YouVersion Logo
Search Icon

Yoshua 21

21
21–BOB
Levi qabilasiga berilgan shaharlar
1Levi qabilasi urugʻboshilari kelib, ruhoniy Elazar#21:1 Elazar — 14:1 izohiga qarang., Nun oʻgʻli Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi. 2Isroil xalqi hali ham Kanʼon yurtidagi Shiloʻ shahrida#21:2 Shiloʻ shahri — 18:1 izohiga qarang. edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qoʻy–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ber, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi#21:2 …Egamiz Musoga amr qilgan edi — Sahroda 35:1-8 ga qarang..” 3Isroil xalqi Egamizning oʻsha amri boʻyicha, oʻzlarining yerlaridan Levi qabilasiga baʼzi shaharlarni va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.
4Qurʼa#21:4 Qurʼa — 14:2 izohiga qarang. birinchi boʻlib, Levi qabilasining Qohot#21:4 Qohot — Qohot, Gershon (shu bobning 6–oyatiga qarang) va Marori (shu bobning 7–oyatiga qarang) Levining oʻgʻillari edi (Chiqish 6:16 ga qarang). urugʻiga tushdi. Qohot urugʻidan boʻlgan Horun#21:4 Horun — Qohotning nevarasi (Chiqish 6:18-20 ga qarang). nasliga Yahudo, Shimoʻn va Benyamin qabilalariga qarashli oʻn uchta shahar berildi.
5Yana qurʼa boʻyicha Qohot urugʻining qolgan oilalariga Iordan daryosining gʻarbidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan, Efrayim va Dan qabilalari hududidan oʻnta shahar berildi.
6Qurʼa tashlanib, Gershon urugʻidan boʻlganlarga Iordan daryosining sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli Bashandagi hududdan, Issaxor, Osher va Naftali qabilalari hududidan oʻn uchta shahar berildi.
7Qurʼa boʻyicha Marori urugʻiga Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududidan oʻn ikkita shahar berildi.
8Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amriga koʻra, qurʼa tashlab mana shu shaharlarni va ularning yaylovlarini Levi qabilasiga berdi.
9-10Quyida aytib oʻtilgan, Yahudo va Shimoʻn qabilalari hududlaridagi shaharlarni Isroil xalqi qurʼa boʻyicha, birinchi boʻlib Horunning nasli boʻlgan Qohot urugʻiga berdi. 11Ularga Yahudo qirlaridagi Xirat–Arba#21:11 Xirat–Arba — ibroniychadagi maʼnosi Arba shahri., yaʼni Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar berildi. Arba Onoq avlodining#21:11 Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang. bobokaloni edi. 12Ammo Xirat–Arba yonidagi dalalar va atrofidagi qishloqlar Yafunax oʻgʻli Xolibga mulk qilib berilgan edi#21:12 …Xolibga mulk qilib berilgan edi — 14:6-14 ga qarang..
13Panoh shaharlaridan biri boʻlgan Xevrondan tashqari ruhoniy Horun nasliga yana quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Libna, 14Yatir, Eshtamoʻva, 15Xoʻlun, Davir, 16Oyin, Yutto va Bayt–Shamash — hammasi boʻlib Yahudo va Shimoʻn qabilalarining hududlaridagi mana shu toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar. 17Benyamin qabilasining hududidan esa quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Givon, Gebo, 18Onotoʻt, Elmoʻn. 19Mana shu oʻn uchta shahar Horun naslidan boʻlgan ruhoniylarga berildi.
20Qohot urugʻining qolgan oilalariga Efrayim qabilasi hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ajratib berildi: 21Efrayim qirlaridagi panoh shahri boʻlgan Shakam, Gezer, 22Xivzayim, Bayt–Xoʻron. 23Dan qabilasining hududidan quyidagi toʻrt shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham ruhoniylarga berildi: Eltaxa, Gibiton, 24Oyjavlon, Gat–Rimmon. 25Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan quyidagi ikkita shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ruhoniylarga berildi: Tanax, Bilom#21:25 Bilom — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Gat–Rimmon. Uning Bilom degan shakli 1 Solnomalar 6:70 dan olingan.. 26Qohot urugʻining qolgan oilalariga mana shu oʻnta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi.
27Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan Levi qabilasining Gershon urugʻiga quyidagi ikki shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Beshtara shahri va Bashandagi panoh shahar Goʻlon. 28Issaxor qabilasining hududidan ularga yana quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Xishion, Dovarat, 29Yarmut va En–Xannim. 30Osher qabilasining hududidagi quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Gershon urugʻiga berildi: Mishol, Abdoʻn, 31Xalkat va Rexob. 32Ular yana Naftali qabilasi hududidan quyidagi uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlarni ham oldilar: Xammutdoʻr, Kartan va Jaliladagi panoh shahar Kedesh.
33Gershon urugʻiga mana shu oʻn uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi.
34Levi qabilasining qolganlariga, yaʼni Marori urugʻiga Zabulun qabilasining hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Yoxnayom, Kartax, 35Dimna, Nahalil. 36Ruben qabilasining hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Marori urugʻiga berildi: Bazer, Yaxaz#21:36 Yaxaz — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yaxzo., 37Kadamoʻt, Mifat. 38Gad qabilasining hududidan esa quyidagi toʻrtta shahar va oʻsha shaharlarning atrofidagi yaylovlar ularga berildi: Giladdagi panoh shahar Ramoʻt, Moxanayim, 39Xashbon, Yazir.
40Levi qabilasining Marori urugʻiga mana shu oʻn ikkita shahar berildi.
41Isroil xalqining yerlaridan Levi qabilasiga hammasi boʻlib qirq sakkizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi. 42Mana shu shaharlarning har birining atrofida yaylovlar bor edi.
Isroil xalqi yerga egalik qiladi
43Egamiz Isroil xalqiga butun yurtni berdi. Egamizning Oʻzi Isroil xalqining ota–bobolariga, mana shu yerlarni sizlarga beraman, deb vaʼda qilgan edi. Isroil xalqi u yerlarni egallab, oʻsha yerlarda joylashdi. 44Egamiz ularning ota–bobolariga vaʼda qilganday, butun yurt boʻylab Isroil xalqiga osoyishtalik berdi. Hech bir dushman ularga bas kela olmadi, chunki Egamizning Oʻzi Isroil xalqiga dushmanlarining ustidan gʻalaba bergan edi. 45Egamiz Isroil xalqiga bergan ezgu vaʼdalarning hammasi roʻyobga chiqdi, birortasi ham bajarilmay qolmadi.

Currently Selected:

Yoshua 21: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in