1
Mark 5:34
Muqaddas Kitob
Iso unga dedi: — Qizim, ishonching seni sogʻaytirdi. Eson–omon bor, dardingdan xalos boʻlgin.
Compare
Explore Mark 5:34
2
Mark 5:25-26
U yerda oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U koʻp tabiblar muolajasidan ancha qiynalib, butun mol–mulkini sarf etgani bilan hech foyda koʻrmagan, ahvoli battar yomonlashib borardi.
Explore Mark 5:25-26
3
Mark 5:29
U shunday qilishi bilanoq, qon ketishi toʻxtadi. Ayol kasallikdan forigʻ boʻlganini oʻz tanasida his etdi.
Explore Mark 5:29
4
Mark 5:41
Qizchaning qoʻlidan ushlab unga: — Talifa kum! — dedi. Bu gapning tarjimasi: “Qizaloq, qani, oʻrningdan tur!” demakdir.
Explore Mark 5:41
5
Mark 5:35-36
Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga boshligʻining uyidan odamlar kelib unga: — Qizingiz oʻldi, nega yana Ustozni ovora qilyapsiz? — dedilar. Iso bu soʻzlarni eshitib qolib, sinagoga boshligʻiga: — Qoʻrqmang, faqat ishoning, — dedi.
Explore Mark 5:35-36
6
Mark 5:8-9
Chunki Iso unga: “Ey yovuz ruh, bu odamdan chiqib ket!” — deb buyurgan edi. Iso yovuz ruhdan: — Isming nima? — deb soʻradi. — Ismim Tumonat, chunki bizlar koʻpchilikmiz, — deb javob berdi u.
Explore Mark 5:8-9
Home
Bible
Plans
Videos