Zakariyo 14
14
14–BOB
Kelajakdagi urush va gʻalaba
1Egamizning kuniga#14:1 Egamizning kuni — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. oz qoldi. Ey Quddus ahli, oʻsha kuni mulkingiz koʻz oldingizda talon–taroj qilinadi. 2Egamiz barcha xalqlarni Quddusga qarshi jang qilishga yigʻadi. Dushmanlar shaharni qoʻlga kiritishadi. Uylarni talab ketishadi, ayollarni zoʻrlashadi. Shahar aholisining yarmi surgunga ketadi. Qolganlari esa shahardan haydalmaydi.
3Shundan keyin Egamiz urushdagi jangchiday oʻsha xalqlarga hujum qiladi. 4Oʻsha kuni U Quddus shahrining sharqida boʻlgan Zaytun togʻining ustida turadi. Shu kuni Zaytun togʻi ikkiga ajraladi. Togʻ orasidan sharqdan gʻarbga qarab ketgan keng bir vodiy oʻtadi. Shunda togʻning bir tarafi shimolga, ikkinchi tarafi esa janubga suriladi. 5Sizlar oʻsha vodiy orqali qochasizlar. Togʻlar orasidagi vodiy Oziyolgacha#14:5 Oziyol — bu joy haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Shu bobning 4–oyatida tasvirlanishicha, bu joy Quddusdan sharqda boʻlgan, deb taxmin qilish mumkin. choʻziladi. Sizlar Yahudo shohi Uzziyo davrida boʻlgan zilzila#14:5 Yahudo shohi Uzziyo davrida boʻlgan zilzila — Yahudo shohi Uzziyo davrida (yaʼni miloddan oldingi 781-740 yillarda) qattiq zilzila boʻlgani tarixdan maʼlum. Bu zilzila haqida Amos 1:1 da ham aytib oʻtilgan. paytida qochganday qochasizlar. Shunda Egamiz Xudo Oʻz farishtalari bilan birga keladi.
6Oʻsha kuni barcha yorugʻlik manbalari soʻnib, nur taratmaydigan boʻlib qoladi. 7Ammo kun davom etaveradi. Shunda kun ham, tun ham boʻlmaydi. Kech kirganda ham yorugʻ boʻlib turaveradi. Bu qachon sodir boʻlishini faqatgina Egamiz biladi.
8Oʻsha kuni Quddusdan hayotbaxsh suvlar oqib chiqadi, uning yarmi Oʻlik dengizga, qolgan yarmi esa Oʻrta yer dengiziga quyiladi. Suv yozda ham, qishda ham oqaveradi.
9Egamiz esa butun yer yuzining Shohi boʻladi. Oʻsha kuni barcha xalqlar Egamizni tanho Ega deb tan oladi va faqat Unga sajda qilishadi.
10Shimoldagi Gebodan Quddusning janubidagi Rimmongacha boʻlgan joylar, butun yurt#14:10 Shimoldagi Gebodan Quddusning janubidagi Rimmongacha boʻlgan joylar, butun yurt… — Yahudo yurtiga ishora. Bobilliklar Yahudoni bosib olishlaridan oldin, Gebo va Rimmon shaharlari Yahudoning shimoliy va janubiy chegaralariga yaqin yerda joylashgan edi (1:19 ning izohlariga qarang). tekislikka aylanadi. Quddus esa oʻzining yuksak joyida turaveradi. Shahar Benyamin darvozasidan Eski darvozagacha, Burchak darvozasigacha, Xanonil minorasidan shohga qarashli boʻlgan uzum siqish chuqurigacha#14:10 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. choʻzilgan boʻladi. 11Quddusda yana odamlar yashaydigan boʻladi, bundan keyin uni hech qachon vayron qilishmaydi. Quddusda tinchlik qaror topadi.
12Quddusga qarshi urush ochgan xalqlarning boshiga Egamiz quyidagi oʻlatni yuboradi: tirik boʻlsalar ham tanasi chirib ketadi, koʻzlari kosasidayoq chirib ketadi, tillari esa ogʻizlaridayoq chirib ketadi. 13Oʻsha kuni Egamiz ularni benihoya dahshatga tushiradi. Hamma oʻz yonidagi odamni ushlab, bir–biriga qarshi qoʻl koʻtaradi. 14Hatto Yahudo xalqi ham Quddusdagi jangga qoʻshiladi. Uning atrofidagi barcha xalqlarning boyliklari — juda koʻp tilla, kumush va kiyimlar oʻlja qilib olinadi. 15Yuqorida aytilgan oʻlat dushmanlarning qarorgohidagi hamma hayvonlarga — otlarga, xachirlarga, tuyalarga, eshaklarga ham qirgʻin keltiradi.
16Quddusga qarshi urush ochganlardan tirik qolganlari esa har yili Shoh — Sarvari Olamga sajda qilishga va Chayla bayramini nishonlashga kelishadi. 17Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shoh — Sarvari Olamga sajda qilish uchun Quddusga kelmasa, ularning yurtida yomgʻir yogʻmaydi. 18Agar Misr xalqi ham bayramga kelishni rad etsa, ularning yurtida ham yomgʻir yogʻmaydi. Egamiz#14:18 …ularning yurtida ham yomgʻir yogʻmaydi. Egamiz… — yoki …ular Quddusga bormasa, Egamiz…. Chayla bayramiga kelishni rad etgan boshqa xalqlarning boshiga solgan oʻsha kulfatni ularning boshiga ham soladi. 19Chayla bayramini nishonlashga chiqmagan Misr xalqi va boshqa hamma xalqlarning jazosi shu boʻladi.
20Oʻsha kuni hatto otlarning yuganlaridagi qoʻngʻiroqlarida ham “Egamizga bagʻishlangan”#14:20 “Egamizga bagʻishlangan” — tilla lavhaga oʻyib yozilgan bu yozuvni oliy ruhoniy sallasining old tomoniga taqib yurardi (Chiqish 28:36-38 ga qarang). Oyatning mazmuniga koʻra, Egamizning kuni kelganda hamma narsa muqaddas, Xudoning xizmatiga bagʻishlangan boʻladi. degan yozuv boʻladi. Qurbongoh oldida ishlatiladigan togʻorachalar muqaddas boʻlgani kabi, Egamizning uyidagi oddiy qozonlar ham xuddi shunday muqaddas boʻladi. 21Quddus va Yahudodagi barcha qozonlar Sarvari Olamga bagʻishlangan boʻladi. Shunda kim qurbonlik keltirmoqchi boʻlsa, qurbonlik goʻshtini shu qozonlarda qaynatsa boʻlaveradi. Oʻsha kuni Mening uyimda savdogarlar#14:21 savdogarlar — ibroniycha matnda Kanʼonliklar. Baʼzi oʻrinlarda Kanʼonliklar soʻzi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan. Oyat mazmuniga koʻra, Maʼbadda sajda qiluvchilar bundan keyin savdogarlardan poklangan idishlar sotib olishga majbur boʻlmaydilar, chunki hamma idishlar muqaddas boʻladi. Yoki Zakariyo Kanʼonliklar soʻzi orqali Xudoga chin dildan itoat etmaydigan, Unga sajda qilmaydigan odamlarga ishora qilgan boʻlishi mumkin. boshqa boʻlmaydi.
Currently Selected:
Zakariyo 14: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020