Zakariyo 13
13
13–BOB
1-2Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Oʻsha kuni Dovud avlodi va Quddus aholisi uchun bir buloq ochiladi. Bu buloq ularning barcha gunohlari va nopokliklarini yuvadi.
Oʻsha kuni Men bu yurtdan barcha butlarni yoʻq qilaman. Hatto ularning nomlari ham unutiladi. Men bu yurtdan yana soxta paygʻambarlarni va ularni ilhomlantiradigan yovuz ruhni olib tashlayman. 3Agar yana soxta paygʻambar chiqsa, oʻz ota–onasi unga shunday deydi:
— Sen endi yashamaysan, chunki sen Egamiz nomidan yolgʻon gaplarni gapiryapsan.
Oʻsha paygʻambar yana bashorat qilganda oʻz tuqqan ota–onasi uni nayza sanchib oʻldiradi. 4Oʻsha kuni soxta paygʻambarlarning har biri oʻzlarining bashoratlaridan uyatga qoladilar. Ular endi xalqni aldamaydilar, paygʻambarlarning jundan toʻqilgan kiyimlarini kiymaydilar. 5Endi ular:
— Men paygʻambar emasman, men yerga ishlov beraman. Yoshligimdan bir kishining xizmatidaman, — deydilar. 6Agar birortasi ulardan:
— Badaningizdagi yara izlari#13:6 Badaningizdagi yara izlari — Kanʼon xalqlarining xudolariga xizmat qiladigan paygʻambarlar baʼzan badanlarini tilardilar (3 Shohlar 18:28 ga qarang). Badanlaridagi yara izlari ularning soxta paygʻambar boʻlganining dalili edi. qayerdan paydo boʻlgan? — deb soʻrasa, ularning javobi quyidagicha boʻladi:
— Men bu yaralarni doʻstlarimning uyida orttirganman.”
Xudoning choʻponini oʻldirish haqidagi amr
7Sarvari Olam shunday demoqda:
“Qani, qoʻzgʻalgin, ey qilich!
Menga yaqin boʻlganga,
Oʻzimga xizmat qilgan choʻponga qarshi chiq.
Choʻponga hamla qilgin,
Shunda qoʻylar har yoqqa tarqalib ketadi,
Men qoʻzichoqlarga qarshi qoʻlimni koʻtaraman.
8Butun yurt xalqining uchdan ikki qismi halok boʻladi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Uchdan bir qismi esa tirik qoladi.
9Men mana shu qolgan uchdan bir qismini
Olovdan oʻtkazib poklaganday poklayman.
Ularni kumushni toblaganday toblayman,
Oltinni sinaganday sinayman.
Ular Menga iltijo qiladilar,
Men esa ularga javob beraman.
«Ular Mening xalqimdir», deyman Men.
Ular esa: «Egamiz bizning Xudoyimizdir», deb aytishadi.”
Currently Selected:
Zakariyo 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020