Ibtido 35
35
35–BOB
Xudo Baytilda Yoqubga marhamat qiladi
1Xudo Yoqubga dedi:
— Qani, otlan, Baytilga koʻchib bor, oʻsha yerda joylashib, Menga atab qurbongoh oʻrnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir boʻlgan edim#35:1 …Baytilga koʻchib bor…Men u yerda senga zohir boʻlgan edim — 28:10-19 oyatlarga va 28:19 izohiga qarang..
2Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi:
— Begona xudolaringizni yoʻqotinglar, oʻzlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar. 3Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga boʻldi.
4Hammalari begona xudolarini, ziraklarini#35:4 …xudolarini, ziraklarini… — Shakamdan oʻlja qilib olingan narsalar boʻlishi mumkin. Bu oyatda aytib oʻtilgan “xudolar” — kichkina haykalchalar shaklida boʻlib, fol ochish yoki balo–qazolardan asrash uchun ishlatilgan boʻlishi mumkin (yana 31:19 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Ziraklar ham irim qilib, yomonlikdan asrash uchun taqilgan boʻlishi mumkin. Yoqubga berishdi. Yoqub bu narsalarni Shakam yaqinidagi eman daraxtining#35:4 Shakam yaqinidagi eman daraxti — yoki Shakam yaqinidagi terebint daraxti. 12:6 ga va oʻsha oyatning izohlariga qarang. ostiga koʻmdi.
5Yoqub xonadonidagilarini boshlab yoʻlga tushganda, Xudo butun atrofdagi shaharlar aholisiga qoʻrquv yubordi. Shuning uchun hech kim ularni taʼqib qilmadi. 6Nihoyat, Yoqub butun xonadon ahlini boshlab Luz shahriga yetib keldi. (Luz hozir Baytil deb yuritiladi.) 7Yoqub bu yerda bir qurbongoh qurib, bu joyni Baytilning Xudosi#35:7 Baytilning Xudosi — ibroniycha matnda El–Baytil, maʼnosi Baytilning Xudosi. Yana 33:20 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. deb atadi. Yoqub akasidan qochib ketayotganda, Xudo Oʻzini unga shu yerda zohir qilgan edi.
8Shu orada Rivqoning enagasi Dobira vafot etdi#35:8 …Rivqoning enagasi Dobira vafot etdi — Yoqub Paddon–Oramga ketgan paytdan (27:42-46 ga qarang) to shu paytgacha onasi Rivqo haqida hech qanday maʼlumot berilmagan. Shunday ekan, Yoqub Paddon–Oramda yashab yurgan paytlarda Rivqo olamdan oʻtgan, deb taxmin qilishimiz mumkin.. Uni Baytilning yonidagi eman daraxti ostiga dafn qildilar. Oʻshandan buyon bu daraxt Yigʻi daraxti#35:8 Yigʻi daraxti — ibroniycha matnda Oloʻn–Bakut, maʼnosi yigʻi eman daraxti. deb yuritiladi.
9Yoqub Paddon–Oramdan#35:9 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. qaytib kelgandan keyin, Xudo unga yana zohir boʻldi va unga marhamat koʻrsatib, dedi: 10“Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub#35:10 Yoqub — 25:26 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil#35:10 Isroil — 32:22-30 oyatlarga va 32:28 izohiga qarang. boʻladi.” Shuning uchun u Isroil deb nom oldi.
11Xudo shunday dedi:
— Men Qodir Xudoman, barakali boʻl, nasling koʻp boʻlsin. Buyuk xalq, hatto koʻp xalqlar sendan paydo boʻladi. Sen shohlarning bobosi boʻlasan. 12Men Ibrohimga va Isʼhoqqa vaʼda qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu yerni naslingga beraman.
13Shundan keyin Xudo Yoqubga gapirgan joyidan ketdi. 14Yoqub oʻsha joyga yodgorlik toshi oʻrnatdi. Soʻngra yodgorlik toshi ustiga Xudoga atab sharob va zaytun moyi quydi. 15Yoqub bu joyga Baytil#35:15 Baytil — 28:19 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. deb nom berdi.
Rohila vafot etadi
16Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yoʻl oldilar. Ular Efratga hali yetib bormasdan, Rohilaning koʻzi yoriydigan payti keldi, uni qattiq toʻlgʻoq tutib qoldi. 17Rohila toʻlgʻoqdan koʻp azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qoʻrqma, yana oʻgʻil tugʻding”, dedi. 18Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda oʻgʻlining ismini Benoʻn deb qoʻydi. Otasi esa unga Benyamin#35:18 …Benoʻn…Benyamin… — ibroniychada Benoʻn ismining maʼnosi — qaygʻumning oʻgʻli, Benyamin ismining maʼnosi esa — oʻng qoʻlimning oʻgʻli. Oʻng qoʻl — muruvvat va baraka tomoni, deb hisoblangan. Rohila Yoqubning suyukli xotini boʻlib, erining “oʻng qoʻli” edi. deb ism qoʻydi. 19Shunday qilib, Rohila vafot etdi va Efrat yoʻlida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm#35:19 Baytlahm — Quddusdan qariyb 8 kilometr janubda joylashgan shahar. deb yuritiladi.) 20Yoqub Rohilaning qabriga yodgorlik toshi oʻrnatdi. Bu tosh shu kungacha#35:20 shu kungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. bor.
21Shundan keyin Yoqub#35:21 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 22–oyatida ham bor). 32:27-28 ga qarang. yana koʻchib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi.
Yoqubning oʻgʻillari
22Yoqub oʻsha yerda yashayotganda, Ruben otasining choʻrisi#35:22 choʻri — 22:24 izohiga qarang. Bilxaxning yoniga kirdi#35:22 …Ruben otasining choʻrisi Bilxaxning yoniga kirdi — Ruben Leaxning toʻngʻich oʻgʻli, Bilxax esa Rohilaning choʻrisi edi (29:28-32 ga qarang). Marhum Rohila Yoqubning suyukli xotini boʻlgani bois, Bilxax uning oʻrnini egallamasin deb, Ruben bu ishga qoʻl urgan boʻlishi mumkin. Ruben bu qilmishi bilan Yoqubning oila boshligʻi sifatidagi oʻrnini egallamoqchi boʻlgani ham, ehtimoldan holi emas.. Yoqub buni eshitib qoldi.
Yoqubning oʻn ikkita oʻgʻli bor edi:
23Leax tuqqan oʻgʻillari — Ruben (Yoqubning toʻngʻich oʻgʻli), Shimoʻn, Levi, Yahudo, Issaxor va Zabulun.
24Rohila tuqqan oʻgʻillari — Yusuf bilan Benyamin.
25Rohilaning choʻrisi Bilxax tuqqan oʻgʻillari — Dan bilan Naftali.
26Leaxning choʻrisi Zilpo tuqqan oʻgʻillari — Gad bilan Osher.
Yoqubning Paddon–Oramda tugʻilgan oʻgʻillari ana shular edi.
Isʼhoq vafot etadi
27Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim va Isʼhoq Xevronda istiqomat qilgan edilar. 28Isʼhoq 180 yil umr koʻrdi. 29U keksayib, yoshini yashab olamdan oʻtdi. Oʻgʻillari Esov bilan Yoqub uni dafn qilishdi.
Currently Selected:
Ibtido 35: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020