YouVersion Logo
Search Icon

Zakariyo 12

12
12–BOB
Quddusning kelajakdagi gʻalabasi
1Bashorat. Egamizning Isroil#12:1 Isroil — bu oʻrinda Xudoning jamiki xalqi nazarda tutilgan (11:14 izohiga qarang). haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qoʻygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda: 2“Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qoʻyaman. U oʻzining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan boʻladi#12:2 U oʻzining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan boʻladi — bu oʻrinda sharob Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang). Xalqlar Quddusga hujum qilsalar, ularning oʻzlari halok boʻladilar.. Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylariga ham hujum qilishadi. 3Oʻsha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun ogʻir toshday qilib qoʻyaman. Uni koʻtarganlarning hammasi oʻzlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar. 4Oʻsha kuni, Men har bir otni dahshatga solaman, ularning chavandozlarini esa aqldan ozdiraman, — demoqda Egamiz. — Yahudo xalqiga esa Oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman. Dushmanlarining otlarini koʻr qilib qoʻyaman. 5Shunda Yahudo urugʻlari oʻzlariga:
— Quddus aholisining qudrat manbai bizning Xudoyimiz, Sarvari Olamdir, — deydilar.
6Oʻsha kuni Men Yahudo urugʻlarini oʻtin orasidagi qizib turgan choʻgʻday, bugʻdoy bogʻlamlari orasidagi yonib turgan mashʼaladay qilaman. Ular oʻngu soʻldagi, atrofidagi xalqlarni yamlab yutadilar. Quddusdagi odamlar esa osoyishta hayot kechiradilar.
7Men, Egangiz, avval Yahudo xalqiga gʻalaba beraman. Dovud avlodining va Quddus aholisining shuhrati Yahudoning shuhratidan oshib ketmasligi uchun shunday qilaman. 8Oʻsha kuni Men Quddus aholisini himoya qilaman. Ularning orasidagi eng ojizi ham Dovudday kuchli boʻladi. Dovud avlodi esa Mening farishtamday, xuddi Oʻzimday Quddus ahlini boshlab boradi. 9Mening rejam oʻsha kuni Quddusga qarshi chiqqan barcha xalqlarni halok qilishdir.
10Men Dovud avlodiga, Quddus aholisiga mehr–shafqat va ibodat ruhini yogʻdiraman. Ular Menga — oʻzlari nayza sanchganga qarashadi. Yolgʻiz farzandga aza tutganday, aza tutishadi. Toʻngʻich farzand uchun motam tutganday, motam tutishadi. 11Oʻsha kuni Quddusdagi dod–faryod, Magidoʻ vodiysidagi Hadad–Rimmonda#12:11 Hadad–Rimmon — Yahudoning oxirgi solih shohi Yoʻshiyo aza tutish uchun borib turadigan joyning nomi boʻlishi mumkin. Yoʻshiyo Magidoʻ tekisligida boʻlgan jangda oʻldirilgan (2 Solnomalar 35:20-25 ga qarang). tutilgan azaday, kuchli boʻladi. 12Butun yurt aza tutadi. Har bir oila alohida aza tutadi: Dovud avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Natan#12:12 Natan — Dovudning oʻgʻillaridan biri (2 Shohlar 5:14 ga qarang). avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, 13Levi avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Shimax#12:13 Shimax — Levining nabiralaridan biri (Sahroda 3:17-18 ga qarang). avlodining oilasi va ularning xotinlari alohida aza tutadilar. 14Qolgan oilalar ham oʻzlari alohida aza tutadilar. Ularning xotinlari ham alohida aza tutadilar.”

Currently Selected:

Zakariyo 12: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Zakariyo 12