Sen Isroil xalqiga buyruq ber: chiroqpoyadagi moychiroqlar uchun toza zaytun moyini ular senga olib kelib turishsin, toki moychiroqlar har doim tun boʻyi yonib tursin. Chiroqpoya Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻini toʻsib turgan ichki parda oldiga oʻrnatilgan boʻlsin. Horun va uning oʻgʻillari, har kuni oqshomdan ertalabgacha Egamizning huzurida moychiroqlar yonib tursin deb, moychiroqlardan xabar olib turishsin. Bu qonun–qoidaga Isroil xalqi avlodlar osha doimo amal qilsin.