YouVersion Logo
Search Icon

Yunus Kirish

Kirish
Mazkur kitob Yunus paygʻambarning nomi bilan atalgan. Yunus paygʻambar Amos va Xoʻsheya paygʻambarlarning zamondoshi boʻlib, taxminan miloddan oldingi 800-750 yillarda — Isroil xalqi Ossuriyaga surgun qilinishidan oldin faoliyat koʻrsatgan.
Yunus kitobi boshqa paygʻambarlarning kitoblaridan farq qiladi. Farqi shundaki, kitobda Yunus paygʻambarning Xudodan qochib yurgani bayon qilinadi. Xudo Yunusni yoʻq qilinishga mahkum etilgan Naynavo shahriga#Naynavo shahri — Nineviya nomi bilan ham maʼlum. aholisini tavbaga chaqirish uchun yuboradi. Ammo Yunus u yerga borishdan bosh tortib, Xudoga itoatsizlik qiladi. Yunus hatto shaharning vayron boʻlishini istaydi. Chunki Naynavo Isroilning ashaddiy dushmani Ossuriyaning poytaxti edi. Lekin Xudo Yunusni toʻgʻri yoʻlga soladi. Shundan keyin Yunus Naynavoga borib, Egamizning amrini bajaradi.
Koʻpchilik Yunus kitobini oʻqiganda, eʼtiborini asosan bahaybat baliq Yunusni yutib yuborganiga qaratadi. Lekin bu kitobning vazifasi Egamiz hamma xalqlarga shafqatli va mehribon ekanini koʻrsatishdan iborat.

Currently Selected:

Yunus Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in