Obodiyo 1
1
1–BOB
1Quyidagilar Obodiyoning bashoratidir.
Egamiz Edom xalqini jazolaydi
Egamiz barcha xalqlarga jarchi yubordi,
Bizga shunday xabar yetib keldi:
“Tayyorlaninglar! Qani, kelinglar,
Edomga#1:1 Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Edom xalqi azaldan Isroil xalqining dushmani boʻlib kelgan edi. Bobilliklar Quddusni vayron qilganlarida, ular Bobilliklarga yordam bergan edilar (Zabur 136:7, Hizqiyol 35:5 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EDOM soʻziga qarang. qarshi urushga boraylik!”
Edom xalqi haqida Egamiz Rabbiy quyidagilarni aytmoqda:
2“Ey Edom xalqi, xalqlarning orasida
Men eng arzimasi qilib qoʻyaman sizni,
Hamma sizlardan nafratlanadi.
3Takabburligingiz sizlarni aldadi.
Qoyadagi#1:3 Qoya — ibroniycha matnda bu soʻz Edom yurtining poytaxti boʻlgan Sela nomiga ohangdosh. Sela shahri baland, yassi togʻda joylashgan edi. qoʻrgʻondir poytaxtingiz,
Baland tepalikdadir uylaringiz,
Shuning uchun aytasiz oʻzingizcha:
«Kim bizlarni tushira olar yerga?!»
4Burgutday baland parvoz qilsangiz ham,
Iningiz yulduzlar orasida boʻlsa ham,
Sizlarni u yerdan tortib tushiraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
5Uyingizga oʻgʻri tushsa,
Kechasi bosqinchilar kelsa,
Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!
Bogʻingizda uzum tergan odamlar
Bir–ikki bosh boʻlsa–da, uzum qoldiradi–ku!
Dushmanlaringiz esa sizni tamoman yoʻq qiladi!
6Ey Esovning avlodi#1:6 Esovning avlodi — shu kitobning 10–oyati izohiga qarang. — Edom,
Yovlar hamma narsangizni talon–taroj qilishar,
Qadrli buyumlaringizni topib, tortib olishar.
7Barcha ittifoqchilaringiz sizga qarshi chiqib,
Sizni oʻz yurtingizdan haydab yuborar.
Tinchlik vaʼda qilib aldaydi ular,
Ammo sizlarni magʻlub qilarlar.
Sizlarga tuzoq qoʻyar noningizni yeganlar.
Sizlar esa buni bilmay qolasizlar.”
8Egamiz shunday aytmoqda:
“Ey Edom xalqi, hukm qilinadigan kunda,
Men donishmandlaringni halok qilarman,
Esov togʻidagi#1:8 Esov togʻi — Edom yurtiga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Bu yurt togʻli yurt edi (yana shu kitobning 6–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). aql–idroklilarin yoʻq qilarman.
9Ey Temon shahri#1:9 Temon shahri — Edom yurtining shimoliy qismidagi muhim shahar., jangchilaring dahshatga tushar,
Esov togʻidagi har bir inson yoʻq qilinar.
Edom xalqining jazolanishi sabablari
10Sizlar qondoshingiz Yoqub avlodiga#1:10 qondoshingiz Yoqub avlodi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi. zulm qilib,
Ularni oʻldirdingiz.
Shu bois to abad sharmanda boʻlib,
Butunlay halok boʻlasiz.
11Ularning boyliklarin begonalar olib ketgan kun
Sizlar bir chetda qarab turdingiz.
Yot xalqlar Quddus shahriga kirib#1:11 Yot xalqlar Quddus shahriga kirib… — miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).,
Shahar uchun qurʼa tashlaganlarida,
Sizlar ham ular kabi yovuz ishlar qildingiz.
12Qondoshlaringizga kelgan baxtsizlikni koʻrib,
Xushnud boʻlmasligingiz kerak edi.
Yahudo xalqi#1:12 Yahudo xalqi — janubiy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. xarob boʻlgan kun
Sevinmasligingiz kerak edi.
Boshlariga tushgan kulfatni koʻrib,
Mazax qilmasligingiz kerak edi.
13Mening xalqimga falokat kelgan kuni
Shahar darvozalaridan kirmasligingiz kerak edi.
Yahudo xalqining boshiga falokat tushgan kuni,
Xushnud boʻlganlarga qoʻshilmasligingiz kerak edi.
Ularning boshiga falokat tushgan kuni,
Buyumlarini oʻljaga olmasligingiz kerak edi.
14Qochib ketayotganlarni kutib chorrahalarda,
Pistirmalar qoʻymasligingiz kerak edi.
Oʻsha kulfat kuni tirik qolganlarni
Dushman qoʻliga bermasligingiz kerak edi.
Egamiz barcha xalqlarni jazolaydi
15Men, Egangiz, barcha xalqlarni hukm qiladigan kun#1:15 Men…barcha xalqlarni hukm qiladigan kun… — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bu kun haqida bir necha marta soʻz yuritilgan. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. yaqinlashib qoldi.
