1
Ibtido 35:11-12
Muqaddas Kitob
Xudo shunday dedi: — Men Qodir Xudoman, barakali boʻl, nasling koʻp boʻlsin. Buyuk xalq, hatto koʻp xalqlar sendan paydo boʻladi. Sen shohlarning bobosi boʻlasan. Men Ibrohimga va Isʼhoqqa vaʼda qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu yerni naslingga beraman.
Compare
Explore Ibtido 35:11-12
2
Ibtido 35:3
Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga boʻldi.
Explore Ibtido 35:3
3
Ibtido 35:10
“Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil boʻladi.” Shuning uchun u Isroil deb nom oldi.
Explore Ibtido 35:10
4
Ibtido 35:2
Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi: — Begona xudolaringizni yoʻqotinglar, oʻzlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar.
Explore Ibtido 35:2
5
Ibtido 35:1
Xudo Yoqubga dedi: — Qani, otlan, Baytilga koʻchib bor, oʻsha yerda joylashib, Menga atab qurbongoh oʻrnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir boʻlgan edim.
Explore Ibtido 35:1
6
Ibtido 35:18
Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda oʻgʻlining ismini Benoʻn deb qoʻydi. Otasi esa unga Benyamin deb ism qoʻydi.
Explore Ibtido 35:18
Home
Bible
Plans
Videos