Xudoning qarorini xalqqa sen ayt, Xudoning qonun–qoidalarini oʻrgat, ular qanday qilib toʻgʻri hayot kechirishlari kerakligini koʻrsat. Ammo bularga qoʻshimcha qilib, sen Xudodan qoʻrqqan, diyonatli, tamadan nafratlanadigan, layoqatli odamlarni tanlab ol. Ularni xalq tepasiga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi qilib tayinla.