YouVersion Logo
Search Icon

Ibroniylar 9

9
9–BOB
Avvalgi ahd davridagi diniy xizmat
1Darvoqe, avvalgi ahd#9:1 avvalgi ahd — 8:6 izohiga qarang. davrida sajdaga oid qonun–qoidalar va bu dunyoga mansub boʻlgan bir sajdagoh bor edi. 2Bu sajdagoh Chodir#9:2 Chodir — lugʻatdagi MUQADDAS CHODIR iborasiga qarang. boʻlib, ikki xonadan iborat edi. Birinchi xona Muqaddas xona deb atalardi. U yerda chiroqpoya, xontaxta va xontaxta ustida muqaddas nonlar bor edi. 3Chodirning ichki pardasi orqasida Eng muqaddas xona deb atalgan yana bir xona bor edi. 4Bu xonada tutatqi tutatiladigan oltin qurbongoh va har tomoni oltin bilan qoplangan Ahd sandigʻi turardi. Ahd sandigʻi ichida manna#9:4 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kanʼon yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yogʻilardi, odamlar saharda turib, uni yigʻib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang). solingan oltin idish, Horunning gullagan hassasi va amrlar yozilgan ikkita tosh lavha bor edi#9:4 Ahd sandigʻi ichida…bor edi — Chiqish 16:33-34, Sahroda 17:1-11, Qonunlar 10:1-5 ga qarang.. 5Sandiqning qopqogʻi ustiga Xudo huzurining ramzi — qanotli karublar#9:5 karublar — samoviy mavjudotlarning haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. oʻrnatilgandi. Karublarning tepaga koʻtarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Bularning hammasini hozir birma–bir aytishning mavridi emas.
6Xullas, Chodir shu tarzda jihozlangan edi. Ruhoniylar har kuni Chodirning birinchi xonasiga kirib, oʻz xizmatlarini ado etardilar. 7Chodirning ichki — Eng muqaddas xonasiga esa faqatgina oliy ruhoniy yilda bir martagina kirardi. U doim oʻzi bilan qurbonlik qonini olib kirardi. Bu qonni oʻzining va xalqning bilmasdan qilgan gunohlari uchun nazr qilardi. 8Oʻrnatilgan oʻsha tartibga binoan, Muqaddas Ruh shuni koʻrsatyaptiki, Eng muqaddas xona xalq uchun yopiq. Chodirning birinchi xonasiga oid boʻlgan qoidalar hanuz kuchda ekan, samodagi Eng muqaddas xonaga#9:8 samodagi Eng muqaddas xona — 6:19 izohiga qarang. ham hali yoʻl yopiq. 9Bu qoidalar hozirgi zamon uchun ramzdir, ular shunday maʼnoni bildiradi: keltirilgan nazrlar va qurbonliklar Xudoga sajda qiluvchilarning vijdonini poklay olmaydi. 10Bu nazrlaru qurbonliklar, shuningdek, yegulik, ichgulik va har xil poklanish marosimlariga oid udumlar inson tanasi bilan bogʻliq. Bular yangi tartib oʻrnatilguncha amal qilgan.
Masih — barkamol qurbonlik
11Endi esa Masih kelgan#9:11 kelgan — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida boʻlgʻusi. xayr–barakalarning Oliy ruhoniysi boʻldi. U inson qoʻli bilan qurilmagan, bu dunyoga mansub boʻlmagan samodagi mukammal Chodirga#9:11 samodagi mukammal Chodir — 6:19 izohiga qarang. kirdi. Yerdagi Chodirdan buyukroq boʻlgan samodagi bu Chodirdan oʻtib, 12Eng muqaddas xonaga kirdi. Masih bu xonaga takalar va buqalarning qoni bilan emas, balki Oʻz qoni evaziga kirdi. U yerga bir marta kirib, bizni to abad gunohlardan ozod qildi. 13Ilgarilari takalaru buqalarning qoni#9:13 takalaru buqalarning qoni — Levilar 16:1-34 ga qarang. hamda kuydirilgan gʻunajinning kuli#9:13 kuydirilgan gʻunajinning kuli — Sahroda 19:1-22 ga qarang. harom boʻlgan kishilarning ustiga sepilganda, ular jisman poklanardilar. Jonivorlarning qoni bilan shunday natijaga erishilgan boʻlsa, 14Masihning qoni bilan bundan–da buyukroq natijaga erishsa boʻladi! Zero, Masih mangu Ruhning qudrati orqali Oʻzini benuqson qurbonlik sifatida Xudoga bagʻishladi. Uning toʻkilgan qoni vijdonimizni oʻlimga yetaklovchi ishlardan poklaydi, shunda biz barhayot Xudoga xizmat qila olamiz.
