Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi va osmonga qarab, shukrona duosini oʻqidi. Nonlarni sindirib, xaloyiqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Ikkita baliqni ham hammaga taqsimlab berdi. Hamma yeb toʻydi. Soʻng ortib qolgan non burdalarini va baliqlarni yigʻib olishgan edi, toʻla oʻn ikki savat chiqdi.