1
Ibroniylar 13:5
Muqaddas Kitob
Pulga koʻngil bogʻlamanglar, bori bilan qanoatlaninglar. Zero, Xudo: “Sizlarni tashlab ketmayman, sizlarni tark etmayman”, — deb aytgan.
Compare
Explore Ibroniylar 13:5
2
Ibroniylar 13:8
Iso Masih kecha, bugun va to abad Oʻshadir, U oʻzgarmaydi.
Explore Ibroniylar 13:8
3
Ibroniylar 13:6
Shuning uchun biz ishonch bilan ayta olamiz: “Egam Madadkorimdir, shu bois qoʻrqmayman. Insonlar menga nima qila oladi?!”
Explore Ibroniylar 13:6
4
Ibroniylar 13:16
Yaxshilik qilishni va bir–birimizga yordam berishni unutmaylik, chunki bunday nazrlar Xudoga manzurdir.
Explore Ibroniylar 13:16
5
Ibroniylar 13:15
Shunday ekan, Iso orqali Xudoga hamdu sano nazrlarini taqdim qilaveraylik. Isoni Rabbimiz deb eʼtirof etishimiz Xudoga qurbonlikday boʻlsin.
Explore Ibroniylar 13:15
6
Ibroniylar 13:4
Nikohni hammangiz eʼzozlanglar. Er–xotinlik munosabatini begʻubor saqlanglar. Fahshu zinoga berilganlarni Xudo hukm qiladi.
Explore Ibroniylar 13:4
7
Ibroniylar 13:2
Mehmondoʻstlikni unutmanglar. Zero, mehmondoʻst boʻlgan baʼzi odamlar oʻzlari bilmagan holda farishtalarni mehmon qilishgan.
Explore Ibroniylar 13:2
8
Ibroniylar 13:20-21
Tinchlik beradigan Xudo Rabbimiz Isoni oʻlikdan tiriltirdi. Iso Oʻz qoni bilan abadiy ahdni muhrlagani uchun, Xudo Uni Oʻz xalqining ulugʻ Choʻponi qilib tayinladi. Shu qadar buyuk ishlarni qilgan Xudoning xohish–irodasini bajara olishingiz uchun, U sizlarga har qanday ezgu fazilat va inʼom bersin. U Oʻzining manzur murod–maqsadini Iso Masih orqali sizlarda bajo keltirsin. Iso Masihga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Explore Ibroniylar 13:20-21
Home
Bible
Plans
Videos