Egamiz kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida ularning oldida yurib, yoʻllarini yoritib yoʻl koʻrsatib bordi. Shu tariqa Isroil xalqi hamma vaqt — kunduzi ham, kechasi ham yoʻl yura oldi. Kunduzi bulut ustuni, kechasi alanga ustuni xalqning oldidan bir dam nari ketmadi.