Matto 12
12
12–BOB
Shabbat kuniga rioya qilish haqida
1Oradan koʻp oʻtmay Iso Shabbat kuni bugʻdoyzordan oʻtib borayotgan edi. Och qolgan shogirdlari boshoqlardan uzib, donlarini yeyardilar#12:1 …shogirdlari…donlarini yeyardilar — Tavrot qonunlariga koʻra, och qolgan odam birovning dalasidan boshoqlarni uzib, donini yeyishi mumkin edi (Qonunlar 23:24-25 ga qarang).. 2Farziylar buni koʻrib, Isoga:
— Qara, shogirdlaring Shabbat kuni qonunga xilof ish#12:2 Shabbat kuni qonunga xilof ish — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21 ga qarang) oʻzlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga koʻtarganlar. Shuning uchun ular Isoning shogirdlari qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar. qilyaptilar! — deyishdi.
3Iso ularga dedi:
— Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini#12:3 Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilgani — 1 Shohlar 21:1-6 ga qarang. nahotki sizlar hech oʻqimagan boʻlsangizlar?! 4U Xudoning uyiga kirib, muqaddas nonlarni#12:4 muqaddas nonlar — Levilar 24:5-9 ga qarang. Yana lugʻatdagi MUQADDAS NON iborasiga qarang. yegan. Qonunga muvofiq esa bunday nonlarni faqat ruhoniylar yeyishga haqli edilar. Dovudga va uning hamrohlariga bunday nonlarni yeyish taqiqlangan edi! 5Yoki Shabbat kunida Maʼbaddagi ruhoniylar Shabbat qonunini buzsalar ham, aybdor boʻlmasliklarini Tavrotda oʻqimaganmisizlar?#12:5 …ruhoniylar Shabbat qonunini buzsalar ham, aybdor boʻlmasliklarini Tavrotda oʻqimaganmisizlar? — Tavrot boʻyicha, Shabbat kuni ruhoniylar baʼzi bir burchlarini bajarishi mumkin edi (Levilar 24:8, Sahroda 28:9-10 ga qarang). 6Sizlarga shuni aytay: bu yerda Maʼbaddan ham ulugʻ bir Zot turibdi. 7Agar sizlar: “Men qurbonlikni emas, rahm–shafqatni istayman”#12:7 Xoʻsheya 6:6 ga qarang. degan soʻzlarning maʼnosini tushunganingizda edi, aybsiz odamlarni hukm qilmagan boʻlar edingizlar. 8Zotan, Inson Oʻgʻli Shabbat kunining ham Hokimidir.
9Iso u yerdan ketib, sinagogaga bordi. 10U yerda qoʻli shol bir odam bor edi. Isoni ayblamoqchi boʻlgan baʼzi odamlar Unga shunday savol berdilar:
— Qonunga koʻra, Shabbat kuni xastalarga shifo berish mumkinmi?
11Iso ularga shunday javob berdi:
— Agar bir dona qoʻyingiz boʻlsa–yu, oʻsha qoʻyingiz Shabbat kuni chuqurga tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz?! 12Odam esa qoʻydan ancha qadrliroq–ku! Shunga koʻra, Shabbat kuni yaxshilik qilish qonunga muvofiqdir.
13Qoʻli shol odamga Iso:
— Qoʻlingni uzat! — dedi. U qoʻlini uzatishi bilanoq, qoʻli narigi qoʻliday soppa–sogʻ boʻlib qoldi. 14Farziylar esa tashqariga chiqib, Isoni halok qilish uchun til biriktirishdi.
Iso — Egamiz tanlagan Qul
Iso farziylarning bu niyatini bilib, u yerdan ketdi. 15Bir talay olomon Isoga ergashdi. U xastalarning hammasiga shifo berib, 16“Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga buyurardi. 17Shu tariqa Ishayo paygʻambarning aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻldi:
18“Mana Mening Qulim,
Oʻzim Uni tanlab olganman.
U koʻnglimni mamnun etgan Suyukligimdir.
Men Unga Oʻz Ruhimni beraman,
U adolatni elatlarga eʼlon qiladi.
19Janjallashmaydi, baqirmaydi,
Koʻchalarda hech kim Uning ovozini eshitmaydi.
20U ezilgan qamishni sindirmaydi,
Tutayotgan pilikni oʻchirmaydi,
Qatʼiyat bilan adolat oʻrnatadi.
21Elatlar Uning ismiga umid bogʻlaydi.”#12:18-21 Ishayo 42:1-4 ga qarang. Muallif shu bobning 21–oyatida Ishayo 42:4 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
Iso va shayton
22Shundan keyin Isoning oldiga jin chalgan bir odamni olib kelishdi. U ham koʻr, ham soqov edi. Iso unga shifo bergach, u gapiradigan va koʻradigan boʻldi. 23Butun xalq hayratda qolib: “Bu Dovudning Oʻgʻli#12:23 Dovudning Oʻgʻli — 9:27 izohiga qarang. emasmikan?!” derdi. 24Bu voqeani eshitgan farziylar esa shunday dedilar: “U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning#12:24 ins–jinslar hukmdori Baalzabul — 9:34 izohiga qarang. kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.”
