YouVersion Logo
Search Icon

Malaki 1

1
1–BOB
1Bashorat. Malaki paygʻambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi soʻzlarni ayon qildi.
Xudoning Isroil xalqiga boʻlgan sevgisi
2Egamiz shunday deydi:
— Men sizlarni sevdim. Sizlar esa: “Bizga sevgingni qanday namoyon qilding?” deb soʻraysizlar. Esov Yoqubning akasi emasmidi?! — deydi Egamiz. — Shunday boʻlsa–da, Men Yoqubni yaxshi koʻrib, 3Esovdan nafratlandim. Esovga berilgan qirlarni xarob qildim, meros boʻlgan oʻsha yerlarini chiyaboʻrilarga berdim.
4Bordi–yu, Edom xalqi#1:4 Edom xalqi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi. Edom Oʻlik dengizning janubida joylashgan yurt edi. Edom xalqi azaldan Isroil xalqining dushmani boʻlib kelgan edi.:
— Shaharlarimiz vayron boʻldi, ammo biz ularni tiklab olamiz, — degudek boʻlsalar, Sarvari Olam ularga shunday javob beradi:
— Shaharlarini tiklasinlar, Men esa ularni yana vayron qilaveraman. Shunda odamlar Edom haqida: “Bu yovuzlar yurti, Egamiz ulardan abadiy gʻazablangan”, deb aytadigan boʻlishadi. 5Ey Isroil xalqi, buni sizlar oʻz koʻzingiz bilan koʻrib: “Egamizning qudrati yurtimizning chegaralari bilan cheklanmas”, deb aytadigan boʻlasiz.
Egamiz ruhoniylarga tanbeh beradi
6Sarvari Olam shunday deydi:
— Ey ruhoniylar, oʻgʻil otasini hurmat qiladi–ku! Xizmatkor xoʻjayinidan qoʻrqadi–ku! Agar Men Otangiz boʻlsam, nega Meni hurmat qilmaysiz? Agar Xoʻjayiningiz boʻlsam, nega Mendan qoʻrqmaysiz? Sizlar Meni xoʻrlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni xoʻrlabmiz?” deb soʻraysiz. 7Sizlar qurbongohimga harom nazrlar olib kelib, Meni xoʻrlayapsiz. Yana: “Qanday qilib Seni haqorat qilibmiz?” deb soʻraysiz. Sizlar: “Egamizning dasturxonini#1:7 Egamizning dasturxoni — Maʼbaddagi qurbongohga va Maʼbadda Xudoga chin qalbdan sajda qilishga ishora. pisand qilmasa ham boʻladi”, deb aytasiz. Shu orqali Meni haqoratlagan boʻlasiz. 8Koʻr molni qurbonlik qilayotganingiz toʻgʻrimi?! Choʻloq, kasalmand molni qurbonlik qilayotganingiz toʻgʻrimi?! Oʻshani hukmdoringizga taqdim qilib koʻring–chi. U sizlardan mamnun boʻlib, iltifot qilarmikan?! — deydi Sarvari Olam. 9— Ey ruhoniylar, ayb oʻzingizda. Qani: “Bizga baraka ber!” deb Men, Xudoga yolvorib koʻringlar–chi. Bunday qilmishlaringiz uchun Men birontangizga baraka berarmikinman?! — deydi Sarvari Olam. 10— Qaniydi, birortangiz Maʼbad eshiklarini yopib tashlaganingizda! Shunda ichkariga kirib qurbongohim ustida behuda olov yondirmagan boʻlar edingiz! Men sizlardan mamnun emasman, nazrlaringizni qabul qilmayman, — deydi Sarvari Olam. 11— Zero, dunyoning u chekkasidan bu chekkasigacha boʻlgan barcha xalqlar orasida Mening nomim ulugʻlanmoqda. Butun yer yuzida Menga atab tutatqilar tutatilmoqda, halol qurbonliklar keltirilmoqda. Ha, xalqlar orasida buyukdir Mening nomim! — deydi Sarvari Olam. 12— Sizlar esa: “Rabbiyga arzimas nazrlar keltirsak ham boʻlaveradi”, deya Mening dasturxonimni#1:12 Mening dasturxonim — shu bobning 7–oyati izohiga qarang. bulgʻayapsizlar. 13Yana: “Bularning hammasidan charchab ketdik”, deya yuzlaringizni burishtiryapsizlar, — deydi Sarvari Olam. — Sizlar choʻloq, kasalmand yoki birovdan tortib olingan jonivorni qurbonlik qilasizlar! Men esa oʻshani qabul qilishim kerakmi?! — deydi Egamiz. 14— Laʼnatisizlar! Podangizdagi bir qoʻchqorni Men, Rabbiyga atab qoʻygansizlar–u, lekin oʻrniga nuqsonli jonivorni qurbonlik qilyapsizlar. Men buyuk Shohman, — deydi Sarvari Olam. — Mening nomim xalqlar orasida izzat–ikrom bilan tilga olinar.

Currently Selected:

Malaki 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for Malaki 1