Ibroniylar 11
11
11–BOB
Imon nima?
1Imon — umid qilingan narsalarning amalga oshishiga ishonish, koʻrinmaydigan narsalarga amin boʻlish demakdir. 2Imon tufayli ota–bobolarimiz Xudoning maqtoviga sazovor boʻldilar.
Qadimgi imon qahramonlari
3Imon tufayli biz koinot Xudoning kalomi bilan yaratilganini anglab olamiz, koʻrinadigan moddalar koʻrinmaydigan voqelikdan vujudga kelganini bilamiz.
4Imoni tufayli Hobil#11:4 Hobil — Ibtido 4:3-10 ga qarang. Xudoga, Qobildan koʻra, yaxshiroq qurbonlikni keltirdi. Xudo Hobilning qurbonligidan mamnun boʻlib, Hobilni imoni tufayli solih kishi deb bildi. Hobil oʻlgan boʻlsa ham, uning imoni hanuz bizga namuna boʻlib xizmat qilyapti.
5Imoni tufayli Xanoʻx#11:5 Xanoʻx — Ibtido 5:21-24 ga qarang. Sharq yozma adabiyotida Xanoʻx Idris paygʻambar deb eʼtirof etilgan. oʻlmadi. U tiriklayin osmonga koʻtarilib ketdi. Xanoʻx birdaniga gʻoyib boʻlib qolgandi, chunki Xudo uni olib ketgan edi. Muqaddas bitiklarda aytilishicha, Xudo Xanoʻxni olib ketmasdan oldin ham undan mamnun edi. 6Ishonmagan odam hech qachon Xudoni mamnun qila olmaydi. Axir, Xudoga sajda qilayotgan har kim Xudoning borligiga ishonishi kerak, Xudoga yuz burganlarga Xudoning Oʻzi mukofot berishiga u amin boʻlishi kerak.
7Imoni tufayli Nuh#11:7 Nuh — Ibtido 6:9-22 ga qarang. oilasini qutqarish uchun kema qurgandi. U misli koʻrilmagan kulfat haqidagi Xudoning ogohlantirishlarini eshitib, Xudodan qoʻrqib, Unga quloq solgandi. Qilgan bu ishi bilan u Xudoning butun dunyo ustidan chiqargan hukmini eʼlon qildi. Xudo uni imoni tufayli solih kishi deb bildi.
8Imoni tufayli Ibrohim#11:8 Ibrohim — Ibtido 12:1-8 ga qarang. Xudoga itoat qildi. Xudo unga: “Men senga mulk qilib beradigan yerga bor”, deb buyurganda, Ibrohim qayerga ketayotganini bilmasdan yoʻlga tushdi. 9Imoni tufayli u Xudo vaʼda qilgan yerda oʻrnashdi, musofir boʻlib, chodirlarda yashadi. Uning oʻgʻillari Isʼhoq va Yoqub ham u kabi kun kechirishdi, chunki Xudo ularga ham xuddi oʻsha vaʼdani bergandi. 10Nega Ibrohim bunday qildi? Chunki u Xudo tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan, poydevori mustahkam, boqiy shaharni kutayotgan edi. 11Oʻzi qarib ketgan, xotini Sora esa bepusht boʻlganiga qaramay, Ibrohim imoni tufayli farzand koʻrdi#11:11 Oʻzi qarib ketgan…Ibrohim imoni tufayli farzand koʻrdi — yoki Bepusht va qari boʻlsa ham, Sora imoni tufayli farzand koʻrdi. Ibtido 18:10-14, 21:1-3 ga qarang.. Chunki farzandni vaʼda qilgan Xudo sadoqatli ekaniga u ishonardi. 12Shuning uchun bir oyogʻi goʻrda boʻlgan bu bitta odamdan osmondagi yulduzlarday, dengiz qirgʻogʻidagi qumday son–sanoqsiz nasl kelib chiqdi.
13Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub olamdan oʻtdilar, ammo Xudo bergan vaʼdasini bajarishiga ular ishonardilar. Ular Xudo vaʼda qilgan yurtga erishmadilar, ammo oʻsha yurtni uzoqdan koʻrib, xursand boʻlgan edilar. Ular bu dunyoda kelgindi va musofir ekanliklarini ochiqchasiga tan oldilar. 14Musofirligini tan olgan odamlar oʻzlarining haqiqiy vatanini qoʻmsayotganini koʻrsatadilar. 15Bordi–yu, ular kelib chiqqan yurtini qoʻmsagan boʻlganlarida edi, u yerga qaytib borish uchun ilojini topgan boʻlar edilar. 16Aslida ular yaxshiroq yurtni, yaʼni samoviy vatanni qoʻmsayotgan edilar. Shuning uchun Xudo Oʻzini ularning Xudosi deb atashdan or qilmaydi. Xudo hatto ular uchun bir shahar hozirlagan edi.
17-18Xudo Ibrohimni sinovdan oʻtkazayotganda#11:17-18 Xudo Ibrohimni sinovdan oʻtkazayotganda… — Ibtido 22:1-14 ga qarang., Ibrohim oʻz imoni tufayli oʻgʻli Isʼhoqni qurbonlikka olib bordi. Garchi Xudo unga: “Men senga vaʼda qilgan nasling Isʼhoq orqali kelib chiqadi”#11:17-18 Ibtido 21:12 ga qarang., — deb vaʼda bergan boʻlsa–da, u yagona oʻgʻlini qurbonlik qilishga tayyor edi. 19Demak, Xudo hatto oʻliklarni ham tiriltirishga qodir ekanligiga Ibrohim ishonardi. Shuning uchun Xudo Isʼhoqni Ibrohimga tiriklayin qaytarib berdi. Isʼhoq oʻlikdan tiriladigan hamma odamlarning ramzi boʻlib xizmat qiladi.
20Imoni tufayli Isʼhoq#11:20 Isʼhoq — Ibtido 27:1-40 ga qarang. oʻz oʻgʻillari Yoqub va Esovni duo qildi. Kelajakda duolari amalga oshishiga u ishongandi. 21Imoni tufayli Yoqub#11:21 Yoqub — Ibtido 48:1-20 ga qarang. ham Yusufning oʻgʻillarini birma–bir duo qildi. U olamdan koʻz yumayotganda ham, oʻz hassasiga suyanganicha, Xudoga sajda qildi#11:21 U…Xudoga sajda qildi — Ibtido 47:29-31 ga qarang.. 22Imoni tufayli Yusuf#11:22 Yusuf — Ibtido 50:24-25 ga qarang. Isroil xalqining Misrdan chiqib ketishi toʻgʻrisida bashorat qildi. U oʻsha paytda oʻlim toʻshagida yotgan boʻlib: “Mening suyaklarimni oʻzlaringiz bilan bu yerdan olib ketinglar”, deb vasiyat qilgandi.
23Imoni tufayli Musoning ota–onasi#11:23 Musoning ota–onasi — Chiqish 2:1-2 ga qarang. yangi tugʻilgan Musoni uch oy yashirishdi. Ular chaqaloqning chiroyli ekanligini koʻrib, firʼavnning farmonidan qoʻrqishmadi. 24Muso#11:24 Muso — Chiqish 2:10-15 ga qarang. voyaga yetganda imoni tufayli firʼavn qizining oʻgʻli deb atalishni rad etdi. 25U gunoh qilib, vaqtinchalik huzur–halovatda yashashdan koʻra, Xudoning xalqi bilan birga azob–uqubat chekishni oʻziga ravo koʻrdi. 26U kelajakdagi mukofotni koʻzlagani uchun Masihni deb xoʻrlanishni Misrning xazinalaridan afzal deb bildi. 27Imoni tufayli Muso Misrni tark etdi. U firʼavnning gʻazabidan qoʻrqmadi. Goʻyo koʻrinmas Xudoni koʻrgandek, tanlagan yoʻlidan qaytmadi. 28Imoni tufayli u Isroil xalqiga Fisih#11:28 Fisih — Chiqish 12:21-28 ga qarang. qoʻzilarini soʻyishni buyurdi. Soʻng qoʻzilarning qonini eshiklar kesakilariga#11:28 kesakilari — eshik oʻrnatilgan chorchoʻplar. sepishni buyurdi. Bundan maqsadi Isroil xalqining toʻngʻich oʻgʻillarini Azroildan asrab qolish edi.
29Imoni tufayli Isroil xalqi Qizil dengizdan#11:29 Qizil dengiz — Chiqish 14:5-31 ga qarang. xuddi quruqlikdan oʻtayotgandek kechib oʻtdi. Misrliklar ham oʻtmoqchi boʻlishdi, ammo choʻkib ketishdi.
