Muso qoʻllarini koʻtarganda, Isroil xalqi gʻolib kelar, tushirganda esa Omoleklar gʻolib kelardi. Oxiri Musoning qoʻllari toliqdi. Shunda Horun bilan Xur Musoga tosh keltirib qoʻyib berdilar. Muso tosh ustiga oʻtirdi. Keyin Musoning qoʻllarini bir tomondan Horun, bir tomondan Xur yuqoriga koʻtarib turdi. Quyosh botguncha, Musoning qoʻllarini yuqoriga koʻtarib turaverdilar.