Chiqish 26
26
26–BOB
Muqaddas chodirga oid koʻrsatmalar
Chodirning ichki qavati
1Endi Muqaddas chodirning#26:1 Muqaddas chodir — Muqaddas chodirning rasmi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan. oʻziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zigʻir matosidan tikilgan oʻnta choyshabdan iborat boʻlsin. Mohir ustalar bu choyshablarni bezatib, ularga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 2Har bir choyshabning boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak#26:2 …boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak… — boʻyi taxminan 12,6 metrga, eni taxminan 1,8 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Hamma choyshablarning oʻlchovi bir xil boʻlsin. 3Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir. 4-5Hosil boʻlgan ikki uzun boʻlak choyshabning boʻyiga koʻk matodan elliktadan halqa tiktir. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga roʻparama–roʻpara boʻlsin. 6Keyin oltindan ellikta ilgak yasattir, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun boʻladi#26:6 …Chodirning ichki qavati bir butun boʻladi — Chodirni tutib turadigan romlar ustiga ichki qavatni tashkil qilgan ikkita choyshab tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Chodirni tutib turadigan romlarning butun uzunligi 30 tirsak (taxminan 13,5 metr), eni 10 tirsak (taxminan 4,5 metr), boʻyi 10 tirsak boʻladi (shu bobning 15-29–oyatlariga qarang). Ichki qavat choyshablari halqa va ilgaklar yordamida birlashtirilgandan keyin, ichki qavatning eni 28 tirsakni (taxminan 12,6 metr), uzunligi 40 tirsakni (taxminan 18 metr) tashkil qiladi. Ichki qavat choyshablari Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanganda, Chodirning ikki yonboshini yopib, chetlari yerdan bir tirsak (taxminan 45 santimetr) tepada osilib turadi. Choyshablar Chodirning orqa tomonini butunligicha qoplab, yerga tegib turadi. Choyshablar Chodirga kiraverishni yopib turmaydi..
Chodirning tashqi qoplamalari
7Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan oʻn bitta choyshab tiktir. 8Har bir choyshabning boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak#26:8 …boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak… — boʻyi taxminan 13,5 metrga, eni taxminan 1,8 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Oʻn bitta choyshabning hammasi bir oʻlchovda boʻlsin. 9-11Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan oltitasini ham shunday qildir. Ulangan ikki boʻlak choyshabning boʻyiga elliktadan halqa tiktir. Keyin bronzadan ellikta ilgak yasat, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning qoplamasi bir butun boʻladi#26:9-11 …Chodirning qoplamasi bir butun boʻladi — Chodirni tutib turadigan romlar ustiga ichki qavatning sirtidan qoplama tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Chodirni tutib turadigan romlarning butun uzunligi 30 tirsak (taxminan 13,5 metr), eni 10 tirsak (taxminan 4,5 metr), boʻyi 10 tirsak boʻladi (shu bobning 15-29–oyatlariga qarang). Qoplamaning ikki boʻlagi halqa va ilgaklar yordamida birlashtirilgandan keyin, qoplamaning eni 30 tirsakni (taxminan 13,5 metr), uzunligi 44 tirsakni (taxminan 19,8 metr) tashkil qiladi. Qoplamani tashkil qilgan choyshablar Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanganda, Chodirning ikki yonboshini butunligicha yopib, chetlari yerga tegib turadi (shu bobning 13–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Qoplama Chodirning orqa tomonini ham butunligicha qoplab, Chodirning orqa tomonidan yerga ikki tirsak (taxminan 90 santimetr) yoyilib turadi (shu bobning 12–oyatiga qarang). Qoplama Chodirga kiraverishni yopib turmaydi, qoplamaning ikki tirsagi yuqorisidan uzunasi boʻylab ikki buklanadigan boʻladi (shu bobning 9-11–oyatlarining oxirgi gapiga qarang).. Chodir ustiga qoplamani tashlaganlaringizda, Chodirga kiraverishning yuqorisida oltinchisini uzunasi boʻylab ikki bukla. 12Qoplamaning boʻyidan qolgan ikki tirsagi#26:12 ikki tirsak — taxminan 90 santimetrga toʻgʻri keladi. Chodirning orqasida yerga yoyilib turadi#26:12 …ikki tirsak…yerga yoyilib turadi — shu bobning 9-11–oyatlari izohiga qarang.. 13Qoplamaning eni oxiridagi qoʻshimcha bir tirsak Chodirning ikki yonboshida yerga osilib turadi va Chodirni butunlay qoplaydi#26:13 Qoplamaning eni oxiridagi qoʻshimcha bir tirsak…Chodirni butunlay qoplaydi — bir tirsak taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi. Qoplama ichki qavatdan ikki tirsak enliroq boʻlgani uchun Chodirning ikki yonboshidan yergacha osilib turar edi (shu bobning 6, 9-11–oyatlariga berilgan izohlarga qarang). Qoplama Chodirning tomini, ikki yonboshini va orqa tomonini toʻliq qoplab turgani uchun, Chodirning ichki qavati tashqaridan umuman koʻrinmas edi.. 14Bu qoplama ustiga qoʻyish uchun qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisidan qoplama, soʻng yumshoq teridan#26:14 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang. tashqi qoplama qildir.