25Iso ularning nima haqida oʻylayotganini bilib turardi. U shunday dedi: “Nizo tufayli oʻz ichidan boʻlinib ketgan har bir shohlik xarob boʻladi, nizo tufayli boʻlingan shahar ham, xonadon ham barbod boʻladi. 26Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, uning shohligi oʻzaro boʻlingan boʻladi. Bunday shohlik qanday tura oladi?! 27Agar Men jinlarni Baalzabulning kuchi bilan quvib chiqarayotgan boʻlsam, u holda oʻz sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham ular sizlarni hukm qiladi. 28Agar Men jinlarni Xudoning Ruhi bilan quvayotgan boʻlsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.
29Kim kuchli odamning uyiga bostirib kirib, uning mol–mulkini talon–taroj qila oladi? Avval u uyning egasini bogʻlab qoʻyishi kerak, keyingina uyini talon–taroj qila oladi. 30Kim Men tomonda boʻlmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yigʻmasa, sochadi.
31Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar#12:31 Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar — Xudoga ishonishdan bosh tortib, Muqaddas Ruhning ishiga qarshilik koʻrsatayotgan insonlarga ishora qiladi. kechirilmaydi. 32Kim Inson Oʻgʻliga qarshi soʻz aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi soʻz aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
33Yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. Har bir daraxtning qandayligini mevasidan bilsa boʻladi. 34Voy ilonlar zoti! Sizlar yovuz boʻla turib, yaxshi narsa gapira olarmidingiz?! Axir, odamning dili nimaga toʻlib–toshsa, oʻsha tiliga chiqadi! 35Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. 36Yana shuni aytib qoʻyay: sizlar aytadigan har bir bemaʼni soʻzingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar. 37Sizlar oʻz soʻzlaringiz asosida yo oqlanasizlar, yoki ayblanasizlar.”
Yunus paygʻambarning alomati
38Shunda Tavrot tafsirchilari va farziylardan baʼzilari Isoga: “Ustoz, bizga bir alomat koʻrsatishingizni xohlar edik”, dedilar.
39Iso ularga javoban dedi: “Bu qabih va bevafo nasl alomat soʻrayapti, ammo ularga Yunus paygʻambarning alomatidan#12:39 Yunus paygʻambarning alomati — Yunusni nahang baliq yutib yuborgandan keyin, Xudo uni nahang baliqning qornidan xalos etgandi (Yunus 2:1, 11 ga qarang). Iso Yunusning hayotidagi bu voqeani tilga olib, Oʻzining oʻlimi va tirilishiga ishora qilmoqda (shu bobning 40–oyatiga qarang). boshqa alomat berilmaydi. 40Yunus uch kechayu kunduz nahang baliqning qornida boʻlganiday, Inson Oʻgʻli ham uch kechayu kunduz yer bagʻrida boʻladi. 41Naynavo#12:41 Naynavo — Yunus davrida Ossuriya shohligining poytaxti edi. Bu shahar Nineviya nomi bilan ham maʼlum. aholisi qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki Naynavoliklar Yunusning vaʼzidan keyin tavba qilganlar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi! 42Janub malikasi#12:42 Janub malikasi — Shava malikasi nazarda tutilgan (3 Shohlar 10:1-10 ga qarang). qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki Sulaymonning dono taʼlimotini tinglagani malika dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi!
43Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur–halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi, lekin topmaydi. 44Soʻng: «Chiqqan uyimga qaytib boraman», deydi. Uyiga kelganda, uyni kimsasiz, supurilgan va yigʻishtirilgan holda koʻradi. 45Shunda borib, oʻzidan ham yovuzroq boshqa yetti ruhni ergashtirib keladi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat oʻsha odamning ahvoli oldingidan ham battar boʻladi. Bu yovuz nasl ham xuddi oʻsha koʻyga tushadi.”
Isoning onasi va ukalari
46Iso olomonga gapirayotganda, onasi bilan ukalari Uni tashqarida kutib turgan edilar. Ular Iso bilan gaplashmoqchi edilar. 47Kimdir Isoga dedi:
— Onangiz bilan ukalaringiz tashqarida turishibdi, ular Siz bilan gaplashmoqchi.
48Iso esa bu gaplarni aytgan odamga shunday javob berdi:
— Mening onam kim? Ukalarim kim?
49Soʻng qoʻli bilan shogirdlarini koʻrsatib, dedi:
— Mana, Mening onam va ukalarim! 50Osmondagi Otamning irodasini bajo keltirganlar Mening ukam, singlim va onam boʻladi.
Currently Selected:
Matto 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020