Chiqish 25
25
25–BOB
Muqaddas chodir uchun nazrlar
1Egamiz Sinay togʻida Musoga dedi: 2“Isroil xalqiga, Egamizga nazr keltiringlar, deb ayt. Menga chin koʻngildan nazr qilmoqchi boʻlgan odamning nazrini qabul qil. 3Sen ulardan qabul qilib oladigan nazrlar quyidagilardir: oltin, kumush, bronza, 4shuningdek, koʻk, safsar va qirmizi rangli iplar, mayin zigʻir matosi, echki juni, 5qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri#25:5 yumshoq teri — yuqori sifatli, oshlangan teri nazarda tutilgan boʻlishi mumkin., akas yogʻochi#25:5 akas yogʻochi — quruq joylarda oʻsadigan akas daraxtining yogʻochi qattiq, chidamli va yengil boʻladi., 6moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy#25:6 muqaddas qiladigan moy — zaytun moyi va ziravorlarning maxsus aralashmasidan tayyorlanib, faqat ruhoniylar tomonidan diniy marosimlarni ado etish uchun ishlatilgan (30:22-33 ga qarang). uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar, 7efod va koʻkrakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 8Isroil xalqi Men uchun muqaddas maskan barpo qilishsin, toki Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilayin. 9Bu Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini Men senga koʻrsatadigan namunaga muvofiq yasat.
Ahd sandigʻi va uning qopqogʻiga oid koʻrsatmalar
10Akas yogʻochidan Sandiq#25:10 Sandiq — lugʻatdagi AHD SANDIGʻI iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasat. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak#25:10 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 110 santimetrga, eni va boʻyi taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. 11Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplat. Aylanasiga oltin gulchambar qildir. 12Sandiq uchun eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasatib, toʻrtala oyogʻiga mahkamlat: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida boʻlsin. 13Keyin akas yogʻochidan xodalar yasatib, xodalarni oltin bilan qoplat. 14Xodalarni Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan oʻtkaz, toki xodalar yordamida Sandiqni koʻtarib yurishsin. 15Xodalar Sandiqning halqalaridan ayirib olinmasin, doimo tursin. 16Men senga beradigan ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani#25:16 ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavha — ibroniycha matnda guvohlik, ikkita tosh lavhaga ishora. Oʻsha tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi (24:12 ga qarang). Sandiqqa solib qoʻy.
17Toza oltindan Sandiqning qopqogʻini yasat. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak#25:17 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak… — shu bobning 10–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. boʻlsin. 18-19Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub#25:18-19 ikkita karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. yasat#25:18-19 …oltindan zarb urib ikkita karub yasat — 37:7-8 izohiga qarang.. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida boʻlib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qilsin. 20Karublarning tepaga koʻtarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan boʻlsin. 21Qopqoqni Sandiqning ustiga qoʻy. Men senga beradigan ikkita tosh lavhani#25:21 ikkita tosh lavha — ibroniycha matnda guvohlik. Shu bobning 16–oyati izohiga qarang. Sandiqqa sol. 22Men sen bilan Ahd sandigʻi#25:22 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi. 16:34 izohiga qarang. oldida uchrashaman. Karublar oʻrtasidagi gunohdan poklash joyi tepasidan Men senga gapirib, Isroil xalqi uchun hamma amrlarimni senga beraman.
Muqaddas nonlar qoʻyiladigan xontaxtaga oid koʻrsatmalar
23-24Akas yogʻochidan xontaxta#25:23-24 xontaxta — lugʻatdagi OLTIN XONTAXTA iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasat. Uni toza oltin bilan qoplat. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak#25:23-24 …uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 90 santimetrga, eni taxminan 45 santimetrga, boʻyi taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildir. 25Yana xontaxtaning aylanasi boʻylab toʻrt enli rom oʻrnat. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezat. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamlat. 26-28Yana toʻrtta oltin halqa yasatib, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — toʻrtala burchagidagi toʻrtala oyogʻiga oʻrnashtir. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu yogʻochlarni halqalardan oʻtkazib, xontaxtani koʻtarib yurish uchun foydalan. 29Xontaxtaga qoʻyiladigan lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun koʻza va kosalar yasat. Bu buyumlarni toza oltindan yasat. 30Mening huzurimdagi xontaxtada doim muqaddas nonlar#25:30 muqaddas nonlar — bu nonlar Egamizning Muqaddas chodirda zohir boʻlishini aks ettiruvchi timsol boʻlib, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Chodirdagi maxsus xontaxtaga qoʻyilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang). tursin.
Chiroqpoyaga oid koʻrsatmalar
31Sof oltindan zarb urib chiroqpoya#25:31 chiroqpoya — lugʻatdagi CHIROQPOYA soʻziga ishlangan rasmga qarang. yasat. Butun chiroqpoya va uning bezaklari bir butun qilib yasalsin. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga oʻxshash shakldagi piyolalari boʻlsin. 32Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarilsin: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarilsin. 33Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi uchta piyola boʻlsin. 34Chiroqpoyaning poyasida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi toʻrtta piyola boʻlsin. 35Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib tursin. 36Chiroqpoya, shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit boʻlagidan zarb urib yasalishi lozim. 37Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasat. Moychiroqlarni chiroqpoyaga shunday oʻrnashtirginki, chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan boʻlsin. 38Moychiroqlarga qarab turish uchun toza oltindan qisqichlar va patnislar yasat. 39Chiroqpoyani va bu buyumlarni ikki pud#25:39 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. toza oltindan yasashsin. 40Ehtiyot boʻl, oʻsha hamma buyumlarni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatgan namunaga muvofiq yasat.
Currently Selected:
Chiqish 25: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020