Malaki 2
2
2–BOB
1-2Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling. Chin yurakdan nomimni ulugʻlang. Aks holda, ustingizga laʼnatlar yogʻdiraman, barakalaringizni laʼnati qilaman. Darvoqe, barakalaringizni laʼnatlab boʻldim ham, chunki birontangiz ogohimga eʼtibor bermadingiz. 3Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringizning ichaklaridan chiqqan axlatni betlaringizga sochaman, oʻsha axlatga qoʻshib, oʻzlaringizni ham axlat uyumiga tashlab yuboraman.
4Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota–bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni#2:4 Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdim — Xudo Levi qabilasidan bitta xonadonni, yaʼni Horunning avlodini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanladi (Chiqish 28:1, 29:1-9 ga qarang). mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam. 5— Levi qabilasi bilan qilgan oʻsha ahdim farovon hayot ahdi edi. Men levilarning qalbiga qoʻrquvni solib qoʻydim, ular Mendan qoʻrqishardi, nomimni benihoya izzat etishardi. 6Ular koʻrsatmalarimni xalqqa buzmasdan yetkazishardi, adolatli hukm chiqarishardi. Sofdillik va toʻgʻrilik yoʻllarida Menga hamroh edilar, koʻplarni gunohdan qaytardilar.
7Ruhoniyning vazifasi odamlarga toʻgʻri taʼlim berishdir. Odamlar uning oldiga maslahat soʻrab borishlari kerak, axir, Men Sarvari Olamman, u Mening elchimdir. 8Ammo, ey ruhoniylar, sizlar yoʻlimdan ogʻdingizlar, oʻz koʻrsatmalaringiz bilan koʻplarni yoʻldan urdingizlar. Levi qavmi bilan tuzgan ahdimni barbod qildingizlar, — deydi Sarvari Olam. 9— Men esa sizlarni xoʻrladim, barcha xalqlardan pastroq qildim. Sizlar Mening yoʻlimdan yurmayapsiz, qonun masalasida tarafkashlik qilyapsiz.”
Yahudo xalqining Xudoga boʻlgan sadoqatsizligi
10Hammamizning Otamiz#2:10 Otamiz — Xudo nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (1:6 ga qarang). Ehtimol, Malaki xalqning bobokalonlari Ibrohimga yoki Yoqubga ishora qilgan. bir emasmi?! Hammamizni bir Xudo yaratgan emasmi?! Nega endi biz bir–birimizga sadoqatsiz boʻlishimiz kerak?! Nega Xudo ota–bobolarimiz bilan tuzgan ahdni bulgʻashimiz kerak?! 11Ey Yahudo xalqi#2:11 Yahudo xalqi — Bobildagi surgundan qaytib kelgan odamlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang., sizlar sadoqatsizlik qildingiz. Quddusda hamda butun yurtda jirkanchli ishlarga qoʻl urdingiz. Ha, Egamiz yaxshi koʻradigan Maʼbadni bulgʻab, begona xudolarga topinadigan qizlarga uylandingiz. 12Egamiz bunday ishlarga qoʻl urgan har bir odamni xalqimiz#2:12 xalqimiz — ibroniycha matnda Yoqub chodirlari. Bu ibora sheʼriy usulda qoʻllanilgan boʻlib, Yahudo xalqiga ishora qiladi. orasidan yoʻq qilsin. Unday odamlar Sarvari Olamga nazrlar keltirmasin.
13Sizlar yana shunday qilyapsiz: Egamizning qurbongohini koʻz yoshlar bilan yuvyapsiz, faryod qilib figʻon chekyapsiz, chunki Xudo nazrlaringizni qabul qilmayapti, U bulardan mamnun emas. 14“Nima uchun?” deb soʻraysiz. Chunki sizlar yoshlik chogʻingizda uylangan xotiningizga bevafolik qildingiz. Axir, u sizning umr yoʻldoshingiz, nikoh ahdingizdagi xotiningiz–ku! Egamizning Oʻzi sizlarning orangizda guvohdir. 15Ehtiyot boʻling, orangizda hech kim oʻz xotiniga xiyonat qilmasin. Xudo sizlarni bir tanu bir jon qilgan–ku!#2:15 Xudo sizlarni bir tanu bir jon qilgan–ku! — Ibtido 2:24 ga qarang. Endi Xudo sizlardan nimani kutyapti? Haqiqiy xudojoʻy farzandlarni kutyapti#2:15 Endi Xudo…kutyapti — yoki Axir xushxulq odam bunday qilmaydi. Aksincha, u Xudoga tegishli farzandlar oʻstirish niyatida toʻgʻri yoʻlda yuradi..
16“Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak#2:16 Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak… — yoki Men er–xotinning ajralishidan nafratlanaman, chunki xotinidan ajrashgan erkak…. oʻz himoyasi ostida boʻlgan xotiniga shafqatsizlik qilgan boʻladi#2:16 …oʻz himoyasi ostida boʻlgan xotiniga shafqatsizlik qilgan boʻladi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …oʻz kiyimini zoʻravonlik bilan qoplaydi…. Baʼzan ibroniy tilida kiyim soʻzi ramziy maʼnoni ifodalab, ijobiy maʼnoda qoʻllaniladi va er xotinini sevishiga, unga gʻamxoʻrlik qilish haqida bergan vaʼdasiga ishora qiladi (Hizqiyol 16:8 ga qarang, yana Rut 3:9 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang).”, — deydi Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. “Shu bois hushyor boʻlinglar, xiyonat qilmanglar”, — deydi Sarvari Olam.
Egamiz adolat oʻrnatadigan kun
17Sizlar gaplaringiz bilan Egamizni charchatib yubordingizlar–ku, yana: “Qanday qilib Uni charchatibmiz?” deb soʻraysizlar. Sizlar: “Yomonlik qilgan hammani Egamiz yaxshi koʻradi, ulardan mamnun boʻladi. Qani, adolat Xudosi bormi oʻzi?!” deb aytasizlar. Bu gaplaringiz bilan Egamizni charchatyapsizlar.
Currently Selected:
Malaki 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
![None](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fimageproxy.youversionapi.com%2F58%2Fhttps%3A%2F%2Fweb-assets.youversion.com%2Fapp-icons%2Fen.png&w=128&q=75)
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020