YouVersion Logo
Search Icon

Yoshua 22

22
22–BOB
Yoshua Iordanning sharqidan ulush olgan qabilalarni uylariga qaytarib yuboradi
1Yoshua Iordan daryosining sharq tomonida ulush olgan Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini chaqirib, 2shunday dedi: “Egamizning quli Muso nima amr qilgan boʻlsa, hammasini bajardingiz. Men buyurganlarimning hammasiga itoat qildingiz. 3Yurtni egallashga shuncha uzoq vaqt ketgan boʻlsa ham, siz oʻz birodarlaringizni tark etmadingiz, Egangiz Xudo qoʻygan talablarni bitta qoldirmay bajardingiz. 4Egangiz Xudo Oʻzi vaʼda qilganday, birodarlaringizga tinchlik berdi. Egamizning quli Muso sizlarga Iordanning sharq tomonidan ulush bergandi. Endi oʻsha yerlardagi uylaringizga qaytinglar. 5Egamizning quli Muso sizlarga buyurgan amr va qonunlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Egangiz Xudoni sevinglar, Uning yoʻlidan yurib, amrlarini bajarib, Unga sodiq boʻlinglar, Unga butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan xizmat qilinglar.” 6Yoshua ularni duo qilib, oʻz yerlariga yubordi. Ular oʻz chodirlariga qaytib ketishdi.
7Manashe qabilasining yarmiga Muso Bashan oʻlkasini ulush qilib bergan edi, ikkinchi yarmiga esa Yoshua qolgan Isroil qabilalari bilan birga Iordanning gʻarbidan yer bergan edi. Yoshua duo qilib, ularni oʻz chodirlariga yuborayotganda, 8shunday degan edi: “Oʻz chodirlaringizga koʻp boylik bilan, nihoyatda koʻp mol–qoʻy, kumush, oltin, bronza, temir, koʻp kiyim–kechaklar bilan qaytib ketyapsizlar. Dushmanlaringizdan olgan oʻsha oʻljalarni birodarlaringiz bilan boʻlishib olinglar.” 9Shunday qilib, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi oʻz uylariga qaytib ketishdi. Ularning hududi Iordan daryosining sharqida joylashgan edi. Egamiz Oʻz quli Muso orqali ularga amr qilib: “Mana shu yerlarni egallab olib, shu yerda joylashinglar”, degan edi. Isroil xalqining qolgan qabilalari Kanʼon yurtidagi Shiloʻda#22:9 Shiloʻ — 21:2 oyatga va 18:1 izohiga qarang. qoldi.
Iordan daryosi boʻyidagi qurbongoh
10Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi hali ham Kanʼon yurtida ekanlar, Iordan daryosidan oʻtishdan oldin, daryoning yonidagi Geliloʻt degan joyda juda katta qurbongoh qurishdi. 11Qolgan Isroil xalqiga: “Iordanning sharqidan ulush olgan Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi biz tomonda, Kanʼon yurtining chegarasida, Geliloʻtda qurbongoh quribdi” degan xabar keldi. 12Isroil xalqining jamoasi buni eshitib, Manashe qabilasining yarmi, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish uchun Shiloʻda yigʻildi.
13Ammo avval ular Giladga — Manashe qabilasining yarmi va Ruben, Gad qabilalarining oldiga ruhoniy Elazar#22:13 Elazar — 14:1 izohiga qarang. oʻgʻli Finxazni yuborishdi. 14Iordanning gʻarbidagi qabilalarning har biridan bir kishi — oʻz qabilasining boshligʻi boʻlgan oʻn kishi ham Finxaz bilan birga bordi. 15Ular Iordan daryosidan oʻtib, Giladga bordilar. Oʻsha yerda Finxaz va u bilan kelganlar Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga shunday dedilar:
16— Biz Egamiz jamoasi nomidan gapiryapmiz. Nima uchun Isroil xalqining Xudosiga xiyonat qildingiz? Qanday qilib Egamizdan yuz oʻgirib, Unga qarshi bosh koʻtarib, oʻzingizga qurbongoh qurdingiz?#22:16 Nima uchun…oʻzingizga qurbongoh qurdingiz? — Xudo Muso orqali Isroil xalqiga qurbongoh va sajdaga oid amrlarni bergan edi. Isroil xalqi Kanʼon yurtida oʻrnashgandan soʻng oʻsha amrlarga rioya qilgan holda, hamma qurbonliklarni faqat Xudo belgilagan joyda keltirishi kerak edi (Qonunlar 12:5-14 ga qarang). Oʻsha davrda qurbonliklar keltiriladigan yagona joy Shiloʻda oʻrnatilgan Muqaddas chodir edi (shu bobning 19–oyatiga hamda 18:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). 17Piyor togʻida qilgan gunohimiz#22:17 Piyor togʻida qilgan gunohimiz… — Sahroda 25:1-9 ga qarang. yetmasmidi?! Oʻsha gunoh tufayli Egamizning butun jamoasi boshiga ofat keldi–ku. Biz hali ham oʻsha gunohdan butunlay poklanganimiz yoʻq. 18Sizlar esa yana Egamizdan yuz oʻgiryapsiz?! Sizlar bugun Egamizga qarshi bosh koʻtargan boʻlsangiz, ertaga U butun Isroil jamoasidan gʻazablanadi. 