Yoshua 19
19
19–BOB
Shimoʻn qabilasining ulushi
1Qurʼa boʻyicha#19:1 Qurʼa boʻyicha… — 14:2 izohiga qarang. ikkinchi boʻlib Shimoʻn qabilasi ulush oldi. Shimoʻn qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning atrofi Yahudo qabilasining hududi bilan oʻralgan edi. 2Shimoʻn qabilasiga: Bersheba (yaʼni Sheba)#19:2 …Bersheba (yaʼni Sheba)… — ibroniycha matnda …Bersheba, Sheba…. Shu bobning 6–oyatida berilgan maʼlumotga koʻra, hammasi boʻlib 13 shahar qayd etilgan (yana 1 Solnomalar 4:28-30 ga qarang). Shunga binoan, Sheba — Bershebaning qisqa shakli boʻlishi mumkin., Moʻlodax, 3Xazor–Shuvol, Bala, Ezam, 4Eltoʻlad, Batul, Xoʻrmax, 5Zixlax, Bayt–Markobot, Xazor–Susa, 6Bayt–Laboyoʻt va Shoruxan — hammasi boʻlib oʻn uchta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar berildi.
7Quyidagi shaharlar ham Shimoʻn qabilasiga tegishli edi: Oyin, Rimmon, Eter va Oshon — toʻrtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. 8Shimoʻn qabilasining hududi yana janubdagi Baalat–Berni, yaʼni Nagav choʻlidagi#19:8 Nagav choʻli — 10:40 izohiga qarang. Ramagacha boʻlgan yerlardagi barcha shaharlarni va ularning atrofidagi qishloqlarni oʻz ichiga olar edi. 9Yoshua Yahudo qabilasiga bergan ulush ular uchun keragidan ham ortiq edi. Shuning uchun ularning hududidan bir boʻlagini olib, Shimoʻn qabilasiga ulush qilib berdi.
Zabulun qabilasining ulushi
10Qurʼa boʻyicha uchinchi boʻlib Zabulun qabilasi ulush oldi. Ularga tekkan hududning chegarasi Sorid shahridan boshlanib, 11gʻarb tomonga boradi va Maralo shahridan oʻtadi. Keyin Dabbeshet shahrining yonidan oʻtib, Yoxnayom shahrining sharqidagi soylikkacha yetadi. 12Sorid shahrining sharq tomonidan chegara Xisloʻt–Tovur shahrining chegarasigacha choʻziladi. Keyin Dovarat shahrigacha borib, Yofiya shahrigacha davom etadi. 13Chegara yana sharq tomonga davom etib, Gat–Xafer va Et–Kozin shaharlarigacha boradi. Keyin chegara Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi#19:13 …Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi — yoki …Rimmon, Mifoʻvar va Niyox shaharlarigacha boradi.. 14Hududning shimoliy chegarasi Xannaton shahridan oʻtib, Yiftox–El soyligida tugaydi. 15Zabulun qabilasining hududida hammasi boʻlib oʻn ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar bor edi. Kattot, Nahalil, Shimron, Yidalo va Baytlahm#19:15 Baytlahm — Quddusdan janubdagi mashhur Baytlahmdan boshqa shahar. Mazkur oyatdagi Baytlahm Isroilning shimolida joylashgan. oʻsha shaharlardan baʼzilari edi.
16Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarning hammasini Zabulun qabilasi ulush qilib oldi.
Issaxor qabilasining ulushi
17Qurʼa boʻyicha toʻrtinchi boʻlib Issaxor qabilasi ulush oldi. 18Bu qabilaga ulush qilib berilgan yerlarda quyidagi shaharlar bor edi: Yizril, Xasulloʻt, Shunam, 19Xaforayim, Shiyon, Anaxarat, 20Rabbit, Xishion, Avaz, 21Remot, En–Xannim, En–Xaddax, Bayt–Pazez. 22Shimoldagi bu hududning chegarasi Tovur togʻidan boshlanib, Iordan daryosida tugaydi. Tovur#19:22 Tovur togʻidan boshlanib…Tovur — ibroniycha matnda Tovur soʻzi bir marta ishlatilgan. Lekin bu oyatda Tovur soʻzi ham toqqa, ham togʻ etagidagi shaharga nisbatan ishlatilgan boʻlishi mumkin. Tovur togʻi Issaxor hududining shimoliy chegarasidagi bir joy edi., Shaxazimo va Bayt–Shamash#19:22 Bayt–Shamash — shu bobning 38–oyatida hamda 15:10 da aytib oʻtilgan Bayt–Shamashdan boshqa shahar. shaharlari ham mana shu hududga kirar edi — hammasi boʻlib oʻn oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
23Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni Issaxor qabilasi ulush qilib oldi.
