Chiqish 27
27
27–BOB
Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga oid koʻrsatmalar
1Akas yogʻochidan#27:1 Akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. toʻrtburchak qilib qurbongoh#27:1 qurbongoh — lugʻatdagi QURBONGOH soʻzi ostida berilgan BRONZA QURBONGOH iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasat. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, boʻyi uch tirsak#27:1 …uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, boʻyi uch tirsak… — uzunligi va eni taxminan 2,3 metrga, boʻyi taxminan 1,4 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. 2Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasat. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qoplat. 3Qurbongohdagi kulni toʻkkani qozonlar, kuraklar, togʻorachalar, sanchqilar, olovkuraklar yasat. Hamma buyumlarni bronzadan qildir. 4Qurbongohga bronzadan panjara yasat. Panjaraning toʻrtala burchagiga toʻrtta bronza halqa yasat. 5Panjarani qurbongohning ichiga — toʻrt tomoniga oʻrnatilgan tokchaning ostida oʻrnat, yarmigacha yetib borsin. 6Yana qurbongoh uchun akas yogʻochidan xodalar yasatib, xodalarni bronza bilan qoplat. 7Qurbongohni koʻtarib yurish uchun qurbongohning ikkala yonidagi halqalardan xodalarni oʻtkaz. 8Qurbongohning chetlariga taxta qoqtirib, ichini boʻsh qoldir. Qurbongohni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatganimday qilib yasattir.
Muqaddas chodir hovlisi atrofidagi toʻsiqqa oid koʻrsatmalar
9Soʻngra Muqaddas chodirning hovlisini oʻrab tursin deb, pardadan toʻsiq qildir: toʻsib turadigan pardalarni mayin zigʻir matosidan tiktir. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi yuz tirsak#27:9 yuz tirsak — taxminan 45 metrga toʻgʻri keladi (shu bobning 11–oyatida ham bor). boʻlsin. 10Oʻsha toʻsiqda bronzadan qilingan yigirmata taglikka oʻrnatilgan yigirmata ustun boʻlsin. Shu yerdagi pardalarni osish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat. 11Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ham yuz tirsakni tashkil qilsin, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagliklari ham boʻlsin. Pardalarini osish uchun ustunlariga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat. 12Hovlining gʻarb tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ellik tirsak#27:12 ellik tirsak — taxminan 22,5 metrga toʻgʻri keladi (shu bobning 13–oyatida ham bor)., uning oʻnta ustuni va tagligi boʻlsin. 13Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda boʻlsin. 14-15Hovliga kirish joyi shu yer boʻladi. Kirishning oʻng va chap tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqlarning uzunligi oʻn besh tirsakdan#27:14-15 oʻn besh tirsak — taxminan 6,8 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin, har ikki tomonga uchtadan ustun va tagliklar oʻrnatilsin. 16Hovliga kirish joyiga uzunligi yigirma tirsak#27:16 yigirma tirsak — taxminan 9 metrga toʻgʻri keladi. boʻlgan parda qildir. Uni mayin zigʻir matosidan tiktir, ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. Bu pardani toʻrtta taglikka oʻrnatilgan toʻrtta ustun ushlab turadi. 17Hovlining atrofidagi hamma ustunlarning kumushdan qilingan ilgaklari va halqalari, bronzadan qilingan tagliklari boʻlsin. 18Hovlining uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak#27:18 …uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak… — uzunligi taxminan 45 metrga, eni taxminan 22,5 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Toʻsib turadigan pardalar mayin zigʻir matosidan tiktirilib, boʻyi besh tirsak#27:18 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Tagliklar bronzadan boʻlsin. 19Muqaddas chodirning boshqa barcha zarur ashyolari ham, Chodirni va pardadan qilingan toʻsiqni ushlab turadigan qoziqlar ham bronzadan yasalsin.
Moychiroqlar uchun zaytun moyiga oid koʻrsatmalar
20Sen Isroil xalqiga buyruq ber: chiroqpoyadagi moychiroqlar uchun toza zaytun moyini ular senga olib kelib turishsin, toki moychiroqlar har doim tun boʻyi yonib tursin. 21Chiroqpoya Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻini#27:21 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandigʻining yana bir nomi. 16:34 izohiga qarang. toʻsib turgan ichki parda oldiga oʻrnatilgan boʻlsin. Horun va uning oʻgʻillari, har kuni oqshomdan ertalabgacha Egamizning huzurida moychiroqlar yonib tursin deb, moychiroqlardan xabar olib turishsin. Bu qonun–qoidaga Isroil xalqi avlodlar osha doimo amal qilsin.
Currently Selected:
Chiqish 27: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020