YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 18

18
18–BOB
Yatro Musoni ziyorat qiladi
1Midiyon yurtining ruhoniysi Yatro Musoning qaynatasi edi. Xudo Musoga va Oʻz xalqi Isroilga hamma qilganlarini, Egamiz Isroil xalqini Misrdan qanday qilib olib chiqqanini u eshitdi. 2Muso xotinini otasi yoniga joʻnatib yuborganda#18:2 Muso xotinini otasi yoniga joʻnatib yuborganda… — bu hodisa kitobda yozilmagan, biroq 4:18-26 oyatlardagi hodisalardan keyin yuz bergan boʻlsa kerak. Demak, shu bobning 3-4–oyatlari oʻsha hodisadan oldingi paytga — Muso ikki oʻgʻliga ism qoʻygan vaqtga ishora qilyapti (2:22 ga qarang)., Yatro Musoning xotini Zippura bilan 3ikkala oʻgʻlini yoniga olgan edi. Muso: “Men begona yurtda musofir boʻlib qoldim”, deb toʻngʻich oʻgʻliga Gershom#18:3 Gershom — 2:22 izohiga qarang. deb ism qoʻygan edi. 4Soʻngra: “Ota–bobolarimning Xudosi menga madad berdi, meni firʼavnning qilichidan qutqardi#18:4 …meni firʼavnning qilichidan qutqardi — 2:1-15 ga qarang.”, deb ikkinchi oʻgʻliga Eliazar#18:4 Eliazar — ibroniychadagi maʼnosi Xudoyim madadkorimdir. deb ism qoʻygandi.
5Qaynatasi Musoning xotini va oʻgʻillarini Xudoning muqaddas togʻi#18:5 Xudoning muqaddas togʻi — Sinay togʻiga ishora. etagiga — sahroda Muso tikkan chodirga boshlab keldi. 6Yatro Musoga: “Men, qaynatang Yatro, xotining va ikkala oʻgʻling bilan birga sening yoningga boryapmiz”, deb xabar berdi. 7Muso qaynatasini kutib olgani chiqdi va unga taʼzim qilib, oʻpdi. Ikkovlari bir–biridan hol–ahvol soʻrab, chodirga kirishdi. 8Egamiz Isroil xalqi uchun firʼavnni va Misr xalqini nimalar qilganini, Isroil xalqi yoʻlda chekkan azob–uqubatlarni, Egamiz ularni qanday qutqarganini Muso qaynatasiga aytib berdi. 9Egamiz Isroil xalqiga qilgan yaxshiliklari uchun, ularni Misrliklarning qoʻlidan qutqargani uchun Yatro sevinib, shunday dedi:
10— Sizlarni Misrliklarning va firʼavnning qoʻlidan qutqargan Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! Isroil xalqini Misrliklarning zulmidan U qutqardi. 11Egamiz boshqa hamma xudolardan ulugʻ ekanini endi bilaman. Egamiz Oʻz xalqini takabbur Misrliklarning qoʻlidan xalos qildi.
12Soʻngra Musoning qaynatasi Yatro Xudoga kuydiriladigan qurbonlik va boshqa qurbonliklar keltirdi. Horun va barcha Isroil oqsoqollari Musoning qaynatasi bilan Xudoning huzurida muqaddas taom yegani kelishdi.
Yatroning maslahati
13Ertasi kuni Muso hukm kursisiga oʻtirib, xalqning janjallarini ajrim qila boshladi. Xalq Musoning atrofida ertalabdan kechgacha tik turdi. 14Qaynatasi Musoning xalq uchun qilayotgan hamma ishlarini koʻrgach, aytdi:
— Nimaga shuncha ishni bir oʻzing qilyapsan? Odamlar sendan yordam soʻrash uchun kun boʻyi tik turishdi.
15Shunda Muso qaynatasiga aytdi:
— Odamlar Xudoning hukmini bilish uchun mening oldimga kelishadi. 16Qachon bir janjalli ish boʻlsa ham mening oldimga kelishadi. Men esa ikkala tomon oʻrtasida qaror chiqarib, Xudoning qonun–qoidalarini ularga aytaman.
17— Bu yoʻl yaxshi emas, — dedi qaynatasi Musoga. 18— Ham oʻzingni, ham yoningdagi xalqni qiynayapsan. Bu ish juda ogʻir yuk, bir oʻzing bajara olmaysan. 19Gapimga quloq sol, senga bir maslahat berayin: Xudo senga yor boʻlsin. Xudoning huzurida xalq uchun sen vositachi boʻlishing kerak. Xalqning bahs–munozaralarini Xudoga sen yetkazishing lozim. 20Xudoning qarorini xalqqa sen ayt, Xudoning qonun–qoidalarini oʻrgat, ular qanday qilib toʻgʻri hayot kechirishlari kerakligini koʻrsat. 21Ammo bularga qoʻshimcha qilib, sen Xudodan qoʻrqqan, diyonatli, tamadan nafratlanadigan, layoqatli odamlarni tanlab ol. Ularni xalq tepasiga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi qilib tayinla. 22Bu odamlar hamma haq masalalar ustidan qaror qilib, xalqqa xizmat qilishsin. Juda muhim yoki juda qiyin masalalarni esa senga olib kelishlari mumkin. Kichikroq ishlarni oʻzlari koʻrib chiqaversin. Ular sen uchun ishni osonroq qilib, ogʻirlikni koʻtarishda senga yordam beradilar. 23Agar Xudo shu maslahatlarimni yuragingga solsa, sen tazyiqlarga bardosh bera olasan. Hamma tinchgina oʻz joyiga ketadi.
24Muso qaynatasining gapiga quloq soldi. U nima aytgan boʻlsa, hammasini qildi. 25Isroil xalqi orasidan layoqatli odamlarni tanlab oldi. Oʻsha odamlarni mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi qilib tayinladi. 26Ular hamma masalalarni adolatli hal qilardilar. Qiyin masalalarni Musoga olib kelishar, kichikroq ishlarni esa oʻzlari qarab chiqishardi. 27Shundan keyin Muso qaynatasiga ijozat berdi. Yatro oʻz yurtiga qaytib ketdi.

Currently Selected:

Chiqish 18: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in