Imoni bizga ibrat boʻlib xizmat qiladigan ana shu odamlarning hammasi atrofimizni oʻrab olgan. Bu katta olomon bizni kuzatib turarkan, taqdirimizdagi musobaqada sabr–toqat bilan chopaylik. Yugurishimizga xalaqit berayotgan har qanday yukni, ayniqsa, toʻsqinlik qilayotgan har qanday gunohni bir chetga uloqtirib tashlaylik. Isoga koʻz tikaylik. Axir, bu imon musobaqasida U biz uchun yoʻl ochib, butun masofani bizdan oldin yugurib oʻtdi. Iso kelajakdagi shodlikka erishish uchun sharmandali oʻlimni pisand qilmay, xochda azob tortib jon berdi. Hozir esa U Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi.