YouVersion Logo
Search Icon

Yoshua 20

20
20–BOB
Panoh shaharlar
1Egamiz bir kuni Yoshuaga shunday deb aytdi:
2— Isroil xalqiga shu gaplarni yetkazgin: “Muso orqali sizlarga buyurganimday#20:2 Muso orqali sizlarga buyurganimday… — Sahroda 35:9-34, Qonunlar 19:1-13 ga qarang., panoh shaharlarni tayinlanglar. 3Mabodo, birortasi bexosdan odam oʻldirib qoʻysa, qochib oʻsha shaharlardan biriga borsin. Qotil oʻsha shaharlarning birida panoh topib, marhumning qasos olmoqchi boʻlgan qarindoshlaridan#20:3 marhumning qasos olmoqchi boʻlgan qarindoshlari — Sahroda 35:16-28 ga qarang. omon qoladi. 4Shaharga yetib borgandan keyin, qotil shahar darvozasi oldida#20:4 …shahar darvozasi oldida… — qadimgi paytlarda oqsoqollar va obroʻli odamlar shahar darvozasi oldida yigʻilib, hakamlik vazifasini bajarardilar. U yerda turli masalalarni koʻrib chiqib, hal qilardilar. oʻtirgan shahar oqsoqollariga oʻz vaziyatini tushuntirsin. Shunda uni shaharga olib kirib, uy–joy berishadi. 5Qasoskor qotilning orqasidan quvib kelsa, qotil qasoskorga berilmasin. Axir, qotil odamni bexosdan oʻldirib qoʻygan, ularning orasida hech qanday adovat yoʻq edi. 6Jamoa yigʻilib, qotilni hukm qilmaguncha, oʻsha odam panoh shaharda qolishi lozim. Qotil aybsiz deb topilgandan keyin#20:6 Qotil aybsiz deb topilgandan keyin… — agar odam qotillikda aybdor deb topilsa, panoh shaharning aholisi qotilni jabr koʻrgan qarindoshlarning qoʻliga topshirib, uni oʻldirib yuborishlariga yoʻl qoʻyib berishlari kerak edi (Qonunlar 19:11-13 ga qarang). esa oʻsha paytda xizmat qilayotgan oliy ruhoniyning oʻlimiga qadar, panoh shaharda yashashi kerak. Oliy ruhoniyning oʻlimidan keyingina u oʻzi qochib kelgan joyga qaytib borishi mumkin.”
7Iordan daryosining gʻarb tomonida Isroil xalqi panoh shaharlar qilib quyidagi shaharlarni tayinladi: Naftali qabilasiga tegishli qirlarda joylashgan Jaliladagi Kedesh shahri, Efrayim qabilasiga tegishli qirlardagi Shakam shahri, Yahudo qabilasiga tegishli qirlardagi Xirat–Arba, yaʼni Xevron shahri. 8Iordan daryosining sharqida, Yerixo shahrining qarshi tomonida esa Isroil xalqi quyidagi shaharlarni panoh shaharlar qilib ajratdi: yassi tepalik sahrosida joylashgan, Ruben qabilasiga tegishli boʻlgan Bazer shahri, Gad qabilasiga tegishli Giladdagi Ramoʻt shahri, Manashe qabilasiga tegishli Bashandagi Goʻlon shahri. 9Mana shu shaharlar Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan begonalar uchun ajratildi. Agar birortasi bexosdan odam oʻldirib qoʻysa, oʻsha panoh shaharlardan biriga qochib boradi. Shunday qilib, jamoa adolatli hukm chiqarmaguncha, odam oʻldirgan kishi panoh shaharda xavf–xatarsiz boʻlib, uni quvib kelgan qasoskor qoʻlida halok boʻlmaydi.

Currently Selected:

Yoshua 20: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in