“Qaniydi Egamiz bizni Misrda oʻldirib qoʻya qolganda edi! Biz Misrda goʻsht solingan qozon boshida oʻtirardik, toʻygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan oʻlib ketsin deb, bizni sahroga olib keldingiz.”
Shunda Egamiz Musoga:
— Nonni sizlarga osmondan yogʻdiraman! — dedi. — Xalq har kuni chiqib, kunda kerak boʻladigan nonini yigʻishtirib oladi. Shu yoʻl bilan bu xalqni sinayman. Ular Mening koʻrsatmalarimga rioya qiladilarmi, yoki yoʻqmi, koʻraman.