Ibroniylar 11:24-27
Ibroniylar 11:24-27 O‘ZBMK
Muso voyaga yetganda imoni tufayli firʼavn qizining oʻgʻli deb atalishni rad etdi. U gunoh qilib, vaqtinchalik huzur–halovatda yashashdan koʻra, Xudoning xalqi bilan birga azob–uqubat chekishni oʻziga ravo koʻrdi. U kelajakdagi mukofotni koʻzlagani uchun Masihni deb xoʻrlanishni Misrning xazinalaridan afzal deb bildi. Imoni tufayli Muso Misrni tark etdi. U firʼavnning gʻazabidan qoʻrqmadi. Goʻyo koʻrinmas Xudoni koʻrgandek, tanlagan yoʻlidan qaytmadi.