YouVersion Logo
Search Icon

Ibtido 36

36
36–BOB
Esovning nasl–nasabi
1Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli):
2Esov Kanʼonlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida boʻlib, Xet xalqidan Eloʻn deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom boʻlib, Xiv xalqidan Anah deganning qizi edi. Bobosining ismi Ziboʻn edi. 3Uchinchi xotinining ismi Bosimat boʻlib, Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi. 4Oida Esovga Elifazni, Bosimat Ruvelni, 5Oxolibom esa Yoush, Yalom va Koʻraxni tugʻib berdi. Esovning Kanʼon yurtida tugʻilgan oʻgʻillari ana shulardir.
6Soʻngra Esov xotinlarini, bolalarini, xonadonidagi hamma odamlarini, podasiyu suruvlarini, Kanʼon yurtida topgan jamiki boyliklarini olib, ukasi Yoqubdan uzoqroq yerga koʻchib ketdi. 7Ikkovining podalari va suruvlari benihoya koʻp boʻlganidan, yer torlik qilib qolgan edi. 8Shuning uchun Esov, yaʼni Edom, Seir togʻlariga#36:8 Seir togʻlari — 32:3 izohiga qarang. borib oʻrnashdi.
9Seir togʻlaridagi Edom xalqining ota–bobosi Esovning nasl–nasabi mana bulardir:
10Esovning xotinlari Oida va Bosimat tuqqan oʻgʻillari quyidagilardir: Oida Elifazni tugʻdi, Bosimat Ruvelni tugʻdi.
11Elifaz besh oʻgʻil koʻrdi: Temon, Oʻmar, Zafoʻ, Gatam va Xanaz. 12Elifazning choʻrisi#36:12 choʻri — 22:24 izohiga qarang. Timna ham unga oʻgʻil tugʻib, ismini Omolek qoʻydi. Esovning xotini Oidaning nabiralari ana shular edi.
13Ruvel toʻrt oʻgʻil koʻrdi: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini Bosimatning nabiralari edi.
14Esovning uchinchi xotini Anahning qizi Oxolibom unga uch oʻgʻil tugʻib berdi. Oʻgʻillarining ismi Yoush, Yalom va Koʻrax edi.
15Esovning oʻgʻillari va nabiralari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar:
Esovning toʻngʻich oʻgʻli Elifazning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Temon, Oʻmar, Zafoʻ, Xanaz, 16Koʻrax, Gatam va Omolek urugʻlari. Edom yurtidagi bu urugʻlar Esovning xotini Oidadan kelib chiqqan edi.
17Esov oʻgʻli Ruvelning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo urugʻlari. Edom yurtidagi bu urugʻlar Esovning xotini Bosimatdan paydo boʻlgan edi.
18Esovning xotini Oxolibomning oʻgʻillari quyidagi urugʻlarning yoʻlboshchilari boʻldilar: Yoush, Yalom va Koʻrax urugʻlari. Oxolibomning otasi Anah edi.
19Esov, yaʼni Edomdan kelib chiqqan urugʻlarning hammasi ana shulardir.
Edomning tub aholisi
20-21Edom yurtining tub aholisi qabilalarga boʻlingan edi. Bu qabilalarning ota–bobosi Seir degan odam boʻlib, u Xorim xalqidan edi. Seirning quyidagi nasllari urugʻlarga asos soldi:
Loʻton, Shoʻval, Ziboʻn, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.
22Loʻtonning oʻgʻillari ismi Xoʻri va Xoʻmam#36:22 Xoʻmam — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xaman. Uning Xoʻmam degan shakli 1 Solnomalar 1:39 dan olingan. edi. Loʻtonning Timna degan singlisi ham bor edi.
23Shoʻvalning oʻgʻillari ismi Eliyon#36:23 Eliyon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Elvon. Uning Eliyon degan shakli 1 Solnomalar 1:40 dan olingan., Monaxat, Ebal, Shafo va Oʻnam edi.
24Ziboʻnning oʻgʻillari ismi Oyo va Anah edi. Anah otasi Ziboʻnning eshaklarini boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar#36:24 issiq buloqlar — yoki buloq yoxud suv. topgan edi.
25Anahning Dishon degan oʻgʻli va Oxolibom degan qizi bor edi.
26Dishonning oʻgʻillari ismi Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron edi.
27Ezerning oʻgʻillari ismi Bilxan, Zavon va Oqon edi.
28Dishanning oʻgʻillari ismi Uz va Oron edi.
29Shunday qilib, quyidagilar Xorim xalqi urugʻlarining yoʻlboshchilari boʻldi: Loʻton, Shoʻval, Ziboʻn, Anah, 30Dishon, Ezer va Dishan. Xorim xalqining urugʻlari Seir yurtida yashagan urugʻ yoʻlboshchilari nomi bilan yuritilgan.
Edom shohlari
31Hali Isroilda shohlar boʻlmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir:
32Bavoʻr oʻgʻli Belax, u Dinxaba shahridan edi.
33Belax vafot etgach, uning oʻrniga Zerax oʻgʻli Yoʻvov shoh boʻldi. U Bozrax shahridan edi.
34Yoʻvov vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Xushom shoh boʻldi. U Temon yurtidan edi.
35Xushom vafot etgach, uning oʻrniga Badad oʻgʻli Hadad shoh boʻldi. U Obit shahridan edi. Hadad Moʻab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.
36Hadad vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Samlo shoh boʻldi. U Masrixo shahridan edi.
37Samlo vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Shovul shoh boʻldi. U Furot daryosi#36:37 Furot daryosi — ibroniycha matnda daryo, Furot daryosi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. boʻyidagi Rexoboʻt shahridan edi.
38Shovul vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Axbor oʻgʻli Baalxanon shoh boʻldi.
39Baalxanon vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Hadad#36:39 Hadad — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadar. Uning Hadad degan shakli 1 Solnomalar 1:50 dan olingan. shoh boʻldi. U Pogʻu shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi.
40Esov urugʻlarining yoʻlboshchilari nomlari quyidagichadir: Timno, Elvo, Yetet, 41Oxolibom, Elox, Pinon, 42Xanaz, Temon, Mivzar, 43Maxdiyol va Irom. Edom xalqining ota–bobosi Esov urugʻlarining nomlari ana shulardir. Har bir urugʻ oʻzi egallagan hududga oʻzining nomini bergan.

Currently Selected:

Ibtido 36: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in