Ibroniylar 13
13
13–BOB
Soʻnggi nasihatlar
1Bir–biringizni birodarlarday yaxshi koʻrishni davom ettiringlar. 2Mehmondoʻstlikni unutmanglar. Zero, mehmondoʻst boʻlgan baʼzi odamlar#13:2 baʼzi odamlar — misol uchun, Ibrohim (Ibtido 18:1-33 ga qarang), Lut (Ibtido 19:1-17 ga qarang), Gidoʻn (Hakamlar 6:11-22 ga qarang), Monuvax (Hakamlar 13:2-21 ga qarang) nazarda tutilgan. oʻzlari bilmagan holda farishtalarni mehmon qilishgan. 3Qamoqdagi birodarlaringizni unutmanglar, goʻyo oʻzingiz ham ular bilan birga qamoqda oʻtirgandek, ularni yodingizda tutinglar. Xoʻrlanganlarni unutmanglar, oʻzingizni ularning oʻrniga qoʻyib koʻringlar.
4Nikohni hammangiz eʼzozlanglar. Er–xotinlik munosabatini begʻubor saqlanglar. Fahshu zinoga berilganlarni Xudo hukm qiladi.
5Pulga koʻngil bogʻlamanglar, bori bilan qanoatlaninglar. Zero, Xudo:
“Sizlarni tashlab ketmayman, sizlarni tark etmayman”,
— deb aytgan#13:5 Xudo…deb aytgan — bu oʻrinda muallif Qonunlar 31:6, Yoshua 1:5 ni nazarda tutgan.. 6Shuning uchun biz ishonch bilan ayta olamiz:
“Egam Madadkorimdir, shu bois qoʻrqmayman.
Insonlar menga nima qila oladi?!”#13:6 Muallif bu oʻrinda Zabur 117:6 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
7Xudoning kalomini sizlarga oʻrgatgan ustozlaringizni xotirlanglar. Ularning bosib oʻtgan hayot yoʻli haqida fikr yuritinglar. Imonlariga taqlid qilinglar. 8Iso Masih kecha, bugun va to abad Oʻshadir, U oʻzgarmaydi.
9Shunday ekan, turli xil gʻalati taʼlimotlarga berilib, toʻgʻri yoʻldan ogʻib ketmanglar. Qurbonlik marosimlariga doir yegulik–ichgulik qoidalariga rioya qilavermay, yaxshisi, Xudoning inoyati bilan yuragingizni baquvvat qilinglar. Axir, insonlar yaratgan bu qoidalar ularga rioya qiluvchilarga hech qanday foyda keltirmaydi. 10Esingizda boʻlsin, biz koʻzga koʻrinmaydigan, haqiqiy qurbongoh oldida sajda qilmoqdamiz. Yerdagi qurbongoh#13:10 …haqiqiy qurbongoh…Yerdagi qurbongoh… — majoziy maʼnoda yangi ahdga va avvalgi ahdga (yaʼni Sinay togʻida Musoga berilgan qonun–qoidalarga) ishora qilingan (8:6-9:15 ga qarang). oldida sajda qilayotganlar haqiqiy qurbongohda sajda qila olmaydilar. 11Ilgarilari oliy ruhoniy xalqni gunohlaridan poklash uchun hayvonlarni qurbonlik qilardi. U qurbonliklar qonini Muqaddas xonaga olib kirgandan soʻng, goʻshtini yemasdan, soʻyilgan hayvonlarni qarorgohdan tashqarida kuydirardi#13:11 Ilgarilari oliy ruhoniy…kuydirardi — bu oyatda muallif Poklanish kunida oliy ruhoniy qiladigan ishlarni nazarda tutgan (Levilar 16:1-34 ga qarang).. 12Shu singari, Iso ham shahar#13:12 shahar — yaʼni Quddus shahri. darvozasidan tashqarida azob chekib oʻldi. U Oʻz qonini toʻkib, xalqini gunohlardan pokladi. 13Kelinglar, endi biz ham qarorgoh tashqarisiga — Isoning oldiga chiqaylik. U bilan birga xoʻrliklarga chidaylik. 14Zero, bizning bu dunyoda doimiy maskanimiz yoʻq, biz boʻlgʻusi shaharga koʻz tikkanmiz. 15Shunday ekan, Iso orqali Xudoga hamdu sano nazrlarini taqdim qilaveraylik. Isoni Rabbimiz deb eʼtirof etishimiz Xudoga qurbonlikday boʻlsin. 16Yaxshilik qilishni va bir–birimizga yordam berishni unutmaylik, chunki bunday nazrlar Xudoga manzurdir.
17Jamoatdagi yoʻlboshchilaringizga quloq solinglar, aytganlarini qilinglar. Axir, ular imon yoʻlida sizlarga posbonlik qiladilar, Xudoning oldida sizlar uchun hisobot beradilar. Ularga itoat qilsangiz, ular oʻz ishini xursandchilik bilan bajaradilar, boʻlmasa, oʻlgan kunidan qiladilar. Bundan sizga nima foyda?!
18Men uchun ibodat qilinglar. Vijdonim toza ekanligiga aminman. Hurmatga loyiq hayot kechirishga harakat qilyapman. 19Oʻtinib soʻrayman, men uchun ibodat qilinglar, toki sizlarning oldingizga tezroq qaytib boray.
Soʻnggi duolar
20Tinchlik beradigan Xudo Rabbimiz Isoni oʻlikdan tiriltirdi. Iso Oʻz qoni bilan abadiy ahdni muhrlagani uchun#13:20 Iso Oʻz qoni bilan abadiy ahdni muhrlagani uchun… — 9:15-18 oyatlarga va 9:18 izohiga qarang., Xudo Uni Oʻz xalqining ulugʻ Choʻponi#13:20 Choʻpon — Yuhanno 10:11-16 ga qarang. qilib tayinladi. 21Shu qadar buyuk ishlarni qilgan Xudoning xohish–irodasini bajara olishingiz uchun, U sizlarga har qanday ezgu fazilat va inʼom bersin. U Oʻzining manzur murod–maqsadini Iso Masih orqali sizlarda bajo keltirsin. Iso Masihga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
22Ey birodarlarim, sizlarga qisqagina maktub yozdim. Oʻtinaman, maktubimdagi nasihatlarni sabr–toqat bilan qabul qilinglar.
23Aytmoqchi, birodarimiz Timoʻtiy#13:23 Timoʻtiy — ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning hamkori (Havoriylar 16:1-3, Filippiliklar 2:20-22 ga qarang). qamoqdan chiqdi. Agar bu yerga u vaqtida yetib kelsa, sizlarni koʻrgani borganimda, uni ham olib boraman. 24Jamoatdagi hamma yoʻlboshchilaringizga va barcha Xudoning azizlariga salom aytinglar. Italiyalik birodarlarimiz sizlarga salom yoʻllayaptilar.
25Xudoning inoyati hammangizga yor boʻlsin#13:25 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..
Currently Selected:
Ibroniylar 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020