Mark 5
5
5–BOB
Jinga chalingan odamni Iso sogʻaytiradi
1Iso shogirdlari bilan koʻlning narigi qirgʻogʻidagi#5:1 narigi qirgʻogʻi — yaʼni sharqiy qirgʻogʻi. Gerasa#5:1 Gerasa — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Gadara. Gerasa shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda gʻayriyahudiylar istiqomat qilardi. hududiga yetib keldi. 2Iso qayiqdan tushishi bilanoq, yovuz ruhga chalingan bir odam qabrlar orasidan yugurib kelib, Uning qarshisidan chiqdi. 3U odam qabristonda yashardi. Uni hech kim hatto zanjir bilan ham bogʻlay olmasdi. 4Koʻp marotaba uni kishanlaru zanjirlar bilan bogʻlagan boʻlsalar–da, ammo u zanjirlarni uzib, kishanlarni ham sindirib tashlar edi. Uni tinchitishga hech kimning kuchi yetmas edi. 5Doimo, kechayu kunduz qabrlar orasida, togʻlarda baqirib yurar, badanini toshlar bilan tilib, jarohatlar edi.
6U Isoni uzoqdan koʻrib, yugurib keldi–da, Unga taʼzim qilib, 7ovozi boricha baqirdi:
— Ey Iso, Xudoyi Taoloning Oʻgʻli!#5:7 Xudoyi Taoloning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. Meni tinch qoʻy! Xudo haqi Senga yolvoraman, menga azob berma!
8Chunki Iso unga: “Ey yovuz ruh, bu odamdan chiqib ket!” — deb buyurgan edi.
9Iso yovuz ruhdan:
— Isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Tumonat#5:9 Tumonat — yunoncha matnda Legion, maʼnosi minglar. Bu yunoncha soʻz Rimliklarning harbiy terminidan olingan boʻlib, 6000 askardan iborat boʻlgan boʻlinma maʼnosini ifodalaydi., chunki bizlar koʻpchilikmiz, — deb javob berdi u. 10Ularni bu hududdan tashqariga haydab chiqarmasligini Isodan qayta–qayta yolvorib soʻradi.
11Oʻsha togʻning yon bagʻrida katta choʻchqa podasi oʻtlab yurgan edi. 12Yovuz ruhlar Isoga yolvorib:
— Bizni shu choʻchqalarga yuborgin, ularga kiraylik, — deyishdi.
13Iso ularga ruxsat berdi. Yovuz ruhlar esa shu zahoti u odamdan chiqib, choʻchqalarga kirib olishdi. Ikki mingga yaqin choʻchqa tik qiyalikdan koʻlga yopirilib, choʻkib ketdi.
14Shunda choʻchqa boquvchilar qochib ketib, boʻlib oʻtgan hodisani shahar va qishloqlarda gapirib yurdilar. Aholi esa nima boʻlganini koʻrishga bordi. 15Ular Isoning oldiga kelganlarida, ilgari tumonat jin qamragan odamni kiyingan va aqli raso holda oʻtirganini koʻrib, qoʻrqib ketishdi. 16Voqeani koʻrganlar esa haligi odam jindan qanday qutulgani va choʻchqalar bilan nima roʻy bergani haqida xalqqa soʻzlab berishdi. 17Shunda mahalliy xalq Isodan: “Hududimizdan chiqib keting”, deb oʻtindi.
18Iso qayiqqa tushdi. Jindan qutulgan odam Isoga:
— Siz bilan ketay, — deb yolvordi. 19Lekin Iso rozi boʻlmadi. Unga shunday dedi:
— Uyingga bor, Men — Rabbing sen uchun nimalar qilganimni, qanday rahm–shafqat koʻrsatganimni oʻz yaqinlaringga gapirib ber.
20Shunda u kishi borib, Iso unga qanchalar muruvvat koʻrsatganini Dekapolis hududida#5:20 Dekapolis hududi — Samariya va Jaliladan sharqda joylashgan. Yunonchada Dekapolis nomining maʼnosi — oʻnta shahar. Dekapolis hududida Yunon va Rim madaniyatlarining markazi boʻlgan oʻnta shahar bor edi. eʼlon qila boshladi. Hamma hayratga tushardi.
