YouVersion Logo
Search Icon

Malaki Kirish

Kirish
Malaki paygʻambar Naximiyoning zamondoshi boʻlib, taxminan miloddan oldingi 430 yillarda#…taxminan miloddan oldingi 430 yillar… — Naximiyo 13:6-31 ga qarang, bu oyatlarda oʻsha davrda Quddusdagi muammolar haqida bayon qilingan. faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha vaqtda Quddusdagi Maʼbad qayta qurilib boʻlgan va Bobil asirligidagi yahudiylarning asosiy qismi oʻz yurtiga qaytib kelgandi. Ularning vatani Fors imperiyasiga qaram edi.
Yahudiylar uchun bu nihoyatda mashaqqatli damlar edi. Kichkinagina Yahudo yurti buyuk Fors imperiyasining arzimas bir qismi boʻlgani bois, odamlar oʻzlarining porloq kelajagiga umidini yoʻqotgan edilar. Qurilgan yangi Maʼbadda Xudo Oʻz ulugʻvorligi va qudratini hamon zohir qilmagani uchun, xalq Uning sodiq sevgisiga va odilligiga shubha qilardi. Shu sababdan ular Xudoga lozim boʻlgan darajada izzat–ikrom koʻrsatmasdilar, Maʼbadga eʼtiborsiz boʻlardilar, Xudoga maʼqul boʻlmagan qurbonliklar keltirar edilar. Ular Xudoning qonunlariga rioya qilmasdilar, kambagʻal va yetim–yesirlarga yomon muomalada boʻlib, xotinlari bilan ajrashar edilar. Ushr#Ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang. va ehsonlarni Maʼbadga olib kelmas edilar, bu esa Xudoning nazarida oʻgʻrilik edi.
Malaki paygʻambar xalqni ogohlantiradi, Egamizning kelishi haqida xabar berib, Xudo Oʻz xalqini hukm qilishini, ularni poklashini eʼlon qiladi. Egamiz kelishidan oldin yoʻl hozirlaydigan elchisini yuboradi. Xudoning Oʻz xalqiga baraka berishi va xalqning yorqin kelajagi haqidagi bashoratlar ham kitobdan oʻrin olgan.

Currently Selected:

Malaki Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in