Bu dunyoda oʻzlaringiz uchun boylik gʻamlamanglar. Axir, bunday boylikni kuya yeydi, zang bosadi, oʻgʻri tushib oʻgʻirlaydi. Aksincha, oʻzlaringiz uchun samoda xazina yigʻinglar. Bunday boylikni kuya yemaydi, zang bosmaydi, oʻgʻri ham oʻgʻirlay olmaydi. Xazinangiz qayerda boʻlsa, yuragingiz ham oʻsha yerda boʻladi.