Sogʻaygan ayol va tirilgan qiz haqida
21Iso qayiqda koʻlning narigi tomoniga#5:21 …koʻlning narigi tomoniga… — Iso orqaga, koʻlning gʻarbiy qirgʻogʻidagi Jalila hududiga qaytib kelgan edi (shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang). yana suzib oʻtdi. Bir talay olomon qirgʻoqda Uning atrofiga toʻplandi. 22Shu payt Yair ismli bir kishi kelib qoldi. U sinagoga boshligʻi edi. U Isoni koʻrdi–yu, oyogʻiga yiqilib:
23— Mening jajji qizim oʻlim toʻshagida yotibdi. Kelib unga qoʻlingizni tekkizing, u sogʻayib tirik qolsin, — deb qayta–qayta yolvordi.
24Iso u bilan ketdi. Isoning orqasidan koʻp xaloyiq ergashib, Uni qisib qoʻyar edi. 25U yerda oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. 26U koʻp tabiblar muolajasidan ancha qiynalib, butun mol–mulkini sarf etgani bilan hech foyda koʻrmagan, ahvoli battar yomonlashib borardi.
27Ayol Iso haqida eshitdi–yu, xaloyiq orasida Isoning orqasidan kelib, kiyimiga qoʻl tekkizdi. 28U oʻzicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sogʻayib ketaman”, deb oʻylagan edi. 29U shunday qilishi bilanoq, qon ketishi toʻxtadi. Ayol kasallikdan forigʻ boʻlganini oʻz tanasida his etdi.
30Iso esa shu onda Oʻzidan bir kuch chiqqanligini sezdi. U orqasiga oʻgirilib xaloyiqdan:
— Kiyimimga kim tegdi? — deb soʻradi. 31Shogirdlari Unga:
— Sizni xaloyiq qisib turganligini koʻrib turibsiz–ku! Nimaga yana: “Menga kim tegdi?” deb soʻrayapsiz? — deyishdi.
32Lekin Iso buni kim qilganini koʻrish uchun atrofga qarar edi. 33Ayol oʻzida qanday oʻzgarish boʻlganini bilib, titrab–qoʻrqib keldi, Isoning oyoqlari ostiga oʻzini tashlab, butun haqiqatni Unga soʻzlab berdi. 34Iso unga dedi:
— Qizim, ishonching seni sogʻaytirdi. Eson–omon bor, dardingdan xalos boʻlgin.
35Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga boshligʻining uyidan odamlar kelib unga:
— Qizingiz oʻldi, nega yana Ustozni ovora qilyapsiz? — dedilar. 36Iso bu soʻzlarni eshitib qolib, sinagoga boshligʻiga:
— Qoʻrqmang, faqat ishoning, — dedi.
37Iso hech kimning ergashishiga yoʻl qoʻymay, faqat Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni olib ketdi. 38Sinagoga boshligʻining uyiga yetganlarida, bezovtalikni, dod–faryod qilayotgan odamlarni koʻrdilar#5:38 …bezovtalikni, dod–faryod qilayotgan odamlarni koʻrdilar — baʼzan dafn marosimlari paytida dod–faryod qilib, aytib yigʻlash uchun yigʻichilar yollanardi.. 39Iso ichkariga kirib:
— Nega bezovtasizlar? Nega yigʻlayapsizlar? Qizcha oʻlmagan, u uxlab yotibdi, — dedi. 40Ular esa Isoning ustidan kulishdi.
Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi. U qizchaning ota–onasi va shogirdlarini olib qolib, qizcha yotgan xonaga kirdi. 41Qizchaning qoʻlidan ushlab unga:
— Talifa kum!#5:41 Talifa kum! — oramiycha ibora. — dedi. Bu gapning tarjimasi: “Qizaloq, qani, oʻrningdan tur!” demakdir.
42Oʻn ikki yashar qizcha shu onda oʻrnidan turdi, yurib, atrofni aylana boshladi. Buni koʻrganlarning aqli shoshdi. 43Iso:
— Buni hech kim bilmasin, — deb ularga qatʼiy buyurdi va qizchaga ovqat berishlarini aytdi.
Currently Selected:
Mark 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020