19Yeringiz Egamizga sajda qilishga mos kelmaydigan joy boʻlsa, daryoning narigi tomoniga — Egamizning Muqaddas chodiri tikilgan joyga oʻtib, bizning oramizda oʻzingizga biror yerni mulk qilib olinglar. Ammo Egamiz Xudoning qurbongohidan tashqari yana boshqa qurbongoh qurib olib, Egamizga yoki bizga qarshi bosh koʻtarmanglar#22:19 …Egamizga yoki bizga qarshi bosh koʻtarmanglar — yoki …Egamizga qarshi bosh koʻtarib, bizni ham isyonkor qilib qoʻymanglar. Isroil xalqining bir qismi Egamizga qarshi bosh koʻtarganda, butun xalq jazoga tortilardi (shu bobning 18, 20–oyatlariga qarang).. 20Zerax oʻgʻli Oxun Egamizga xiyonat qilib#22:20 …Oxun Egamizga xiyonat qilib… — 7:1-26 ga qarang., bagʻishlangan narsalardan#22:20 bagʻishlangan narsalar — 6:17-20 oyatlarga va 6:16 izohiga qarang. oʻgʻirlagan edi. Shu tufayli butun Isroil xalqining boshiga kulfat tushdi–ku! Oʻsha gunoh dastidan yolgʻiz uning oʻzi halok boʻlmadi–ku!
21Shunda Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Isroil qabilalarining boshliqlariga shunday javob berishdi:
22— Xudolar Xudosi Egamizdir! Xudolar Xudosi Egamizdir! Uning Oʻzi guvohimiz boʻlsin. Egamizning Oʻzi biladi. Butun Isroil xalqi ham bilsin. Biz qurbongohni Egamizga qarshi bosh koʻtarib yoki Unga xiyonat qilib qurganimiz yoʻq. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan boʻlsak, endi bizni ayamanglar. 23Biz bu qurbongohni Egamizdan yuz oʻgirganimiz uchun emas, hatto shu qurbongoh ustida kuydiriladigan qurbonliklaru don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirish uchun ham qurganimiz yoʻq. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan boʻlsak, Egamizning Oʻzi bizni jazolasin. 24Biz qoʻrqqanimizdan shunday qildik. Vaqti kelib, sizlarning avlodlaringiz bizning avlodimizga shunday deb qolishi mumkin: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bilan sizlarning nima ishingiz bor?! 25Egamiz sizlar — Ruben va Gad qabilalari bilan bizning oramizda Iordan daryosini chegara qilib qoʻydi, Egamizda sizning hech haqingiz yoʻq.” Sizlarning avlodingiz shunday deb bizning avlodlarimizni Egamizga sajda qilishdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin. 26Shuning uchun biz shunday dedik: “Kelinglar, qurbongoh quraylik, bu qurbongoh kuydiriladigan qurbonliklaru boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun ishlatilmaydi.” 27Biz bu qurbongohni siz bilan bizning oramizda, bizdan keyingi avlodlar orasida guvoh boʻlsin, deb qurdik. Biz ham, sizlar qatori, Egamizning Muqaddas chodiri oldida Egamizga sajda qilib, oʻsha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirishga haqli ekanimizni mana shu qurbongoh koʻrsatadi. Shunda sizlarning avlodlaringiz bizning avlodlarimizga hech qachon: “Egamizda sizlarning haqingiz yoʻq”, — demaydi. 28Bordi–yu, shunday deb aytishsa, biz yoki avlodlarimiz quyidagiday javob bera olamiz: “Mana, Egamiz qurbongohining nusxasiga qaranglar. Bizning ajdodlarimiz uni kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun emas, balki siz bilan bizning oʻrtamizda guvoh boʻlishi uchun qurishgan.” 29Faqat Egamiz Xudoning Chodiri oldida turgan qurbongohdagina Unga atab kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va boshqa qurbonliklar keltirish mumkin. Egamizga qarshi bosh koʻtarishdan, Undan yuz oʻgirishdan Uning Oʻzi bizni saqlasin. Biz qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh qurmaymiz.
30Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi aytgan bu gaplarni eshitib, ruhoniy Finxaz va u bilan birga kelgan Isroil xalqining boshliqlari juda mamnun boʻlishdi. 31Ruben, Gad qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga Elazar shunday dedi:
— Egamiz biz bilan birga ekanligiga bugun amin boʻldik. Sizlar Egamizga xiyonat qilmay, butun Isroil xalqini Uning gʻazabidan saqlab qoldingiz.
32Keyin Elazar va Isroil xalqi boshliqlari Giladdan Kanʼon yurtiga, Isroil xalqining oldiga qaytib kelib nima boʻlganini aytib berishdi. 33Ular olib kelgan xabar Isroil xalqini mamnun qildi. Isroil xalqi Xudoga hamdu sano aytib, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish va ularning yerlarini vayron qilish haqida boshqa ogʻiz ochmadi. 34Ruben va Gad qabilalari qurbongohga Guvoh degan nom berishdi#22:34 …qurbongohga Guvoh degan nom berishdi — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda …qurbongohga nom berishdi., chunki ular: “Egamiz — Xudo ekanligini bu qurbongoh hammamizga eslatib turadi”, deb aytishgan edi.

Currently Selected:

Yoshua 22: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Yoshua 22