Imoni tufayli Ibrohim Xudoga itoat qildi. Xudo unga: “Men senga mulk qilib beradigan yerga bor”, deb buyurganda, Ibrohim qayerga ketayotganini bilmasdan yoʻlga tushdi. Imoni tufayli u Xudo vaʼda qilgan yerda oʻrnashdi, musofir boʻlib, chodirlarda yashadi. Uning oʻgʻillari Isʼhoq va Yoqub ham u kabi kun kechirishdi, chunki Xudo ularga ham xuddi oʻsha vaʼdani bergandi.