Chodirni tutib turadigan rom
15Akas yogʻochidan#26:15 Akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar#26:15 romlar — lugʻatdagi ROMLAR soʻziga ishlangan rasmga qarang. yasat. 16Har bir romning boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak#26:16 …boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak… — boʻyi taxminan 4,5 metrga, eni taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. 17Har bir romning ostida bir–biriga parallel boʻlgan ikkita tirgak yasat. 18Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat. 19Bu romlar ostiga qoʻyish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildir, toki har bir tirgak ostida bitta taglik boʻlsin. 20Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasat. 21Har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasat. 22Chodirning orqadagi — gʻarb tomonidagi devor uchun oltita rom, 23Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasat. 24Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtir. Bitta burchak hosil qilish uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtir. Bu har ikkala burchak shu yoʻl bilan hosil qilinadi. 25Shunday qilib, har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan — oʻn oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor yasaladi.
26Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yogʻochidan beshta tamba, 27shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — gʻarb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasat. 28Romlarning yarmigacha oʻrnashtirilgan oʻrtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha choʻziladi. 29Romlarni oltin bilan qoplat, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtir#26:29 …tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtir… — romlar bir–biriga tambalar yordamida birlashtirilar edi. Tambalar romlardagi halqalardan oʻtkazilar edi. Tambalar qay tarzda oʻrnashtirilgani matnda aniq yozilmagan. Har devordagi toʻrtta tamba devorning yarim uzunligida boʻlib, romlardagi yuqori va pastki halqalardan oʻtkazilgan boʻlishi mumkin. Romlarning oʻrtasidan oʻtkazilgan tamba esa Chodirning uzunligida boʻlib, barcha romlarni birlashtirar edi (shu bobning 28–oyatiga qarang)., tambalarni ham oltin bilan qoplat.
30Chodirni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatgan namuna boʻyicha oʻrnashtir.
Chodirning ichki pardasi
31Mayin zigʻir matosidan ichki pardani tiktir. Mohir ustalar bu pardani bezatib, unga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 32Akas yogʻochidan toʻrtta ustun yasat. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Kumush taglikka ustunlarni bittadan oʻrnashtir va ichki pardani ustundagi ilgaklarga osdir. 33Ichki parda Chodir shipidagi ilgaklar#26:33 Chodir shipidagi ilgaklar — bu ilgaklar yordamida Chodirning ichki qavatini tashkil qilgan ikki choyshab bir–biriga birlashtiriladi (shu bobning 4-6–oyatlariga qarang). Bu ichki qavat Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Mana shu ichki qavatni birlashtirgan ilgaklar bir qator boʻlib, Chodirning butun eni boʻylab choʻziladi. Ilgaklar qatori Chodirga kiraverishdan 20 tirsak (taxminan 9 metr) masofada joylashadi (shu bobning 6–oyati izohiga qarang). Shuning uchun Chodirning Eng muqaddas xonasi kub shaklida boʻlib, har bir devorning eni, boʻyi va uzunligi 10 tirsakni (taxminan 4,5 metr) tashkil qiladi. ostida osilib tursin. Ahd sandigʻi#26:33 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi (shu bobning 34–oyatida ham bor). 16:34 izohiga qarang. ichki pardaning orqasiga olib kirilsin. Ichki parda Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turadi. 34Sandiqning qopqogʻi Eng muqaddas xonaga olib kirilsin, uni Ahd sandigʻi ustiga qoʻydir. 35Xontaxtani Chodirning shimol tomoniga — ichki pardaning tashqarisiga qoʻydir. Chiroqpoyani esa Chodirning janub tomoniga — ichki pardaning tashqarisidagi xontaxtaning roʻparasiga oʻrnat.
Chodirning kirishidagi parda
36Chodirga kirish joyi uchun mayin zigʻir matosidan pardani tiktir. Parda ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. 37Akas yogʻochidan beshta ustun yasat, toki pardani ushlab tursin. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Eritilgan bronzadan ustunlar ostiga qoʻyish uchun beshta taglik yasat.
Currently Selected:
Chiqish 26: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020