YouVersion Logo
Search Icon

Matto 11

11
11–BOB
Iso Masih va Yahyo choʻmdiruvchi
1Iso oʻn ikki shogirdiga koʻrsatmalarni berib boʻlgandan keyin, yaqin atrofdagi shaharlarda taʼlim berish va vaʼz aytish uchun ketdi. 2Yahyo bu paytda zindonda edi#11:2 Yahyo bu paytda zindonda edi… — 14:3-5 ga qarang., u Isoning qilayotgan ishlarini eshitib, shogirdlarini#11:2 shogirdlari — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shogirdlaridan ikkitasi. Isoning oldiga 3shunday savol bilan yubordi: “Keladigan Zot Sizmisiz, yoki biz boshqasini kutaylikmi?”
4Iso Yahyoning shogirdlariga shunday javob berdi:
— Boringlar, koʻrib eshitayotganlaringizni Yahyoga aytinglar: 5koʻrlar koʻrmoqda, choʻloqlar yurmoqda, teri kasalligiga#11:5 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang. chalinganlar tuzalmoqda, karlar eshitmoqda, oʻliklar tirilmoqda, yoʻqsillar Xushxabarni eshitmoqda. 6Mendan yuz oʻgirmaganlar naqadar baxtlidir!
7Yahyoning shogirdlari ketayotganlarida, Iso olomonga Yahyo haqida gapira boshladi: “Sahroga nimani koʻrgani bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi? 8Xoʻsh, nimani koʻrgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Bashang kiyinganlar shoh saroyida boʻladi–ku! 9Unday boʻlsa, nimani koʻrgani bordingizlar? Paygʻambarnimi? Ha, sizlarga shuni aytay: sizlar paygʻambardan ham ulugʻini koʻrdingizlar! 10U haqda shunday yozilgan:
«Mana, Sendan oldin Men Oʻz elchimni yuboryapman,
U Sen uchun yoʻlni hozirlaydi.»#11:10 Malaki 3:1 ga qarang.
11Sizlarga chinini aytay: butun inson zoti orasida Yahyo choʻmdiruvchidan ulugʻi yoʻq. Ammo Osmon Shohligida eng kichik hisoblangan odam ham undan ulugʻroqdir. 12Yahyo choʻmdiruvchi davridan shu kungacha odamlar Osmon Shohligiga shafqatsiz hujum qilmoqdalar. Zoʻravonlar Osmon Shohligini qoʻlga kiritishga harakat qilmoqdalar. 13Yahyo choʻmdiruvchidan oldin oʻtgan hamma paygʻambarlarning bitiklarida va Tavrot kitobida#11:13 …hamma paygʻambarlarning bitiklari…Tavrot kitobi… — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi (5:17 izohiga qarang). Osmon Shohligi haqida bashorat qilingan. 14Agar bu bashoratlarga ishonishni istasangizlar, Yahyo — kelishi bashorat qilingan Ilyosdir#11:14 kelishi bashorat qilingan Ilyos — Malaki 4:5-6 ga qarang.. 15Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!
16Bu naslni kimga qiyoslasam boʻladi? Ular bolalarga oʻxshaydilar, maydonda oʻtirib olib, shunday deya bir–birlariga baqiradilar:
17«Sizlar uchun nay chaldik, ammo raqsga tushmadingiz,
Biz oh–voh qildik, ammo sizlar qaygʻurmadingiz.»
18Yahyo kelganda, u na yedi, na ichdi, shuning uchun hamma: «Uni jin uribdi», deydilar. 19Inson Oʻgʻli kelganda esa ham yedi, ham ichdi. Ammo Uni: «Yebtoʻymas, sharobxoʻr, soliqchilar#11:19 soliqchilar — 5:46 izohiga qarang. va gunohkorlarning doʻsti», deydilar. Lekin bilib qoʻyinglar: donolik toʻgʻri ekanligi oʻz natijasidan ayon#11:19 …donolik toʻgʻri ekanligi oʻz natijasidan ayon — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudoning donoligini tan olganlar Uning donoligi toʻgʻri ekanligini koʻrsatib turibdilar..”
Gunohkor shaharlarning holiga voy
20Iso baʼzi shaharlarda koʻp moʻjizalar koʻrsatgandi, ammo xalq oʻz gunohlari uchun tavba qilmadi. Iso oʻsha shaharlar aholisiga taʼna qildi: 21“Sening holingga voy, ey Xorazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda qilingan moʻjizalar Tir bilan Sidon shaharlarida#11:21 Tir bilan Sidon shaharlari — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan gʻayriyahudiylar shaharlari. Bu shaharlar Jaliladan shimoli–gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. qilinganda edi, ular allaqachon qanorga oʻranib, boshlariga kul sochib#11:21 …qanorga oʻranib, boshlariga kul sochib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va boshga kul sochish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan., tavba qilgan boʻlardilar. 22Biroq sizlarga aytayin: qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar boʻladi. 23Ey Kafarnahum! Xudo seni koʻklarga koʻtaradi deb oʻylaysanmi?! Yoʻq, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi! Agar senda yuz bergan moʻjizalar Sadoʻmda#11:23 Sadoʻm — 10:15 izohiga qarang. boʻlganda edi, u shahar shu kungacha saqlanib qolgan boʻlar edi. 24Biroq senga aytayin: qiyomat kunida sening holing Sadoʻm shahrining holidan battar boʻladi.”
Holdan toyganlarga orom vaʼdasi
25Oʻsha vaqtda Iso yana shunday dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, goʻdaklarga maʼlum etganing uchun Senga shukurlar aytaman. 26Ha, Ota, bu Sening ezgu xohishing edi.
27Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. Oʻgʻilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham Oʻgʻildan boshqa va Oʻgʻil ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.
28Ey holdan toyganlar, ogʻir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. 29Mening boʻyinturugʻimni#11:29 boʻyinturuq — itoatkorlik va boʻysunish ramzi. taqib olinglar, Mendan oʻrganinglar. Chunki Men yumshoq koʻngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. 30Axir, Mening boʻyinturugʻim qulay, yukim yengildir.”

Currently Selected:

Matto 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in