15Ana shu sababdan Masih yangi ahdning#9:15 yangi ahd — 8:6-13 ga qarang. vositachisi boʻldi. Endi daʼvat etilgan odamlar Xudoning vaʼda qilgan abadiy merosiga ega boʻla oladilar. Ular avvalgi ahd davrida berilgan Xudoning qonunini buzib, gunoh qilgan edilar. Masih esa ularni gunohlaridan xalos qilish uchun qurbon boʻldi. 16Yangi ahdni goʻyo vasiyatga oʻxshatsa boʻladi. Qayerda vasiyat bor boʻlsa, vasiyat qilgan odamning oʻlimi tasdiqlanishi kerak. 17Chunki vasiyat oʻlimdan keyingina kuchga kiradi#9:17 …vasiyat oʻlimdan keyingina kuchga kiradi — shu singari, Muso davrida Xudoning Oʻz xalqi bilan tuzgan ahdi ham qurbonlik keltirilgandan keyingina kuchga kirardi (Chiqish 24:3-8 ga qarang). Xuddi shuningdek, Iso Masih xochdagi oʻlimi orqali abadiy yangi ahdni kuchga kiritdi (13:20 ga va 1 Korinfliklar 11:25 ga qarang).. Vasiyat qiluvchi hali tirik ekan, vasiyatning hech bir taʼsiri yoʻq.
18Shu bois avvalgi ahd ham toʻkilgan qon orqali#9:18 …toʻkilgan qon orqali… — yaʼni qurbonlik orqali. kuchga kirgandi. 19Boshida Muso Tavrotdagi hamma amrlarni butun xalqqa oʻqib berdi. Soʻng bir tutam issop#9:19 issop — bu oʻsimlikdan koʻpincha poklash marosimlarida odamlarga yo narsalarga suv yoki qon sepish uchun ishlatilgan (Chiqish 12:21-23, Levilar 14:1-7 va Sahroda 19:1-19 ga qarang). va qirmizi ip yordamida buqalar va takalarning qoni bilan suvni Tavrot kitobiga va butun xalqning ustiga sepib, 20dedi: “Shu qon Egamizning sizlar bilan qilgan ahdini tasdiqlaydi.”#9:20 Chiqish 24:8 ga qarang. 21Shuningdek, Muso Muqaddas chodir ustiga va sajda marosimlarida ishlatiladigan barcha ashyolar ustiga qon sepdi. 22Darhaqiqat, Musoning qonuni boʻyicha deyarli hamma narsa qon bilan poklanadi, toʻkilgan qon orqaligina gunohlar kechiriladi.
23Shu sababdan samoviy Chodirning aksi boʻlgan bu Chodir va undagi hamma ashyolar hayvonlarning qoni bilan poklanishi kerak edi. Ammo samoviy narsalar bundan aʼloroq qurbonliklarni talab qiladi! 24Ana shu maqsadda Masih bizlar uchun Xudoning huzurida hozir boʻldi. U haqiqiy Chodirning soyasigina boʻlgan bu dunyodagi Chodirning Eng muqaddas xonasiga emas, balki inson qoʻli bilan qurilmagan samoviy Chodirga kirdi. 25Levi naslidan boʻlgan oliy ruhoniylar har yili Eng muqaddas xonaga kirib, hayvonlarning qonini nazr qiladilar. Masih esa Oʻzini qayta–qayta qurbonlik qilmadi. 26Agar Masih har yili Oʻzini qurbonlik qilganda edi, dunyo yaratilgandan beri U qayta–qayta azob chekkan boʻlardi. Buning oʻrniga U mana shu oxirgi zamonda odamlarning gunohlarini yuvish uchun bir martagina olamga kelib, Oʻzini qurbon qildi. 27Inson zoti bir marta oʻladi, soʻng Xudo tomonidan hukm qilinadi. 28Shu singari, Masih ham koʻplarning gunohlarini Oʻz boʻyniga olish uchun bir marta qurbon boʻlib, oʻldi. Bu dunyoga U qaytib keladi. Bu safar U gunohlarni yuvish uchun emas, balki Uni intizorlik bilan kutayotgan odamlarga najot berish uchun keladi.

Currently Selected:

Ibroniylar 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in