30Isroil xalqi yetti kun Yerixo shahri#11:30 Yerixo shahri — Yoshua 6:12-21 ga qarang. devorlari atrofida aylanib boʻlgandan keyin, ularning imoni tufayli shahar devorlari qulab tushdi. 31Imoni tufayli fohisha Rahoba#11:31 Rahoba — Yoshua 2:1-21, 6:22-24 ga qarang. halok boʻlmadi. U aygʻoqchilarga mehmondoʻstlik qilgani uchun Xudoga itoat qilmagan hamshaharlari bilan birga oʻlmadi.
32Yana kimni misol qilib keltiray?! Gidoʻn, Baraq, Shimshoʻn, Yiftox, Dovud, Shomuil#11:32 Gidoʻn, Baraq, Shimshoʻn, Yiftox, Dovud, Shomuil — Gidoʻn (Hakamlar 6:1-8:35 ga qarang), Baraq (Hakamlar 4:1-24 ga qarang), Shimshoʻn (Hakamlar 13:1-16:31 ga qarang), Yiftox (Hakamlar 11:1-12:7 ga qarang), Dovud (1 Shohlar 16:1 dan 3 Shohlar 2:12 gacha qarang), Shomuil (1 Shohlar 1-4, 7-13, 15-16, 19–boblarga qarang). va boshqa paygʻambarlar haqida hikoya qilish uchun vaqtim yetarli emas. 33Imoni tufayli ular shohliklarni bosib oldilar, davlatni adolat bilan boshqardilar va Xudo bergan vaʼdalarga erishdilar. Sherlarning#11:33 Sherlar — Hakamlar 14:6, 1 Shohlar 17:34-35, Doniyor 6:13-23 ga qarang. jagʻlarini yopdilar, 34lovullagan olovni#11:34 olov — Doniyor 3:13-27 ga qarang. oʻchirdilar va qilich tigʻidan omon qoldilar. Holdan toygan paytlarida kuchga toʻldilar, jangda bahodirlik koʻrsatdilar va oʻzga yurt lashkarlarini tor–mor qildilar. 35Ayollar#11:35 Ayollar — 3 Shohlar 17:17-24, 4 Shohlar 4:17-37 ga qarang. marhum qarindoshlarini tirilgan holda qaytarib oldilar.
Boshqalar esa imoni tufayli qiynoqlarni boshdan kechirdilar. Ular Xudodan voz kechib, oʻlimdan qutulishlari mumkin edi. Ammo ular bunday qilmadilar, chunki aʼloroq narsani, yaʼni abadiy hayot uchun tirilishni umid qilgan edilar. 36Ulardan baʼzilari haqoratu kaltaklarga chidadilar, baʼzilari zanjirband boʻlib, zindonlarda yotdilar. 37Ularni toshboʻron qildilar#11:37 Ularni toshboʻron qildilar… — 2 Solnomalar 24:20-22, Matto 23:37 ga qarang. Anʼanaga koʻra Yeremiyo paygʻambar Misrda toshboʻron qilib, oʻldirilgan., tanalarini arralab ikkiga boʻldilar#11:37 …tanalarini arralab ikkiga boʻldilar… — anʼanaga koʻra Ishayo paygʻambar Yahudo shohi Manashe tomonidan ana shunday oʻlim jazosiga tortilgan., qilichdan oʻtkazdilar. Ular qoʻy va echki poʻstinlarini kiyib, sarson–sargardon boʻldilar, muhtojlikda yashadilar, zulm ostida qoldilar, xor boʻldilar. 38Ular choʻl–sahrolarda, togʻ–toshlarda daydib yurdilar, gʻorlarda, yerning kavaklarida yashirindilar. Aslida dunyo ularning tirnogʻiga ham arzimas edi!
39Ular imoni tufayli Xudoning maqtoviga sazovor boʻldilar. Shunday boʻlsa–da, Xudoning vaʼdasiga erishmadilar. 40Xudoga sodiq qolgan bu odamlarni Xudo biz bilan birga barkamol qilishni istadi. Chunki U bizni ham oʻylagan holda aʼloroq rejani tayyorlab qoʻygandi.
Currently Selected:
Ibroniylar 11: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020