YouVersion Logo
Search Icon

Matto 6:16-18

Matto 6:16-18 O‘ZBMK

Roʻza tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi, qovoq solib yurmanglar. Ular roʻza tutayotganlarini boshqalarga koʻrsatish uchun yuvinib–taranmaydilar. Sizlarga chinini aytayin: ular oʻz mukofotlarini olib boʻlganlar. Sizlar roʻza tutganlaringizda yuzlaringizni yuvib, sochlaringizni tarab yuring, toki roʻza tutganingizni yashirin boʻlgan Otangizdan boshqa hech kim bilmasin. Shunda yashirin qilgan ishingizni koʻrgan Otangiz sizni taqdirlaydi.