Ey Edom xalqi! Nima qilgan boʻlsangiz boshqalarga,
Oʻzingiz ham tusharsiz oʻsha koʻyga,
Qilmishlaringiz qaytar oʻz boshingizga.
16Ey Yahudo xalqi#1:16 Ey Yahudo xalqi… — ibroniycha matnda Sizlar…. Sharob ichish odatda Xudo hukmining ramzi sifatida ishlatilgani bois, bu oʻrinda Obodiyo Yahudo xalqini nazarda tutgan boʻlsa kerak (Ishayo 51:17-23 ga qarang). Bordi–yu, muallif Edom xalqini nazarda tutgan boʻlsa, sharob ichishni ikki maʼnoda talqin qilish mumkin. Birinchisi — Edom xalqi Quddusning qulashini bayram qilganini koʻrsatadi (shu kitobning 11-12–oyatlariga qarang). Ikkinchisi — Xudo Edom xalqini va boshqa xalqlarni hukm qilishini koʻrsatadi (Yeremiyo 25:17-29 ga qarang)., muqaddas togʻimda#1:16 muqaddas togʻim — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
Gʻazab sharobin#1:16 Gʻazab sharobi — Xudo gʻazabining ramzi boʻlgan sharob kosasiga ishora. Mana shu sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi. ichib boʻldingiz.
Shu singari, barcha xalqlar ham
Bu sharobdan toʻxtamasdan icharlar.
Hech qachon yer yuziga kelmagan kabi,
Ichib–ichib, yoʻq boʻlib ketarlar.
Isroil gʻalaba qiladi
17Lekin Sion togʻida najot toparlar
Isroil xalqining#1:17 Isroil xalqi — bu oʻrinda Obodiyo Xudoning xalqiga tegishli boʻlgan, qayta tiklangan va birlashgan janubiy va shimoliy shohliklarga ishora qilyapti (bu oyatda Yoqub nasli iborasi ostida Xudoning xalqi nazarda tutilgan). Hizqiyol 37:15-28 ga qarang. omon qolganlari.
Bu togʻ muqaddas boʻlar.
Yoqub nasli haydab chiqarar yovlarini,
Uning mulkini tortib olganlarni
Va yana egallar oʻz yerlarini.
18Yoqub avlodi boʻlar olovday,
Yusufning avlodi#1:18 Yoqub avlodi…Yusufning avlodi… — Isroil xalqiga ishora. Shu kitobning 17–oyati izohiga qarang. bir alangaday.
Esovning avlodi esa
Boʻlib qolar quruq poyaday.
Mening xalqim Isroil
Esovning avlodini yondirar,
Yondirib, ularni yoʻq qilar.
Esov avlodidan tirik qolmas hech biri.”
Zotan, bu soʻzlarni Egamiz aytdi.
19Isroil xalqining Nagav choʻlida yashaydiganlari Esov togʻini egallab oladilar#1:19 …egallab oladilar… — shu kitobning 19-21–oyatlarida Isroil xalqi oʻz yurtini qayta egallashi va uni kengaytirishi haqida soʻz yuritilgan. Qonunlar 30:1-5 ga qarang., Yahudo qir etaklarida#1:19 …Nagav choʻli…Yahudo qir etaklari… — Nagav choʻli hozirgi Isroilning janubida, yaʼni Oʻlik dengizning janubi–gʻarbida, Yahudo qirlari esa Yahudo yurtining gʻarbida joylashgan edi. yashaydiganlari esa Filistlarning yerlariga#1:19 Filistlarning yerlari — Isroil yurtidan gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan. egalik qiladilar. Isroil xalqi Efrayim yerlarini va Samariya shahrini qoʻlga kiritadi, Benyamin avlodi esa Giladga#1:19 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi oʻlka. egalik qiladi. 20Shimoliy Isroildan asirlikka olib ketilganlar#1:20 Shimoliy Isroildan asirlikka olib ketilganlar… — miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. Soʻng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). qaytib keladi. Ular shimoldagi Zorafat shahrigacha#1:20 Zorafat shahri — Finikiyaga qarashli shahar boʻlib, Oʻrta yer dengizi boʻyida, Sidondan qariyb 15 kilometr janubda joylashgan edi. boʻlgan Finikiya yerlarini oladilar. Quddusdan Safaradga#1:20 Safarad — bu nom Sardisga nisbatan ishlatilayotgan boʻlishi mumkin. Sardis hozirgi Turkiyaning gʻarbida joylashgan edi. asirlikka olib ketilganlar#1:20 Quddusdan…asirlikka olib ketilganlar… — shu kitobning 11–oyati izohiga qarang. esa Nagav choʻlidagi shaharlarni qoʻlga kiritadilar. 21Gʻoliblar Sion togʻiga chiqadilar. Oʻsha yerda turib, Esov togʻi ustidan hukmronlik qiladilar. Egamizning Oʻzi Shoh boʻladi.
Currently Selected:
Obodiyo 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020