarning maʼnosi ular uchun qorongʻi boʻlib, uni anglamadilar. “Bu nima deganingiz?” deb Isodan soʻrashga ham botina olmadilar.
Kim katta?
46Shogirdlar oʻrtasida: “Oramizda eng katta kim?” degan bahs boʻldi. 47Ularning bu oʻy–xayollarini bilgan Iso bir bolani olib Oʻzining yoniga turgʻizdi–da, 48ularga dedi:
— Kim bu bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan boʻladi. Kim Meni qabul qilsa, Meni Yuborganni qabul qilgan boʻladi. Oralaringizdagi eng kichigingiz aslida eng kattangizdir.
Sizga qarshi boʻlmagan — sizning tomoningizda
49Shunda Yuhanno dedi:
— Ustoz! Biz bir odamni koʻrdik. U Sizning nomingiz bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekan. U biz bilan yurmagani sababli, unga bunday qilishni man etdik.
50— Man etmang! — dedi Iso. — Kimki sizlarga qarshi boʻlmasa, u siz tomonda.
Samariyaliklar Isoni rad qilishadi
51Isoning osmonga koʻtariladigan kuni yaqinlashib kelarkan, U Quddusga borishga qaror qildi. 52Oʻzidan oldin xabarchilarni yubordi. Ular Isoning kelishiga hozirlik koʻrish uchun Samariyaning bir qishlogʻiga kirdilar. 53Ammo Samariyaliklar#9:53 Samariyaliklar — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga dushman boʻlib kelganlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. Isoni qabul qilmadilar, chunki U Quddusga ketayotgan edi. 54Uning shogirdlari Yoqub bilan Yuhanno bu vaziyatni koʻrib, shunday dedilar:
— Hazrat, istasangiz, biz: “Osmondan olov tushsin! Bularni yoʻq qilib yuborsin!” — deb buyuramiz#9:54 …deb buyuramiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida deb Ilyos paygʻambar qilganiday buyuramiz.. 55Iso esa oʻgirilib qaradi–da, ularni koyidi. 56Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar#9:55-56 …ularni koyidi. 56 Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ularni koyib dedi: “Sizlar qanday ruhda borayotganingizni bilmaysizlar. 56 Inson Oʻgʻli inson jonini halok qilish uchun emas, xalos qilish uchun kelgan.” Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar..
Isoga ergashish shartlari
57Yoʻlda ketayotganlarida, bir odam Isoga:
— Qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman, — dedi. 58Iso oʻsha odamga shunday dedi:
— Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson Oʻgʻlining esa bosh qoʻyadigan joyi yoʻq.
59Boshqa bir odamga Iso:
— Ortimdan yur! — dedi. Lekin u:
— Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi. 60Iso esa oʻsha odamga aytdi:
— Marhumlarni ruhan oʻlik boʻlganlar#9:60 ruhan oʻlik boʻlganlar — yunoncha matnda oʻlik boʻlganlar. dafn qilsinlar, sen esa borib, Xudoning Shohligini eʼlon qilgin.
61Yana boshqa biri aytdi:
— Hazrat, men Sizga ergashaman. Faqat oldin borib uydagilar bilan xayrlashishimga ijozat bering.
62Lekin Iso unga dedi:
— Omochni tutib, ortiga qaragan bironta odam Xudoning Shohligiga loyiq emas.
Currently Selected:
Luqo 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020