Osher qabilasining ulushi
24Qurʼa boʻyicha beshinchi boʻlib Osher qabilasi ulush oldi. 25Ularning hududi quyidagi shaharlarni oʻz ichiga olar edi: Xalkat, Xaliy, Beten, Axshof, 26Alammalek, Emod va Mishol. Hududning janubiy chegarasi Oʻrta yer dengizidan boshlanib, Karmil qirlarining etaklaridagi Shixor–Libnat soyligi boʻylab choʻziladi. 27U yerdan chegara sharq tomonga burilib, Bayt–Doʻgʻon shahrigacha boradi va Yiftox–El vodiysidagi Zabulun qabilasi hududining chegarasi bilan tutashadi. Keyin sharqiy chegara shimol tomonga burilib, Bayt–Emix va Nabiyol shahrigacha boradi. Hududning chegarasi Kavul, 28Abdoʻn#19:28 Abdoʻn — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Ebron. Uning Abdoʻn degan shakli 21:30 dan olingan., Rexob, Xammon, Kanax shaharlaridan oʻtib, Buyuk Sidon shahrigacha yetadi 29va bu yerdan gʻarbga buriladi. Shu yerdan shimoliy chegara boshlanib, Ramaga#19:29 Rama — mazkur oyatdagi Rama shahri shu bobning 36–oyatida va 18:25 da Rama deb nomlangan ikki shahardan boshqa shahar. boradi–da, mustahkam Tir shahrigacha yetadi. Keyin chegara Xoʻsax shahri tomon burilib, Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi. Osher qabilasining hududi quyidagi shaharlarni ham oʻz ichiga olar edi: Maxalav, Axsib#19:29 Maxalav, Axsib — ibroniycha matnda bu soʻzlarning maʼnosi bahsli. Koʻp olimlarning sharhlashicha, bu soʻzlar ikki shaharning nomlari boʻlgan., 30Ummo#19:30 Ummo — Hakamlar 1:31 da aytib oʻtilgan Akkoʻ shahrining yana bir nomi boʻlishi mumkin., Ofoq va Rexob — hammasi boʻlib yigirma ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
31Mana shu yerlarning hammasini Osher qabilasi ulush qilib oldi.
Naftali qabilasining ulushi
32Qurʼa boʻyicha oltinchi boʻlib Naftali qabilasi ulush oldi. 33Naftali qabilasi hududining janubiy chegarasi Xalef shahridan Zananim shahri yonidagi eman daraxti yonigacha boradi. U yerdan chegara Adamiy–Naxab, Yobnail va Laxum shaharlarigacha davom etib, Iordan daryosida tugaydi. 34Hududning gʻarbiy chegarasi Oznoʻt–Tovur shahridan oʻtib, Huqqoq shahrigacha boradi. Naftali qabilasining hududi janub tomonda Zabulun qabilasining hududi bilan chegaradosh, gʻarb tomonda Osher qabilasining hududi bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasi esa Iordan daryosidir#19:34 Iordan daryosi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Iordan daryosi boʻyidagi Yahudo. Biroq Yahudo hududi Isroilning janubida, Naftali hududidan ancha uzoqda joylashgan edi. Ibroniycha matndagi Yahudo soʻzi Isroilning shimolida, Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan shaharni bildirgan boʻlsa kerak.. 35Naftali qabilasining hududidagi mustahkam shaharlar quyidagilardir: Ziddim, Zer, Xammat, Raxat, Keneret, 36Adamax, Rama#19:36 Rama — mazkur oyatdagi Rama shahri shu bobning 29–oyatida va 18:25 da Rama deb nomlangan ikki shahardan boshqa shahar., Xazor, 37Kedesh, Edrey, En–Xazor, 38Iroʻn, Migdal–El, Xorem, Bayt–Onot va Bayt–Shamash#19:38 Bayt–Shamash — shu bobning 22–oyatida hamda 15:10 da aytib oʻtilgan Bayt–Shamashdan boshqa shahar. — hammasi boʻlib oʻn toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
39Naftali qabilasi mana shu yerlarni ulush qilib oldi.
Dan qabilasining ulushi
40Qurʼa boʻyicha yettinchi boʻlib Dan qabilasi ulush oldi. 41Ularning hududi quyidagi shaharlardan iborat edi: Zorox, Eshtoyoʻl, Ir–Shamash, 42Shalabbin, Oyjavlon, Yitla, 43Eloʻn, Timnax, Exron, 44Eltaxa, Gibiton, Baalat, 45Yohud, Bani–Baraq, Gat–Rimmon, 46Mejarkon, Raxxoʻn va Yaffaning qarshisidagi joylar.
47-48Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar Dan qabilasining ulushi edi. Ammo keyinchalik dushmanlar kelib, bu yerlarni bosib oldilar. Shunda Dan qabilasi shimol tomonga borib, Layish#19:47-48 Layish — ibroniycha matnda Lashem, Layishning yana bir nomi. shahriga hujum qildi#19:47-48 …Layish shahriga hujum qildi — Hakamlar 18–bobga qarang.. Ular shaharni qoʻlga kiritib, butun shahar aholisini qirib tashladilar. Oʻzlari esa shu shaharda joylashib, uni oʻz bobosi Dan sharafiga Dan deb atadilar.
Yoshuaning ulushi
49Barcha yerlar Isroil qabilalariga boʻlib berilgandan keyin, Isroil xalqi Yoshuaga ham ulush berdi. 50Egamiz Isroil xalqiga, Yoshua xohlagan shaharni unga beringlar, deb amr qilgan edi. Yoshua Efrayim qirlaridagi Timnat–Serax shahrini soʻradi. Isroil xalqi oʻsha shaharni Yoshuaga berdi. Yoshua u shaharni qaytadan qurib, oʻsha yerda joylashdi.
51Mana shu yerlarning hammasini ruhoniy Elazar#19:51 Elazar — 14:1 izohiga qarang., Nun oʻgʻli Yoshua va qabilalar boshliqlari Isroil qabilalariga ulush qilib berdilar. Ular bu ishlarni Shiloʻdagi#19:51 Shiloʻ — 18:1 izohiga qarang. Uchrashuv chodiriga kiraverishda, Egamizning huzurida qurʼa tashlab#19:51 …Egamizning huzurida qurʼa tashlab… — 14:2 izohiga qarang. amalga oshirdilar. Xullas, butun yurtni boʻlib olish ham oʻz nihoyasiga yetdi.
Currently Selected:
Yoshua 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
![None](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fimageproxy.youversionapi.com%2F58%2Fhttps%3A%2F%2Fweb-assets.youversion.com%2Fapp-icons%2Fen.png&w=128&q=75)
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020