Oʻsha tunda Men Misrning bu boshidan narigi boshigacha oʻtib, insonlarning har bir toʻngʻich oʻgʻillarini ham, chorvaning birinchi erkak bolasini ham oʻldiraman. Men, Egangiz, Misrning hamma xudolariga qarshi hukmni ijro etaman. Eshiklaringizning kesakisiga surtilgan qon yashayotgan uylaringizni belgilaydi. Qonni koʻrib, sizlarni chetlab oʻtaman. Men Misrni jazolaganimda, oʻlat ofatidan sizlar omon qolasizlar.