YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 19

19
19–BOB
Isroil xalqi Sinay togʻida
1-2Isroil xalqi Rafidimdan#19:1-2 Rafidim — 17:1 ning oxirgi izohiga qarang. ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning#19:1-2 uchinchi oy — ibroniy kalendarining Shavon oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan mayning oʻrtasidan boshlanadi. Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga olti hafta boʻlib, yettinchi hafta boshlangan edi (Sahroda 33:3 ga qarang). birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar. Ular Sinay togʻi etagida qarorgoh qurdilar. 3Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz togʻdan uni chaqirib, shunday dedi:
— Yoqub nasliga — Isroil xalqiga shunday deb ayt: 4“Men, Egangiz, Misrliklarni nima qilganimni koʻrgansizlar. Burgut oʻz bolalarini qanotlari ustida koʻtarib keltirganday, Men sizlarni koʻtarib, huzurimga olib kelganimni ham koʻrgansizlar. 5Endi Mening amrlarimga chin dildan itoat etsangiz, ahdimga rioya qilsangiz, sizlar Mening xalqim, boshqa xalqlar orasida xazinam boʻlasizlar. Butun yer Menikidir, 6ammo sizlar Men, Egangizga, xizmat qiladigan ruhoniylar shohligi, muqaddas bir xalq boʻlasizlar.” Isroil xalqiga sen yetkazadigan xabar shudir.
7Muso kelib, xalq oqsoqollarini chaqirdi. Egamiz unga, ayt, deb amr etgan hamma gaplarni aytdi. 8Jamiki xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deb javob berdi. Muso xalqning javobini Egamizga qaytarib olib keldi. 9Egamiz Musoga:
— Men sening oldingga qalin bulut ichida kelaman, — dedi, — toki Men senga gapirayotganimni xalq eshitsin. Shunda xalq senga har doim ishonadi.
Muso xalqning gapini Egamizga aytganda, 10Egamiz dedi:
— Bor, bugun va ertaga xalq poklansin#19:10 …xalq poklansin… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan., kiyimlarini yuvsin. 11Shunday qilib, ertadan keyingi kunga tayyor boʻlishsin. Oʻsha kuni Men, Egangiz, Sinay togʻiga tushaman. Jamiki xalq Meni oʻsha yerda koʻradi. 12Togʻ atrofiga chegara qilib qoʻy, toki xalq chegarani bosib oʻtmasin. Xalqqa ayt: “Toqqa chiqmanglar, togʻning yaqiniga ham bora koʻrmanglar. Agar birortasi toqqa qadam qoʻysa, oʻshaning jazosi oʻlimdir. 13Oʻsha odamni toshboʻron qilib yoki oʻq otib oʻldiringlar, unga zinhor qoʻl tekkizmanglar. Hayvon boʻladimi yoki inson boʻladimi, oʻlimga hukm qilinsin.” Burgʻu ovozi qattiq chalingandan keyin esa xalq toqqa chiqsa boʻladi.
14Shunday qilib, Muso togʻdan xalqning yoniga tushdi, xalq poklandi, kiyimlarini yuvdi. 15Keyin u xalqqa:
— Uchinchi kunga tayyor boʻlinglar, xotinlaringizga yaqinlashmanglar, — deb aytdi.
16Uchinchi kuni ertalab momaqaldiroq boʻlib, chaqmoq chaqdi. Togʻning ustini qalin bulut qopladi. Burgʻu ovozi juda qattiq chalindi. Qarorgohdagi jamiki xalqni titroq bosdi. 17Muso xalqni Xudo bilan uchrashtirgani qarorgohdan olib chiqdi. Xalq togʻning etagida turdi. 18-20Keyin Egamiz Sinay togʻiga — togʻ choʻqqisiga tushdi. Egamiz Sinay togʻiga alanga ichida tushib kelgani uchun butun togʻ tutayotgan edi. Togʻ qattiq silkinganda, tandirdan tutun chiqqani singari, togʻdan ham tutun chiqayotgan edi. Burgʻu ovozi qattiqroq chiqqani sari, Muso ham gapirardi. Xudo unga momaqaldiroq orasidan turib javob berardi. Egamiz Musoni togʻ choʻqqisiga chaqirdi. Muso u yerga chiqdi. 21Keyin Egamiz Musoga aytdi:
— Pastga tush, xalqni ogohlantir, ular chegarani bosib oʻtishmasin. Ular Men, Egangizni koʻrgani kelmasliklari lozim, shunday qilganlar nobud boʻladi. 22Hatto doimo Mening yaqinimga keladigan ruhoniylar#19:22 ruhoniylar — bu oʻrinda oqsoqollar (3:18, 12:21, 18:12 ga qarang) yoki maxsus tanlangan yigitlar — toʻngʻich farzandlar (24:5 va Sahroda 3:11-13 ga qarang) nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Horunning nasli ruhoniylikka keyinroq tayinlangan edi (28-29–boblarga qarang). ham oʻzlarini poklashlari lozim. Aks holda, Men ularni qirib tashlayman.
23Shunda Muso Egamizga aytdi:
— Xalq Sinay togʻiga chiqmaydi. Oʻzing: “Togʻ atrofiga chegara qoʻy, bu togʻni muqaddas saqla”, deb meni ogohlantirgan eding.
24Egamiz unga:
— Bor, pastga tush! — dedi. — Oʻzing bilan birga Horunni olib kel. Ammo ruhoniylar yoki xalq, toqqa chiqamiz, deb chegarani oyoq osti qilishmasin. Aks holda, ularni Men oyoq osti qilaman.
25Shunday qilib, Muso xalqning yoniga tushdi. Egamizning aytganlarini ularga gapirib berdi.

Currently Selected:

Chiqish 19: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in