Shunda Misrdagi hamma toʻngʻich oʻgʻillar — taxtda oʻtirgan firʼavnning toʻngʻichidan tortib, qoʻl tegirmonida oʻtirib ishlayotgan choʻri xotinning toʻngʻich oʻgʻligacha nobud boʻladi. Hatto chorvaning birinchi erkak bolasigacha nobud boʻladi. Butun Misr boʻylab qattiq faryod koʻtariladi. Bunaqa voqea ilgari boʻlmagan, bundan keyin ham boʻlmaydi.